BookPDF Available

Almas Ulviy va o‘zbek adabiyoti

Authors:
  • Nizami Gəncəvi adına Ədəbiyyat İnstitutu

Abstract

Mazkur tо‘plamda ozarbayjonlik navoiyshunos olima, о‘zbek adabiyotining tolmas tadqiqotchisi, Ozarbayjon Respublikasi AMEA Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti “Ozarbayjon-TurkmanistonО‘zbekiston adabiy aloqalari” shо‘basining mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Аlmas Ulviy (Binnatova)ning о‘zbek adabiyoti tadqiqiga doir maqola, safarnoma va suhbatlari о‘rin olgan. Kitob soha qiziquvchilari, adabiyotshunos olimlar va keng kitobxonlar ommasiga mо‘ljallangan.
Ozarbayjon Respublikasining
Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat markazi
Termiz davlat universiteti qoshidagi
Xurshidbonu Notavon nomidagi Ozarbayjon
madaniyati va adabiyoti markazi
ALMAS ULVIY VA O‘ZBEK
ADABIYOTI
( tadqiqot, adabiy portret, safarnoma, suhbatlar)
Termiz 2022
UDK: 83.3(5O)
KBK: 821.512.133.09
А 45
Mazkur tо‘plamda ozarbayjonlik navoiyshunos olima, о‘zbek
adabiyotining tolmas tadqiqotchisi, Ozarbayjon Respublikasi AMEA
Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti Ozarbayjon-Turkmaniston-
О‘zbekiston adabiy aloqalari shо‘basining mudiri, filologiya fanlari
doktori, professor Аlmas Ulviy (Binnatova)ning о‘zbek adabiyoti
tadqiqiga doir maqola, safarnoma va suhbatlari о‘rin olgan.
Kitob soha qiziquvchilari, adabiyotshunos olimlar va keng
kitobxonlar ommasiga mо‘ljallangan.
Tо‘plab nashrga tayyorlovchi, tarjimon va mas’ul muharrir:
Obid SHOFIYEV,
filologiya fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Taqrizchilar:
Nurboy Jabborov,
filologiya fanlari doktori, professor
Marhabo Qo‘chqorova,
filologiya fanlari doktori
Mazkur to‘plam Termiz davlat universiteti qoshidagi
Xurshidbonu Notavon nomidagi Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti
markazi tashabbusi va loyihasi asosida nashr etildi.
ISBN: 978-9943-8343-7-8
© Almas Ulviy va ozbek adabiyoti
© TerDU nashr-matbaa markazi nashriyoti
3
ALMAS ULVIY- O‘ZBEK ADABIYOTINING
OZAR TADQIQOTCHISI
(sо‘zboshi o‘rnida)
Men Almas Ulviy (Binnatova) bilan 2014-yilda ilk bor internet
orqali tanishganman. O‘zbek adabiyotiga chin dildan oshufta bo‘lgan,
samimiy va mehribon bu olima bilan ustoz-shogirdlik
munosabatlarimiz o‘sha yillardan buyon davom etib kelmoqda.
2018-yilda Bakuda ilk bor ko‘rishganimizda, “O‘g‘lim, xush gelding”
deb kutib olganida, u kishidagi onalarcha mehrni, samimiylikni
tuyganman.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi arafasida
O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi azaliy
do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, ko‘p qirrali va
o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xususan, ilm-fan va madaniy-
gumanitar aloqalarni amaliy ma’no-mazmun hamda yangi tashabbuslar
bilan boyitish, ikki mamlakatning qardosh xalqlari o‘rtasidagi birodarlik
rishtalarini mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun
Prezidentimiz tomonidan Almas Ulviy mamlakatimizning “Do‘stlik”
ordeni bilan taqdirlanishi barchamizni quvontirgani rost.
Almas xonimni o‘zbek adabiy va ilmiy jamoatchiligi yaxshi taniydi.
Uning o‘zbek adabiyoti tarixi, xususan, Alisher Navoiy ijodiga oid qator
tadqiqotlari chop etilgan.
Olima bilan ilmiy va adabiy aloqalarimiz mobaynida o‘zbek
adabiyoti bilan bog‘liq tadqiqot va maqolalari, safarnomasi, adabiy
portretlarini ozar tilidan o‘zbek tiliga o‘zbekchalashtirdim. Matbuot
sahifalarida adabiy suhbatlarimiz e’lon qilindi. Ularning bir joyda
jamlaganda, bir kichik to‘plamga arzigulik bo‘lib qolibdi. Hukmingizga
havola etilayotgan to‘plam Almas Ulviyning 60 yillik yubileyi arafasida
nashr etilishi rejalashtirilgan edi. Ammo ayrim sabablar kitob dunyo yuzini
ko‘rishini ikki yilga kechiktirdi. Har narsaning o‘z vaqti soati bo‘lar ekan.
Taqdim etilayotgan ushbu kitob ikki xalq adabiy aloqalari, do‘stlik
rishtalarini yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi degan umidimiz
bor! Obid SHOFIYEV,
filologiya fanlari bо‘yicha falsafa
doktori (PhD), dotsent
4
E’TIROF
DUNYO ADABIYOTI UCHUN AHAMIYATLI ISH
Iso Habibeyli,
Ozarbayjon FA vitse-prezidenti, akademik
Buyuk shoir Mir Alisher Navoiy she’riyatining mislsiz sehri ila
о‘zbek adabiyoti dunyosiga kirdik. Navoiy uchun she’riyatga yangi yо‘l
ochgan Sulton Husayn Boyqaro lirikasida kо‘ngil malhamlarini sezdik.
Shunday asarlarning har qatida mavjud poetik namunalardagi ishq
gо‘zalliklariga oshiq bо‘lmaslik mumkin emasligiga shohid bо‘ldik.
Zahiriddin Muhammad Boburning bir qо‘lida qilich, bir qо‘lida
qalam tutib yaratgan ilk memuar asari Boburnomadan tortib Abdulla
Qodiriyning “О‘tgan kunlarini varaqladik.
XX asrning ulkan namoyandalari Abdurauf Fitrat, Abdulhamid
Chо‘lpon, Xolid Said Xojayev, Maqsud Shayxzoda tafakkuridan taralgan
va ularning buyuk iste’dodidan tug‘ilgan ijod namunalari bilan tanishdik.
Shuningdek, Oydin Hojiyeva, Xosiyat Rustamova, О‘ktamoy poeziyasidan
bahramand bо‘ldik.
Nizomiy, Yunus Emro, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Maxtumquli,
Abay, Jovid, Tо‘qay adabiy merosi ‘zalliklarini, bashariyat uchun
qoldirgan ulkan falsafasini Saidaxon Narzullayeva, Suyuma G‘aniyeva
tadqiqotlarida yana bir bor tanishdik. Yuqorida nomlari qayd etilgan
shaxslarning asarlari, tadqiqotlaridan ozarbayjon-о‘zbek adabiy
aloqalarining qadim va buyuk an’analari bir ildizdan iborat ekaniga shohid
bо‘ldik. О‘zbek adabiyotining klassik shoiri Alisher Navoiyning
Ozarbayjonning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviyga ehtiromi yuksak
bо‘lgan. Alisher Navoiy ijodi qarshisida dunyo she’riyatining yana bir
ulkan vakili Fuzuliy ham hayajonini yashirolmagan.
Ozarbayjon va о‘zbek adabiyotlari tarixida bu an’analar uzoq
asrlardan buyon davom etib kelmoqda. Bu an’ana XIX asrda va XX asr
boshlarida Ozarbayjonda Alisher Navoiy, О‘zbekistonda Nizomiy
Ganjaviy va Muhammad Fuzuliy misralariga yozilgan naziralar, mavzu va
syujet о‘xshashligi jihatlarida namoyon bо‘ldi. XX asrda sovet tuzumi
sharoitida qadimdan buyon kelgan bu an’analar biroz sustlashgan bо‘lsa-
da, xalqlarimiz orasidagi adabiy-madaniy aloqalar tо‘xtab qolmadi, imkon
darajasida davom etdi. Ozarbayjon va О‘zbekiston davlatlari mustaqilikka
5
erishgandan ‘ng о‘lkalarimiz о‘rtasidagi aloqalar tarixida yangi sahifa
ochildi.
Ozarbayjon Milliy Bilimlar Akademiyasi Nizomiy nomli Adabiyot
institutining Ozarbayjon-Turkmaniston-О‘zbekiston adabiy aloqalari
shо‘basining mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Almas Ulvi
(Binnatova)ning Ozarbayjon-О‘zbekiston adabiy aloqalarining kо‘p asrlik
yо‘li, buyuk san’atkorlarning abadiy dо‘stligi haqidagi tadqiqotlarida
buyuk an’analarning bir necha asrlik tajribalari umumlashuvi va
davomiyligi mujassamlashuvini kо‘rishimiz mumkin.
Almas Ulvi о‘lkamizda Ozarbayjon-О‘zbekiston adabiy aloqalari
borasidagi tadqiqotlari bilan tanilgan olimalardan biri. Ozarbayjon
adabiyotiga ulkan muhabbat, о‘zbek adabiyotiga о‘zaro qardoshlik,
dо‘stlik va an’analarga buyuk ehtirom Almas Ulvining adabiy aloqalarga
bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarida о‘z aksini topgan, desak aslo xato
bо‘lmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, Almas Ulvi adabiy aloqalarning kam
о‘rganilgan, hatto no‘malum sahifalarni ochishga, tadqiq etishga diqqatini
qaratadi va uning har bir ishida yangi bir jihatlar yoritiladi. U har bir
tadqiqotida yangi sо‘z ayta oladi.
Shu ma’noda, Almas Ulvi tadqiqotlari ila Ozarbayjon-О‘zbekiston
adabiy aloqalarining qiymati yanada oshgan va boyigan, desak bо‘ladi. Bu
esa xalqlarimiz va mamlakatlarimiz о‘rtasidagi kо‘p asrlik aloqalarini
yanada mustahkamlash va taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Bunga shak-
shubha yо‘q.
Bu mamlakatlarimiz va dunyo uchun ahamiyatlidir.
Ozarbayjon tilidan Obid Shofiyev tarjimasi
Manba: Surxon yoshlari”,
2016 yil 4 iyul, № 13.
6
ALMAZ ULVIY О‘ZBEKISTONDA
Hamidulla BOLTABOYEV,
О‘zbekiston Milliy universiteti
О‘zbek filologiyasi kafedrasi mudiri,
Yuriy Borev nomidagi Xalqaro Estetika va erkin san’at
akademiyasi a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor
О‘zbek-ozarbayjon dо‘stligi va adabiy aloqalari tarixi juda qadim
zamonlarga taqaladi. Millati, dini, tili va dili bir bо‘lgan xalqning yagona
adabiy manbalari Devonu lug‘otit turkva Qutadg‘u biligdan tortib shu
kunimizga qadar davom etgan. Biz bugungi kunda hadeb la’nat toshini
otayotganimiz shо‘ro davrida adabiy aloqalar yanada yuksalgan, u soha va
fan darajasida taraqqiy etgan. Faqatgina kо‘ngli bir bо‘lsa-da, о‘zi
jug‘rofiy uzoqroq hududda joylashgani uchun ham bordi-keldilar u qadar
serqatnov bо‘lmagan.
Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi Nizomiy nomidagi Adabiyot
instituti direktori, akad. Bakir Nabiyev tavalludining 70 yilligi munosabati
bilan о‘tkazilgan Xalqaro simpoziumga taniqli nazariyotchi olim, turkiy
adabiyotning tolmas tadqiqotchisi prof. Shirindil Alishanli taklifi bilan
borar ekanman, yuqoridagi о‘ylar girdobida Bokuga kelib qolganimizni
bilmadim. 2010 yilgi Boku anjumani mening hayotimda alohida о‘ringa
ega. Mana shu taklif tufayli qariyb 30 yil davomida uzilgan dо‘stlik
rishtalari tiklandi, shu tufayli saboqdosh dо‘stlarim prof. Yashar
Qosimbeyli va Akif Azarni qayta topdim. Shirindil muallif tufayli ulug‘
naxariyotchi olim Y.B.Borev bilan mana shu Ozar zaminida topishdik va
sо‘nggi tо‘qqiz yil davomida ustoz bilan deyarli har hafta aloqada bо‘ldik.
Ayni anjuman kunlarida Bokuning tarixiy qо‘rg‘oni bо‘lgan
Qizqal’adagi mehmonxonalardan birida Y.Borev va oilasi bilan bir otelda
turarkanmiz, menga nogahon qо‘ng‘iroq bо‘ldi. Bokuga kelib, hali
yerlashib ulgurmagan bir musofirga ozar qizining qо‘ng‘irog‘i haqiqatan
men uchun kutilmagan hodisa edi. Bilishimcha, bu Ozarbayjon-о‘zbek
adabiy aloqalaridan tadqiqot olib borayotgan filologiya fanlari nomzodi
Almaz xonim Binnetova ekan. Ular о‘zini tanitib, Nizomiy institutining
Turk adabiyotlari bо‘limi ilmiy xodimlari bilan uchrashuv bо‘lajagini, u
esa men haqimda tanituv ma’lumotlarini sо‘radi. Hali anjuman dasturi
qо‘limda ‘lmagani uchun bu taklifga kо‘p ham qiziqmadim. Ertasi kungi
anjuman yig‘inlaridan sо‘ng meni Almaz xonim о‘z bо‘limiga boshladi.
Bо‘limda boshlangan suhbatimiz hali hamon anjumanlardagi
7
diydorlashuvlarda, adabiy hamkorlik va e-mail maktublarida davom
etmoqda. О‘tgan о‘n yil davomida Almaz xonim bir necha kitoblar chop
qildi, doktorlik dissertatsiyasini yoqladi, ustoz akad. Isa Habibbeyli
rahbarligida bu bо‘lim Turkmaniston-О‘zbekiston bilan adabiy aloqalar
bо‘limiga aylandi. Rostini aytish kerak, О‘zbekiston nomini tashigan ilmiy
tashkilot va bо‘limlar xorijda u qadar ‘p emas. Lekin AMEA Nizomiy
nomidagi Adabiyot institutida shunday bо‘lim borligi ozar olimlarining
saxovatidan, ilmga tashnaligi va muhtasham о‘zbek adabiyotiga bо‘lgan
hurmatining natijasidir.
Almaz Ulviy bir necha bor nafaqat Toshkent, balki Andijon,
Samarqand va Navoiy shaharlarida о‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda
ishtirok etdi. Andijonda ulug‘ shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur
ijodi va faoliyatini о‘rganuvchi Xalqaro jamoat fondi va ilmiy ekspeditsiya
tashkil etilgan edi. Ayni fondning Ozarboyjon bо‘limining ta’sischisi
Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti bо‘lgani holda ushbu ilmiy
tashkilotning Bokudagi vakilasi Almaz xonim bо‘lgani bizni quvontiradi.
Chunki о‘zbeklarda Chumchuq sо‘ysa ham qassob sо‘ysin maqoli bor.
Bu katta ishga ma’lum tayyorgarlik bilan yondashilganini 2019 yilda
О‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi va bir guruh о‘zbek olimlari
guvohi bо‘ldik.
Almaz Ulviy (Binetova) ilmiy faoliyati haqida ‘z ketganda, dastlab
Ozarbayjonda Hazrat Navoiy haqida chop etilgan maqolalarning
tо‘plamini nashr etib, ulug‘ Navoiy dahosi sari qurilgan kо‘prikni Jannat
xonim Nagiyevadan keyin yangilaganini qayd etmoqchiman. Bu tо‘plam
nafaqat Navoiy dahosiga ehtirom, balki qariyb yuz yil davomida ozar
navoiyshunosligining takomilini kо‘rsatuvchi hujjat hamdir.
Keyingi yillarda Almaz xonim Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalari
tо‘g‘risidagi monografiyasini e’lon qildi, ushbu mavzu bо‘yicha doktorlik
dissertatsiyasini yoqladi. Bu tadqiqotlarga munosabat bildirish orqali
qarashlarimiz yanada yaqinlashdi, nihoyat ozar tilida О‘zbek adabiyoti
о‘quv qо‘llanmasini chop ettirdi. Garchi adabiyotimiz tarixi izchil aks
ettirilmagan bо‘lsa ham ushbu qо‘llanma Kafkaz va jahonning boshqa
yurtlarida о‘zbek adabiyoti bilan qiziquvchi tashna dillarga berilgan ilk
ozuqa kabi qimmatlidir. Haqiqatan ham Yusuf Bolasog‘uniydan tortib
zamonaviy о‘zbek adabiyotigacha kechgan adabiyotimiz tarixiga doir biror
xalqaro anjuman bо‘ladimi, xorijda, asosan, Ozarbayjonda о‘zbek
adabiyoti bilan bog‘liq yig‘inlar о‘tkaziladimi ularning hech biri Almaz
xonimsiz о‘tmaydi. Bunday ilmiy-amaliy faoliyatga olima muhabbat bilan
yondoshadi, ushbu mavzudagi kichik bir taklifni ham jiddiy qabul qiladi.
8
Kuni kecha doktorlik dissertatsiyasi himoyasida о‘tirar ekanman, Bokudan
Almaz Ulviy yozgan taqrizning nomini tilga olishdi. Bilmadim, bu Almaz
xonim tomonidan о‘zbek olimlarini ‘llab yozgan nechanchi (30 yoki
40) taqriz ekan. Bularning hammasi uchun vaqt, hafsala va eng asosiysi,
adabiyot uchun hurmat kerak, dо‘stlikni qadrlash kerak.
Almaz Ulviy о‘zbek adabiyotining tadqiqotchisi va uning xorijdagi
targ‘ibotchisigina emas, balki buyuk Ozarbayjon adabiyotining
О‘zbekistonda keng tarqalishiga sabab bо‘lgan robitalardan biri. 2019
yilda ulug‘ ozar adibi, Mulla Nasriddin jurnalining asoschisi Jadid
Mammatqulizodaning Saylanmasini Toshkentda о‘zbek tilida chop
etilishida bevosita qatnashdi. Ushbu kitob marhum shoir dо‘stimiz Usmon
Qо‘chqor tarjimasida “MUMTOZ SOʻZ” nashriyotida chop etildi va u
haqda Bokudagi bir necha nashrlarda Almaz xonumning qaydlari e’lon
qilindi. Shuningdek, Almaz Ulviy va Yashar Qosimbeylining akad. Isa
Habibbeyli tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Ustoz kitobining
О‘zbekistonda chop etilishi ham bevosita olimaning say-harakatlari bilan
amalga oshdi...
Men bu qisqa satrlarda Almaz Ulviy va о‘zbek adabiyoti mavzusini
yoritishga shaylanganim yо‘q, zero uning imkoni ham yо‘qdir. Faqat men
bilgan va mening faoliyatimni ham yaxshi bilgan bir olima haqida dil
sо‘zlarimni yozdim xolos. Umid qilamanki, Almaz xonimning ikki buyuk
adabiyotlararo olib borgan ilmiy yumushlari tо‘xtamaydi, u nafaqat ikki,
balki butun turk xalqlari adabiyoti uchun ham arzirli natijalar beradi,
buning uchun olimaga mustahkam sog‘lik, ilmiy shijoat va izlanishlar
tilayman.
9
О‘ZBEK ADABIYOTINING OZARBAYJONLIK
MUHIBI
(о‘zbekshunos olima Almaz Ulvi haqida)
Marhabo Qо‘chqorova,
О‘zR FA О‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
katta ilmiy xodimi
О‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalarining ming yillik tarixi bor. Bu
tarix ichida olimlar, tarjimonlar, yozuvchi-shoirlar har biri alohida о‘ringa
ega. Xususan, ozarbayjonlik о‘zbekshunoslar Hamid Arasli, Panoh
Xalilov, Ozod Nabiyev, Mirza Ibrohimov, Mirzaog‘a Qulizoda, G‘ulom
Mammadali, Abboszoda Husayn, G‘ulomhusayn Aliyev, Yoqut Dilbozi,
Aziza Jafarzoda, Xalil Rizo, Oydin Abilov, Ahad Muxtor, Jannat
Nag‘iyeva, Akif Bag‘irov, Yashar Qosimov kabi yigirmaga yaqin
ijodkorlarni sanash mumkin. Zikr etilgan ozar olimlari har biri о‘z ruhi,
dunyoqarashi, ilmiy yо‘nalishiga kо‘ra о‘zbek adabiyotining turli
davrlariga oid vakillar ijodini ba’zan analitik, ba’zan qiyosiy-tipologik
fonda о‘rganishgan. Jumladan, Hamid Arasli Alisher Navoiy va Fuzuliy
ijodini qiyosiy planda tadqiq etdi. Abboszoda Husayn va Yoqut Dilbozi
Zulfiya she’riyatini, Aziza Jafarzoda G‘afur G‘ulom ijodini,
G‘ulomhusayn Aliyev Hamza ijodini, Xalil Rizo esa M.Shayxzoda ijodini,
Jannat Nag‘iyeva esa Alisher Navoiy va Boku qо‘lyozmalari, Navoiy va
Jomiy asarlarining qо‘lyozmalari haqida yozdi. Sо‘nggi yillarda
ozarbayjonlik о‘zbekshunoslar orasida eng “kо‘p va “xо‘p yozgan
filologiya fanlari doktori, professor Almaz Ulvi bо‘ldi.
Almaz Ulvi Qosim qizi Binnatova 1960 yil Ozarbayjonda Gо‘ycha
mahallasining Kasaman kentida ziyoli-muallim oilasida tug‘iladi. U ilk
ta’limni kentda oladi, oliy ta’lim tahsilni esa 1978-1984 yillarda Boku
davlat universitetida davom ettiradi, ayni paytda ikki yillik fors tili
shо‘basini ham tugallaydi. 1990 yili shahid shoir Ulvi Bunyodzodaning
xotira muzeyiga asos solgan. Hozirgi kunda muzeyning faxriy direktori.
1995 yilda Demokratiya va milliy mustaqillik davrida kurash motivining
she’riyatda aks etishi mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
2010 yilda XX asr ozarbayjon adabiyotshunosligida о‘zbek
klassiklarining mahorati mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya
qilgan. Bundan tashqari, Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Nizomiy
nomidagi Adabiyot institutining Turk xalqlari adabiyoti bо‘limining
10
yetakchi ilmiy xodimi. Almaz Ulvi yigirmaga yaqin ilmiy, publitsistik
kitoblar muallifi. Olimaning besh yuzga yaqin maqolalari chop etilgan,
shulardan yuzga yaqini о‘zbek adabiyoti bilan aloqador. Turli xorijiy ilmiy
anjumanlarda saksonga yaqin ilmiy ma’ruzalar va chiqishlar bilan
qatnashgan.
Almaz Ulvining “She’riyatda milliy ozodlik tuyg‘ulari (1997, 115
bet), Ulvilashgan Ulvim (1998, 200 bet), Adabiyot umrini yashagan
adabiyot me’mori” (2004, 89 bet), Kurashdagi og‘riqlarim (2005, 546
bet), “Adabiy tuyg‘ularim(2008, 426 bet), Ulvi tuyg‘ularim” (poema va
she’rlar. 1990, 55 bet), “О‘limga qasdma-qasd(poema, she’r, povest va
hikoyalar, pyesalar, tarjimalar, maqola va maktublar. 1993, 256 bet) va
boshqa ‘plam kitoblarning muallifi va tо‘plovchisidir. Uning
Ozarbayjon-о‘zbek (chig‘atoy) adabiy aloqalari ilmiy monografiyasi
davrlar, siymolar, janrlar va tamoyillar masalalarini о‘rganishga
bag‘ishlangan
1
. Kitob sо‘zboshi, kirish, besh bob, boblar esa faslarga
ajratilgan, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan tashkil topgan.
Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Nizomiy nomidagi institutning Xorijiy
о‘lkalar va adabiy aloqalar bо‘limi mudiri, filologiya fanlari doktori,
professor Voqif Arzumanli Ozarbayjon-о‘zbek (chig‘atoy) adabiy
aloqalarining о‘rganilishida yangi bosqichlar nomli sо‘zboshisida
shunday deydi: Filologiya fanlari nomzodi Almaz Ulvi (Binnatova)
kо‘pdan beri Ozarbayjon-о‘zbek (chig‘atoy) adabiy aloqalarini о‘rganib va
tadqiq etib kelmoqda. 2000-yildan e’tiboran bilvosita mening ilmiy
maslahatim bilan bu mavzuda tadqiqotlar qilishni boshlagan Almaz Ulvi
bu sohada ancha chuqurlashib ketdi. U, xalqlarimiz orasidagi aloqalarning
о‘rganilgan, yoki kam о‘rganilgan yoxud hech о‘rganilmagan sahifalarini
tadqiq etishi bilan bu sohaga yanada chuqur kirdi
2
.
Almaz Ulvining sо‘zboshisida tadqiqotga xos bо‘lgan muhim
xususiyat ajratilib kо‘rsatiladi: Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalarining
keng va har taraflama tadqiqini nazarda tutgan bu asarda qо‘yilgan muhim
prinsiplardan biri, monografiyaning nomidan kо‘rinib turganidek, davrlar
va tamoyillar masalasidir. Ya’ni boshqa tadqiqotlardan farqli о‘laroq, bir-
biriga shogird, bir-biriga ustoz (G‘.G‘ulom) sanalgan ikki qondosh va
ikki qardosh xalqning adabiy aloqalarining eng qadim davrlardan bugungi
kungacha kechgan ijodiy-uslubiy xususiyatlarini, umumiy jihatlari va
1
Almaz Ülvi. Azərbaycan özbek (ciğatay) ədəbi əlaqələri. Baki Qartal. 2008. 328 s.
2
Almaz Ülvi. Azərbaycan özbek (ciğatay) ədəbi əlaqələri. Baki Qartal. 2008. S. 3.
11
vazifalari monografiyaning besh bobida (adabiy davr, adabiy siymo,
adabiy tur, adabiy janr, adabiy tamoyil) atrofida tadqiq etildi
3
.
Kitobning birinchi bobi Ozarbayjon-chig‘atoy (о‘zbek) adabiy
aloqalarining shakllanish davri deb nomlanib, u olti faslga ajratilgan.
Folklor dunyosining chig‘atoy (о‘zbek) fasli va Ozarbayjon
adabiyotshunosligideb ataladi. Unda Almaz Ulvi о‘zbek xalq dostonlari
(“Alpomish”, “Gо‘rо‘g‘li”) va ozar folklorshunoslari Ozod Nabiyev
(“Ozarbayjon-о‘zbek folkor aloqalari ilmiy monografiya) tadqiqotiga
tо‘xtalib, о‘zbek xalq ertaklarining ozar tiliga tarjimasi, kitob nashrlariga
ham tо‘xtaladi. Chig‘atoy (о‘zbek) baxshilari va obidalar deb
nomlangan faslda Ergash Jumanbulbul о‘g‘li, Fozil Yо‘ldosh о‘g‘li, Islom
Shoir Nazar о‘g‘li hayoti va ijodi haqida, Yusuf Xos Hojibning Qutadg‘u
bilig”, Mahmud Koshg‘ariyning Devonu lug‘atit turk obidalari va
ularning ozar tiliga tarjimalari haqida yozadi. Uchinchi, tо‘rtinchi,
beshinchi fasllarda olima Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy hayoti va ijodi,
xususan, Navoiy siymosining Ozarbayjonda о‘rganilishi tarixiga diqqat
qaratadi. Binobarin, tadqiqotchi ozarbayjon navoiyshunoslari Firidun bey
Kо‘charli, akademik Hamid Arasli, Panoh Xalilov, Jannat Nag‘iyeva, Xalil
Riza Uluturk, Tarlan G‘uliyev va boshqa olim va tarjimonlarni alohida
sanab kо‘rsatadi va ba’zilariga maxsus tо‘xtaladi. Mazkur bobning eng
sо‘nggi faslida “О‘zbek adabiyoti va adabiyotshunosligida Nizomiy,
Nasimiy va Fuzuliy an’analari”ni tadqiq etadi.
Kitobning ikkinchi bobi “She’riyatning inkishof imkonlari va adabiy
aloqalardeb atalib, u jami sakkiz faslga ajratilgan. Tadqiqotning “XVI-
XIX asrlar chig‘atoy (о‘zbek) poeziyasi va adabiy mushtarak mayllar
deya nomlangan birinchi faslida Muhammad Solih, Bobur, Majlisiy,
Mashrab, Nodira, Gulxaniy, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat nomlarini
sanab, har biriga bor-yо‘g‘i bir abzats bag‘ishlaydi. Mazkur bobning XX
asr chig‘atoy (о‘zbek) adabiyoti va Mulla Nasriddinjurnali (Sharq satira
maktabi va jadid chig‘atoy (о‘zbek) she’riyati)” deb nomlanadi. XX asr
boshlarida Ozarbayjonda (1906 yil) nashrdan chiqa boshlagan Mulla
Nasriddinsatirik jurnalining Sharq xalqlari, xususan О‘rta Osiyo xalqlari
orasida mashhur bо‘lishi, xususan, о‘zbek adiblari Zavqiy, Avaz О‘tar,
Niyoziy, Ayniy, Avloniy, Rojiy, Siddiqiy Ajziy, Sо‘fizodalar
dunyoqarashi va ijodiga ta’sirini qayd etadi. Ammo chuqur tahlillarga
kirishmaydi. “О‘zbek (chig‘atoy) she’riyati Ozarbayjon tilida faslida
dastlabki Bokuda chop etilgan “О‘zbek she’riyati antologiyasi”,
3
Almaz Ülvi. Azərbaycan özbek (ciğatay) ədəbi əlaqələri. Baki Qartal. 2008. S. 8.
12
almanaxlari haqida fikr yuritadi. Bobning “О‘zbek (chig‘atoy)
she’riyati Ozarbayjon tilidanomlangan faslida ozarbayjonda о‘tkazilgan
“о‘zbek adabiyoti dekadalari, Ahad Muxtor, Nabi Xazriya, Xalil Rizo,
Ag‘asefaya, V.Rutamzodalarning tarjimonlik ishlariga (о‘zbek she’riyati)
qisqa shtrixlar chizadi. О‘zbek she’riyati adabiyotshunoslik ufqlarida
deb atalgan faslda о‘zbek-ozar olimlari tomonidan nashr etilgan maqola,
ilmiy-tanqidiy kitob, tadqiqot ishlariga tо‘xtaladi. Keyingi faslda “О‘zbek
she’riyatida Ozarbayjon va Samad Vurg‘un masalasini о‘rganadi.
Xususan olima shunday deydi: Samad Vurg‘un va о‘zbek shoiri Abdulla
Oripov bitta mavzuni poetiklashtiribdi. Adabiyotshunoslarning diqqatini
jalb etgan bu tipologik mushtaraklik va aloqalar, avvalo, yosh avlodning
adabiy ana’analarga hassoslik bilan yondashuvidan tug‘ilgan (manbadan
olingan M.Q). Hamid Olimjonning “О‘zbekiston”, Abdulla Oripovning
“О‘zbekiston”, Erkin Vohidovning “О‘zbegim she’rlarini о‘qirkanmiz,
Samad Vurg‘unning Ozarbayjonshe’ri xayolimizda gavdalandi
4
. Olima
Samad Vurg‘un asarlarining О‘zbekistonda tarjima etilishi, nashr qilinishi
masalalariga e’tibor qaratib, bu haqda shunday xulosa yasaydi: Umuman,
Samad Vurg‘un va о‘zbek adabiyoti mavzusi teran daryodir. Bu
daryodagi inju kabi Samad she’riyat dengizida barq uradi va ikki xalqning
adabiy qarindoshligi, bir bobo avlodning muhabbati nasllardan nasllarga
nur taratmoqda
5
. Almaz Ulvi keyingi fasllarda CHо‘lpon, G‘afur
G‘ulom, Zulfiya she’riyati va ular ijodini Ozarbayjon adabiyoti bilan
bog‘liqlikda tadqiq etadi.
Tadqiqotning uchinchi bobi Yangi tamoyillar va Turkistonda badiiy
nasr inkishofi deb ataladi. Bu bob olti faslga bо‘lingan. Ilk faslda
Chig‘atoy (о‘zbek) nasrining ilk davri о‘rganiladi. Sо‘nggi fasl “40-
yillardan keyingi nasr va tarixiy roman janrideb ataladi. Olima keyingi
fasllarda Sharof Rashidov, о‘zbek nasrining ozar tiliga tarjimasi
masalalariga, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga umumiy
obzor tarzida yondashadi. Jumladan, Realist chig‘atoy о‘zbek nasri
faslida olima Abdulla Qodiriy biografiyasi, hajviy she’rlari, roman va
hikoyalari haqida qisqacha ma’lumot berib, О‘tgan kunlar va
Mehrobdan chayonning ozar tiliga tarjima etilish tarixiga ham ‘xtalib
о‘tadi. Shuningdek, tadqiqotchi A.Qodiriyning Obid Ketmon”, “G‘irvonli
Mallaboy asarlariga ham alohida tо‘xtaladi. Ammo chuqur tahlillarga
kirishmaydi. Almaz Ulvining Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi bо‘yicha
“Gо‘zal realist о‘zbek shoiri (Abdulla Qodiriy)”, “Gо‘zal realist о‘zbek
4
Almaz Ülvi. Azərbaycan özbek (ciğatay) ədəbi əlaqələri. Baki Qartal. 2008. S. 138.
5
Almaz Ülvi. Azərbaycan özbek (ciğatay) ədəbi əlaqələri. Baki Qartal. 2008. S. 143.
13
nosiri (Abdulla Qodiriy)”, Abdulla Qodiriy ijodi zamondosh о‘zbek
adabiyotshunoslar talqinida (Bahodir Karimning qodiriyshunoslik
sohasidagi tadqiqot va kitoblariga taqriz) maqolalari Boku matbuotida
nashr etilgan.
Olima “О‘tgan kunlar romanini shunday baholaydi: Abdulla
Qodiriy tarixiy mavzuga murojaat etarkan, uning mahorati shundaki, u, о‘z
xalqi tuzumini, mehnatkashligini, qahramonlik tarixini, xalqining о‘z
ozodligi va mustaqilligi yо‘lida kurash tarixini ochiq kо‘rsatishga
erishgan, mavjud davrda muammolarni hal etish о‘ta mushkul
bо‘lganligini kitobxonga gо‘zal tarzda yetkazgan
6
.
Tadqiqotning tо‘rtinchi bobi Dramaturgiya teatr tarixi va adabiy
an’analar deb nomlanib, jami olti faslga bо‘lingan. Bobning birinchi
faslida XX asr drama janrining asoslari deb ataladi. Ilk о‘zbek
dramaturglarining nomlari, asarlari, ular ustida tadqiqot olib borgan о‘zbek
olimlarining ishlarini sanash bilan fasl tugallangan. Dramaturgiya- teatr
aloqalari va adabiy ta’sir masalasi deb nomlangan keyingi faslda ozar
dramaturglari Husayn Jovid, U.Hojiboyev, A.Haqberdiyev, Fatali
Oxundov, N.Narimonov asarlarining о‘zbek teatr sahnasida
sahnalashtirilishi va ulardan ta’sirlanish masalalari о‘rganiladi.
Shuningdek, yana bu bobda Hamza, M.Shayxzoda siymosi, о‘zbek
tragediya janri va adabiyotshunosligi, о‘zbek opera teatri va Safarov
maktabimasalalari alohida fasllarda о‘rganilgan.
Kitobning sо‘nggi beshinchi bobi Istiqlol ideali va adabiy
aloqalarning yangi davrideb nomlanib, u uch faslga ajratilgan. Dastlabki
fasl Xalil Rizo Uluturk va о‘zbek adabiyotideb ataladi. Olima shunday
yozadi: Xalil Rizo Uluturkning о‘zbek adabiyoti tarjimoni va
tadqiqotchisi sifatida Ozarbayjon adabiyoti va adabiyotshunosligida
ayricha о‘rni bor. Zamonaviy о‘zbek she’riyati namunalarini ozar tiliga u
qadar kо‘p tarjima etgan boshqa biror ijodkorni topish amrimahol. U,
о‘tgan asrning taxminan 70-yillar boshida bu sohada jiddiy ishlar
boshlagan bо‘lsada, ammo uning 60-yillar matbuotida uning о‘zbek
she’riyatidan nazmiy о‘girmalari chop etila boshlagandi
7
. Olima Xalil
Rizoning tarjimonlik ham tadqiqotchilik qiyofasini ochib beradi. Sо‘nggi
ikki faslda Istiqlol davrining Uluturkchilik mafkurasi hamda Adabiy
jarayonning yangi tamoyillari muammolari о‘rganiladi. Olima hozirgi
о‘zbek adabiyotidan ozar tiliga qilingan badiiy tarjimalarni sanar ekan,
shunday deydi: “....Hozirgi о‘zbek she’riyatining Abdulla Oripov (S.
6
Almaz Ülvi. Azərbaycan özbek (ciğatay) ədəbi əlaqələri. Baki Qartal. 2008. S. 193.
7
Almaz Ülvi. Azərbaycan özbek (ciğatay) ədəbi əlaqələri. Baki Qartal. 2008. S. 262.
14
Babullaо‘g‘li), Usmon Azim (A.Azalp), Bahrom Rо‘zimuhammad
(G.Mо‘vlud), Eshqobil Shukur (G.Mо‘vlud), Iqbol Mirzo (A.Azalp),
Mirpо‘lat Mirzo (G.Mо‘vlud), Aziz Said (S. Babullaо‘g‘li), Xosiyat
Rustamova (A.Azalp), Xurshid Davron (S. Babullaо‘g‘li) kabi
namoyondalarning tarjima she’rlari va zamonaviy о‘zbek nasridan
X.Sultonovning YO, Jamshid (M.Nur), Abdulhamid Ismoilning Ikki
chol hangomasi(P.Yusuf) nomli tarjima hikoyalari berilmish
8
. Nihoyat
kitob Umumiy xulosabilan yakunlanadi.
Almaz Ulvi Ozarbayjon-о‘zbek (chig‘atoy) adabiy aloqalari
monografik kitobida ulkan adabiy davr, adabiy siymolar, adabiy tur va
janrlarni obyekt sifatida tanlagan. Davr va obyekt haddan ziyod katta
bо‘lganligi sababli, kо‘p о‘rinlar informatsion xarakterda bо‘lib qolgan.
О‘zbek-ozarbayjonlik ijodkorlar hayoti va ijodi ham obzor xarakterida
tadqiq etilgan. Ammo shunga qaramasdan, mazkur ulkan ish ikki xalq
adabiyotshunosligida jiddiy ilmiy tadqiqot sifatida qaralishi kerak.
Mehnatkash, fidoiy olima Almaz Ulvining keyingi ilmiy-ijodiy ishlariga
muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Tadqiqotda ikki xalq adabiyotini qiyosiy-
tipologik va an’ana, adabiy ta’sir doirasida о‘rganish haqida olima yuzlab
tezislarni о‘rtaga qо‘yadi. Endi bu tezislarning har biri alohida tadqiqot
yaralishiga zamin bо‘lishi tayin. О‘zbek adabiyotining ozarbayjonlik
tadqiqotchisi bugungi kunda ikki shogirdiga о‘zbek adabiyoti bilan aloqali
dissertatsiya mavzusini bergan.
Zahmatkash olima о‘zbek adabiyoti borasidagi kuzatishlarini yangi
ikki kitobda jamlab, nashriyotga topshirgan. Bular: Navoiy va XX asr
klassiklari va shoira Zulfiyaning yuz yilligi munosabati bilan О‘zbek
ayol olima va ijodkorlarideb nomlanadi. Bu yо‘nalishdagi tadqiqotlarda
tanganing ikki tomoni borligini unutmasligimiz kerak. Almaz Ulvi
tanganing har ikki tomonini aniq va ravshan ‘ra olgan.
8
Almaz Ülvi. Azərbaycan özbek (ciğatay) ədəbi əlaqələri. Baki Qartal. 2008. S. 297.
15
ATILLA RASHKI
Xosiyat RUSTAM,
О‘zbekiston va Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi azosi,
Kitob dunyosigazetasi bosh muharriri
Elazig aeroporti Turkiyadagi eng katta aeroportlardan biri. Birinchi
marta kelishim edi... Birinchi marta Almaz xonim bilan biz shu yerda
kо‘rishganmiz. Xayolim parishon edi chamamda... Kimdir Xosiyat xonim,
deya chaqirdi ozarcha lahjada. Ortimga о‘girildim. Hech kimni tanimagan
va hech kim tanimaydigan yurtda ismingni eshitish juda yoqimli bо‘larkan.
Yetti-sakkiz metrlar naridan bir ayol uchib kelardi. Biz uzoq kо‘rishmagan
opa-singillar kabi kо‘rishdik... va Elazigda kechgan besh kun ichida na
kecha demadik, na kunduz demadik... faqat gaplashdik... Hali hayotda bir-
birini kо‘rmagan ikki mamlakatning ikki ayoli shu qadar yaqin bо‘lib
ketdikki, hatto tarif etishim qiyin! Kо‘rinishidan faqat kulib turadigan bu
ayolning Korabog‘ janglarida shahid ketgan yigirma yoshli ukasi Ulvi
haqida gapirgandagi holat hali kо‘z oldimda turibdi. Men nima deyishni,
qanday ovutishni, qanday taskin berishni bilmay qо‘shilib
yig‘layverganman. Yuragida yigirma yoshdan og‘irroq dardi bor ayol bilan
opa-singil bо‘lganimga о‘n yilcha bо‘ldi. Ammo, shu о‘n yil ichida yuz
yildan kо‘ra kо‘proq yashab ham kо‘rish mumkin bо‘lmagan insoniylikni
kо‘rdim! Bir ayol uch-tо‘rt umrga teng keladigan ishlar qilayotganining
tirik guvohiman!
Bu ishlar mayli, о‘z ‘lida davom etaversin, ammo, О‘zbekiston va
о‘zbeklarni bu ayoldan kо‘ra kо‘proq sevadigan biror kimsani hali
uchratmadim. Almaz xonimning yakkayu yagona bir o‘g‘li bor. Ismi
Atilla. Atillaning bir gapi bor, Ona, Siz о‘zingiz Ozarbayjonda
yashaganingiz bilan ruhingiz О‘zbekistonda yashaydi...” Bu Atillaning
rashki! Bu Atillaning otellocha, bolacha rashki.
Men Almaz xonimga chin qalbdan havas qilaman.
16
OZAR ADABIYOTSHUNOSLIGINING
O‘ZBEKCHA SO‘ZI VA QALBI
Gulbahor Ashurova,
Alisher Navoiy nomidagi
ToshdO‘TAU dotsenti, f.f.n.
Almaz Ulvi Kosim qizi Binnatova 1960 yil 8 avgustda ziyoli
oilasi tug‘ilgan. Baku Davlat Universitetida oliy ma’lumotni olib, 1993
yildan Ozarbayjon Milliy Ilmlar Akademiyasida Milliy Munosabatlar
Institutida, so‘ng esa Nizomiy nomidagi Adabiyot institutida faoliyatda
bo‘ldi. Hozirga qadar ushbu institutning Ozarbayjon-Turkmaniston-
O‘zbekiston adabiy aloqalari” bo‘limining boshlig‘i lavozimida ishlaydi.
Ozarbayjon-O‘zbek adabiy munosabatlari masalasida ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib bormoqda. Turkiya adabiyoti bilan bog‘liq yo‘nalishda ham
salmoqli tadqiqotlar olib bormoqda. U 1986 yildan e’tiboran adabiyot va
san’at bo‘limining maxsus muxbiri bo‘lib, Almaz Ulvi turli gazeta va
jurnallarda, kitob va almanaxlarda, turli to‘plamlarda uning 700dan ortiq
maqola va publitsistik-ilmiy maqolalarini kuzatish mumkin. 25dan ortiq
risola kitoblar muallifidir. Dunyodagi nufuzli xalqaro simpozium va
konferentsiyalar ishtirokchisi, ayniqsa, O‘zbek, Turk, Gruziya, Rossiya,
Angliya, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi
davlatlardagi xalqaro konferensiyalarda faol ishtirok etgan. Almaz xonim
oilali: Atilla ismli o‘g‘li bor. Nozim og‘a ham ilmiy tadqiqot institutida
faoliyat ko‘rsatadi. Men Bakuda ularni uyida bir necha marotaba mehmon
bo‘lganman. Almaz xonimning uyi mehrga, samimiyatga va do‘stlarga
hamisha bag‘rini ochgan mehmondo‘st oiladir. Bu oilada ko‘pincha
suhbatlar adabiy aloqalar, samimiy do‘stlik va kitoblar haqida bo‘ladi.
Almaz opa bu haqda shunday deydi: “Inson tarbiyasi, bilim va salohiyatini
o‘stirish haqida gap ketganda, kitobning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi.
Fan-texnika shiddat bilan rivojlanayotgan davrimizda kitobga boshlarimiz
yanada ko‘proq egilmoqda, qanday bo‘lmasin, uni doim kaftimizda tutib
yurishga intilmoqdamiz. E’tibor bersangiz, internet olami kengayib
borayotgan bir paytda kitob chop etish ishi oqsash o‘rniga, kundan-kunga
jadallashib borayotir. Ehtimol, bu savolingiz orqali kompyuter va
internetning hayotimizni deyarli qamrab olayotganiga, o‘z ta’siriga
tushirib qoyayotganiga, hatto butun vaqtimizga, kunimizga ega
chiqayotganiga ishora qilayotgandirsiz. Internet maydonida istagan
17
savolimizga javob topa olsak-da, adabiyotlar ro‘yxatidan yetarlicha
boxabar bo‘lolsak-da, boringki, ayni elektron kitoblarning aksariyatini
“varaqlab”, ulardagi ma’lumotlarga tayanishga harakat qilsak-da,
chinakam ilm bilan toyingan yangiliklarni yozma kitoblardan olamiz. Ular
hanuzga qadar ma’naviy boyligimiz, oltinga teng xazinamiz o‘laroq, o‘z
qimmatini saqlab kelmoqda. Qisqasini aytganda, insonning kamolotida
kitob alohida o‘rin tutadi. Faylasuflardan birining ta’biri bilan aytganda:
“Kitob o‘qigan, bilimga ega bo‘lgan inson bilan mutolaa qilmagan, biror
narsani bilmagan odam orasidagi farq yorug‘lik va zulmat o‘rtasidagi
farqqa o‘xshaydi. “Bolalik yillarimning eng go‘zal, ayricha taassurotlarini
ko‘nglimda alohida iz qoldirgan Yujin timsoli bilan bog‘layman. U Teador
Drayzerning “Dohiy” asari qahramoni bo‘lib, uzoq yillar hayotimga
o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Kasbi o‘qituvchi bo‘lgan otam menga qayta-
qayta: “Oy qizim, bu kitob senga og‘irlik qiladi, voqealarini to‘liq idrok
etolmaysan,” deb takrorlayverardi. Axir, u 700 sahifadan ortiq edi-da!
Ammo men Yujinni qaerdadir ko‘rgandek bo‘laverar, u bilan goyoki, bir
qishloqning bolalaridek, bir-birini anchadan beri bilgan tanishlardek
tasavvur qilaverardim. Asarning mazmun-mohiyati va voqealar
jarayonidan ayri holda Yujin personajini sira unuta olmadim. Keyinchalik
Gi de Mopassan, Anton Chexov, Musa Jalil singari adiblarning
hikoyalarini o‘qidim, bu asarlarning qahramonlarini ham sevib qoldim.
Ozarbayjon adabiyotidan Ilyos Afandiev ijodining mutolaasiga hech
toymasdim. Shu o‘rinda ishonch bilan aytishim mumkinki, o‘qigan
asarlarimning, dunyo adabiyoti qahramonlarining ruhi, tabiati hayotimga
singib ketgan, o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Tag‘in, otashin muhabbatni
tarannum etgan she’riyatni hamisha hayratlanib o‘qiyman. Bir necha
yildan beri Nizomiy, Nasimiy, Navoiy, Fuzuliy, Voqifiy asarlarini sog‘inib
mutolaa qilaman. Ularning satrlaridan tomib turgan ishqni simirib
o‘qisam-da, sira qongan emasman. Ba’zida menga inson o‘z shaxsiyati
bilan dunyoga keladigandek tuyuladi. Hayot, muhit, sharoit va kitoblar uni
faqatgina shakllantirib borishga xizmat qiladi. Odam o‘qigan biror
asaridagi qaysidir personaj uning tabiatiga mos kelsa va unda kuzatgan
ustun jihatlarni o‘zida topa olsa, uni o‘zida paydo qilishga intilishi
mumkin. Bugun adabiyotning oldiga qoyayotgan vazifalar xususida
nimalar deya olasiz?” degan savolga mana shunday javob bergan edilar:
“Mumtoz adabiyot va mavzular milliy-ma’naviy xazinamizning
javohiridir. Ammo, yangi davr adabiyotini yaratish, uni tadqiqot
manbasiga aylantirish bir qadar murakkab, og‘ir ish sanaladi. Chunki,
kitobxonning zavqini uyg‘otadigan, o‘quvchiga yo‘l boshlaydigan asar
18
yozish uchun fenomen darajasidagi tafakkur kerak bo‘ladi. Aslida,
yaratilishdan fozillik qanchalik bo‘lsa, shunga erishiladi. Ijodkor
aytmoqchi bo‘lgan so‘zni anglagan tadqiqotchi hayotning poetik
mohiyatiga nazariy qiyofa bera olsa, nur ustiga nur! Har holda, adabiyot
kishilar, nimani qabariq holda ko‘rsatishni his qilib yashaydilar. Ammo
shuni unutmaylikki, hayotiy hodisalar oqimi juda tezkordir. Adabiyot
ilmining vakili, filologiya sohasining mutaxassisi sifatida yoshlarga,
avvalo, shuni alohida ta’kidlamog‘im kerakki (garchi bu borada ularning
bilimi oz emas), biz ozarbayjon va o‘zbek xalqlarining yagona ildizi
mavjud. Biz buyuk turkiy qavmga mansub millat vakillarimiz. Mumtoz
adabiyotimizga murojaat etib, Hazrat Navoiy shayx Nizomiyni ustoz,
Mavlono Fuzuliy esa o‘zini Navoiyga shogird sanaganini e’tiborga olsak,
bu fikrning izohiga hojat qolmaydi. Vaqt o‘tib, milliy masalalarga qarash
tarzi o‘zgargan bo‘lsa-da, tarixiy xotira ildizimizni bog‘lab turgan
tomirlarni unutib yuborishga, unga ahamiyat qaratmaslikka yo‘l
qoymaydi…”.
Ozarbayjon adabiyotshunosligida o‘zbek adabiyoti ko‘pgina
tadqiqotlarga mavzu bo‘lib, o‘rganilib kelinmoqda. Klassik namoyandalar
ijodi qatorida XX asr o‘zbek adabiyoti ozarbayjon kitobxonlariga butkul
bo‘lmasa-da, deyarli tanish. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining ertak, doston,
topishmoq, maqol kabi janrlardagi betakror namunalari ozarbayjonchaga
moslashib ulgurgan. Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla
Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Zulfiya,
o‘afur o‘ulom, Maqsud Shayxzoda, Komil Yashin kabi adiblarning asarlari
tilimizga o‘girilib, alohida kitob holida chop etilgan. Mukammal proza va
she’r antologiyalari tuzilgan. Shuningdek, adabiyotshunoslik ilmida ham
qator ishlar amalga oshirilgan. O‘zbek adabiyoti barcha davrlar boyicha
o‘rganilmoqda. Alohida ilmiy maqolalardan tashqari, G‘ulomhusayn
Aliev, Ozod Nabievlar nomzodlik, Xalil Rizo Ulug‘turk, Jannat Nagieva,
Ozod Aliev qatorida Olmos Ulviy Binnatovani doktorlik dissertatsiyalari
o‘zbek adabiyotini tadqiq etishga bag‘ishlaganlar. Dissertatsiyada 600
yillik turk-o‘zbek adabiy aloqalarini mavzu doirasiga qamrab olingan.
Faqatgina o‘zbek adabiyotiga oid 150 dan ortiq ilmiy maqolalar hamda 2
ta monografiya chop etilgan. Yaqin kunlarda o‘zbek adabiyotining
tadqiqiga bag‘ishlangan yana ikki kitob nashrga beriladi! Almaz opani
aspirant-shogirdlari ham o‘zbek jadidchilik adabiyoti yuzasidan ilmiy ish
olib bormoqda. O‘zbek olimlarining ilmiy faoliyatiga doir 200 dan ortiq
maqolalarga taqriz yozib, ozarbayjonda chop etiladigan ilmiy jurnallarda
chop etilgan. Bugungi kunda Almaz opa ko‘pgina o‘zbek olimlari bilan
19
do‘stona aloqalardalar. Mustaqillik har ikki mamlakat taraqqiyotining
barcha jabhalarida bo‘lgani kabi, uning boshqa o‘lkalar va xalqlar bilan
adabiy-madaniy aloqalarning rivojida tamoman yangi, keng ufqlarni ochdi.
Tarixning hukmi bilan mustamlaka ta’sirida yashagan ozarbayjon va
o‘zbek xalqlari o‘z azaliy orzulari bo‘lgan milliy mustaqillikka deyarli bir
paytda erishgani ham baxti-yu taqdiri bir ekanidan dalolatdir.
Almos opaning (2016 yil) O‘zbek adabiyoti” kitobining
Ozarbayjonda nashr etilishi bizni cheksiz quvontirdi. Bu o‘zbek-
ozarbayjon adabiy aloqalari yo‘lidagi olimaning ko‘p yillik izlanishlari,
tinimsiz mehnati samarasi, qolaversa, o‘zbek adabiyotiga, Navoiy
dahosiga bo‘lgan ulkan ehtiromi, mehri desak adashmagan bo‘lamiz.
O‘zbek adabiyoti” kitobiga Ozarbayjon Milliy Bilimlar Akademiyasining
vitse-prezidenti, AMEA Nizomiy nomli Adabiyot institutining direktori,
akademik Iso Habibeylining “Dunyo adabiyoti uchun ahamiyatli ish”
nomli maqolasi o‘rin olgan, unda: Ozarbayjon Milliy Bilimlar
Akademiyasi Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining “Ozarbayjon-
Turkmaniston-O‘zbekiston adabiy aloqalari” sho‘’basining mudiri,
filologiya fanlari doktori, professor Almas Ulvi (Binnatova)ning
Ozarbayjon-O‘zbekiston adabiy aloqalarining ko‘p asrlik yo‘li, buyuk
san’atkorlarning abadiy do‘stligi haqidagi tadqiqotlarida buyuk
an’analarning bir necha asrlik tajribalari umumlashuvi va davomiyligi
mujassamlashuvini ko‘rishimiz mumkin” deydi. Olimaning ikki xalq
adabiyotga ulkan muhabbati, o‘zbek adabiyoti bilan o‘zaro qardoshlik,
do‘stlik va an’analarga buyuk ehtiromida, adabiy aloqalarga bag‘ishlangan
ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Shuni ta’kidlash lozimki, Almas
Ulvi adabiy aloqalarning kam o‘rganilgan, hatto no‘malum sahifalarni
ochishga, tadqiq etishga diqqatini qaratadi va uning har bir ishida yangi bir
jihatlar yoritiladi. U har bir tadqiqotida yangi so‘z ayta oladi. Shu
ma’noda, Almas Ulvi tadqiqotlari ila Ozarbayjon-O‘zbekiston adabiy
aloqalarining qiymati yanada oshgan va boyigan, desak bo‘ladi. Bu esa
xalqlarimiz va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik aloqalarini yanada
mustahkamlash va taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Bunga shak-shubha
yo‘q. Bu mamlakatlarimiz va dunyo uchun ahamiyatlidir.
Almaz xonim asarlarining belgilovchi xususiyatlaridan biri
ularning o‘ta hassos she’riy daho qalami ostidan chiqqanligi, Alisher
Navoiy ijodini tadqiq etganligidir. Uning ilmiy ishlarilarida Navoiy ijodi
nasr bilan nazm birgaliqda ham g‘oyaviy, ham badiiy jihatdan uzviy
aloqada qo‘llaniladi. O‘zbek adiblarining qator asarlari tadqiqida nazmiy
parchalar nasriy bayonda ifodalangan fikrni xulosalash, yakunlashda,
20
shuningdek, muallifning asarlaridagi g‘oyaviy niyatini yanada bo‘rttirib,
emotsional ta’sirchanlikni, badiiy ta’sirni yanada oshirib berish uchun ham
xizmat qiladi. Ba’zan Ulvi xonim bildirilayotgan fikrlarning davomi
chuqur umumlashma va xulosalar sifatida beriladi. Ba’zan esa nazm
faktik material sifatida keltiriladi. Jahon adabiyotshunosligida Alisher
Navoiy ijodini o‘rganish qariyb olti yuz yillik tarixga ega bo‘lib, bu davr
mobaynida Sharq va G‘arb mamlakatlarida navoiyshunoslikka doir
ko‘plab asarlar yaratildi hamda ulug‘ shoir va mutafakkir ilmiy-ijodiy
merosining jahon madaniyati tarixidagi o‘rni baholandi. Navoiyning
adabiy merosi orasida turkiy g‘azallari va Majolis un-nafois” tazkirasi
ham jahon madaniyati va adabiyotining buyuk obidasi ekanligi ayon
haqiqat. Olima nigohida bu jihatlar sinchkovlik bilan o‘rganilgan.
Shuning uchun Navoiy ijodining jahon tamaddunidagi o‘rnini aniqlash,
shoir adabiy merosining xorijda o‘rganilishi, o‘zbek mumtoz adabiyotining
ahamiyatini keng targ‘ib qilish vazifasi, uni ozar shoirlari ijodiyotiga
ta’siri masalalarini yoritish masalasi Ozarbayjonda Almaz Ulvi nomi bilan
chambarchas bog‘liqdir.
Men haqiqiy do‘st, chin ma’nodagi olima, o‘zbek xalqining sevimli
insoni, hazrat Navoiyning muhibasi Almaz xonimni qutlug‘ 60-yoshlik
yubileylari bilan chin dildan qutlayman! Aziz Almaz opamizga sog‘lik,
ilmiy-ijodiy faoliyatlarida Allohimdan kuch-quvvat tilayman. Navoiy
boboning pok ruhi shod bo‘lib, uning asarlari tadqiqu tadbig‘i Almaz opa
hayotini yorituvchi nur bo‘lsin!
21
TADQIQOTLAR
TURKIY XALQLARNING MA’NAVIY KО‘PRIGI
(I BOKU QURULTOYINING 90 YILLIGI MUNOSABATI BILAN)
I Boku qurultoyi о‘tkazilgandan sо‘ng 1927-yil Qrimda, 1928-yil
Samarqandda, 1930-yil Olmaotadagi Imlo konferensiyasi, 1932-yildan
boshlab о‘tkazilgan Turk tili kongresslari, qolaversa, 1976-yil
Olmaotada, 1980-yil Toshkentda, 1980-yil Ashxabodda bо‘lib
о‘tgan Sovet Turkologlari kongresslari I Boku qurultoyi ta’sirida
bо‘lib о‘tgan desak mubolag‘a bо‘lmaydi.
1926-yil Bokuda о‘tkazilgan I Turkologlar qurultoyida
Abdurashid Abdujabborov (Markaziy О‘zbekiston ilmiy shо‘basining
raisi) rahbarligida Inamov (sotsiolog), Shokirjon Rahimiy (tilshunos),
Ashurali Zohiriy (tilshunos), Elbek (tilshunos), Ismoil Sadriy
(tilshunos) kabi olimlar Ozarbayjonga tashrif buyurishdi.
Qurultoyni tashkillashtirishda Xolid Said Xо‘jayevning
xizmatlarini alohida ta’kidlash lozimdir. Ayni paytda SH.Rahimiy,
I.Sadriy, Xolid Said Xо‘jayev kabi taniqli tilshunos olimlarning
muzokaralarda о‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishi qurultoyning
saviyasini yuksak darajada ekanligidan xabar beradi.
1926-yilda bо‘lib о‘tgan I Boku Turkologlar Qurultoyi adabiy-
madaniy xarakterda bо‘lsa-da, avvalo, bu о‘sha davrning bir siyosatidir.
Bu qurultoy о‘tkazilishining о‘z tarafdorlari va maqsadlari bor edi.
Tarafdorlar kim edi: SSSR imperiyasi va yangicha yо‘l bilan qadam
tashlayotgan Turk Xalqlari Birligi.
I Boku qurultoyi. Rus imperiyasining Stalin qilichi ostidagi siyosati
Turkiy xalqlar tarixidagi ulkan zarba, balki asrlar bо‘yi yoddan
chiqmaydigan ulkan fojeadir. О‘sha davr siyosati, sotsialistik realizm
g‘oyalari, reppressiya tarixini о‘rganish va oydinlashtirishda I Boku
qurultoyi materiallari muhim о‘rin tutadi.
Sobiq imperiya bu qurultoyning ahamiyatini , ya’ni uning turkiy tilli
sobiq sovet davlatlari ziyolilarining kimligini, ularning tafakkur kuchini
namoyish qiluvchi anjuman ekanligini anglagan holda buning uchun
jiddiy choralar kо‘rishi zarur edi. Stalinizm siyosati u yerda ham о‘z
kuchini kо‘rsatishi kerak edi. Shunga kо‘ra sobiq imperiya amaldorlari
anjumanni juda hushyorlik bilan kuzatishdi.
22
Boshqa tomondan Otaturkning yangi qurgan davlati 2 yoshli
Turkiya jumhuriyati turkiy tilli davlatlarda yagona til bо‘lishi
zarurligi haqilagi g‘oyalarni ilgari surmoqda edi.
Oxirgi ikki yil mobaynida I Turkologlar Qurultoyi haqida bir
nechta maqolalar yozildi. Demakki, turkologiyaning konsepsiyasi ham
о‘rtaga qо‘yildi. Ozarbayjonning barcha ziyolilari ham ushbu
qurultoyning tashkillashtirishda jonbozlik kо‘rsatishdi. Nihoyat
1926-yilning 26-fevralidan 6-martigacha Ozarbayjon poytaxti
Bokuda I Turkologlar Qurultoyi о‘z ishini boshladi.
Mazkur qurultoyda 131 nafar ishtirokchi qatnashdi, 9 kun davomida
17 uchrashuv bо‘lib о‘tdi. Turk dunyosining tili, tarixi, etnogenezisi,
etnografiyasi, adabiyot va madaniyatiga doir 38 ta ma’ruza tinglandi.
Qurultoy kunlarida turkiy tillarning 7 ta muhim muammosi
muhokama qilindi: 1. Alifbo masalasi. 2. Imlo-orfografiya muammolari. 3.
Terminlar masalasi. 4. О‘quv-metodika masalalari. 5. Qardosh tillarning
о‘zaro aloqalari va interferensiya muammolari. 6. Turkiy tillarning
adabiy tili muammolari va о‘rta turkiy masalasi. 7. Bobo til nazariyasi va
turkiy tillarning tarixi muammolari.
Qurultoy kunlarida Bakir Chо‘bonzoda bu ishlarning boshida turgan
muttasadilardan biri edi. Qurultoyga oid butun masalalar uning nazorati
ostida edi desak yanglishmagan bо‘lamiz.
Qurultoyga faxriy a’zo sifatida taklif etilgan mashhur turkolog Ali
Bey Husaynzoda, mashhur nazariyotchi olim N.Marr, sovet
ideologiyasining rahbarlaridan A.V. Lunacherskiy rayosat kengashi a’zosi
sifatida saylandi.
Qurultoyni Ismoil Gaspirali va V.V.Radlov sharafiga о‘tkazishga
qaror qilindi.
I Boku Turkologlar qurultoyida taniqli sharqshunos olimlar
F.Kо‘pruluzoda, A. Krimskiy, N. Poppenin, L. Ligetinin, N.Ashmarinin,
shuningdek, T.Menzelin (olmon), V.Radeboldin (olmon), Y.Messaroshin
(venger), I.Umarov (qozoq), X.Oshayev(chechen), Zifelt-Simumyaqinin
(eston), M.Pavlovich (yahudiy), M.Petrov (chuvash), SH.Rahimiy
(о‘zbek), I.Sadriy (о‘zbek), Q.Qubaydullin va Q.Sadiniy (tatar), Xolid
Sayid Xо‘jayev (о‘zbek), E.Sanibayev (nо‘qay), B.Suliyev (qozoq),
SH.Manatov (boshqird), M.Nadimiy (qrim-tatari), N.Katanov (xakas),
D.Kо‘rkmazov (qо‘miq), X.Kosiyev (qalmiq), Z.Malsatov (ingush),
V.Tomashevskiy (rus)larning ishtirok etishi qurultoyning saviyasi va
jо‘g‘rofiyasining naqadar keng ekanligidan darak berib turibdi.
23
*****
1926-yilgi qurultoyda buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 500
yilligini keng miqyosda, tantanali ravishda nishonlash uchun 10 kishilik
komissiya tashkil etildi. 1926-yil 26-fevral, ya’ni kongressning birinchi
kunida birinchi muzokaradan sо‘ng qurultoy ishtirokchilari Alisher
Navoiy - 500” yubiley kechasida ishtirok etdilar. Tabiiyki, bunga qadar bu
tadbirning qurultoy arafasida о‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Bu tadbirga
tashkilotchilar tomonidan keng tayyorgarlik ishlari olib borildi. Navoiyga
oid 3 kitob (Alisher Navoiy. Vaqfiya”, Alisher Navoiy. Munshaot”,
Mir Alisher Navoiy (maqolalar tо‘plami) ) va Husayn Boyqaroning
Devoni chop etildi.
1919-yildan о‘z faoliyatini boshlagan Kommunist gazetasida
taniqli adabiyotshunos olimlar Ismoil Hikmat, Ali Nazim, Mirza
Muhsinlarning imzosi bilan ketma-ket maqolalar e’lon qilinib borildi.
Mazkur gazetaning 1926-yil 4-mart sonida B.Chо‘bonzodaning Navoiy
-tilshunos maqolasi e’lon qilindi. Umuman olganda,
B.Chо‘bonzodaning Navoiy haqidagi ikki maqolasi bor: Navoiyning
tili va tilshunosligi haqida va Navoiy - tilshunos”. Shuningdek,
Navoiy xotirasiga bag‘ishlangan 3 ta kitobning e’lon qilinishi tahsinga
sazovordir.
B.Chо‘bonzodaning Kommunistgazetasida chop etilgan maqolasi
Navoiy haqidagi maqolalar tо‘plamida ham e’lon qilingan. Navoiy -
tilshunos maqolasida nima haqida bahs boradi? Bu yerda muallif
Navoiyni bir tilshunos sifatida tadqiq etadi. Muallifning ta’kidlashicha:
Shahar tili bо‘lmagan turkiy til adabiy til bо‘la olmaydi, degan fikr
hukmron bо‘lgan bir davrda Alisher Navoiy tili adabiy til emas, balki xalq
tilidirdegan fikrga Ismail Hikmet qarshi chiqadi.
Turk dunyosining buyuk tilshunos va adabiyotshunos olimi Bakir
Chо‘bonzoda Navoiyning klassik turk dunyosi tarixida turkiy tilning
asoschisi ekanligini e’tirof etishi muhim ahamiyatga egadir. Fors tili
hukmron bо‘lgan bir vaqtda Navoiyning Xamsa dostonini turkiy tilda
yaratilishi buyuk hodisadir. Fikrimizning isboti uchun B.Chо‘bonzodaning
maqolasidan kо‘chirma keltiramiz: Turkiy tilni tо‘rt buyuk shaxs himoya
qildiki, bularning birinchisi, “Devoni lug‘otit-turkasari muallifi Mahmud
Qoshg‘ariy, ikkinchisi “G‘aribnoma muallifi Shayx Oshiq Posho,
uchinchisi Navoiy va tо‘rtinchisi Masira ul-ulum muallifi Barg‘amali
Qodiriydir. Bulardan Alisher Navoiy turk dunyosining О‘rta Osiyodagi
ulkan vakili, olim, faylasuf shoirlaridan biridir”. B.Chо‘bonzodaning qayd
etishicha: XI asrda Mahmud Qoshg‘ariy shaharda forscha, ovullarda esa
turkcha iste’molda ekanligini aytib о‘tadi. Mir Alisher Navoiyning
24
sо‘zlaridan 3,4 asr ichida vaziyat о‘zgarganligi anglash mumkin”.
M.Qoshg‘ariydan sо‘ng Nizomiy va Nasimiy davrlarida fors tili hukmron
edi. B.Chо‘bonzodaning bu maqolasining har jumlasida turkiy tillar
tarixining xronologiyasini kо‘rishimiz mumkin va buning Navoiy merosi
kontekstida aks etishi ulkan xarakter kasb etadi. Turk aristokratiyasining,
saroy ahlining xorijiy tillarni bilishi О‘rxon kitoblarida ham aks ettirilgan.
Shu bilan yolg‘iz boylar va zodagonlarning emas, balki butun shahar
ahlining forsgacha rag‘bati borligini Navoiy ham ta’kidlab о‘tadi”.
Navoiyning adabiy tilga oid butun fikr va tushunchalarini diqqat bilan
о‘rgangan B.CHо‘bonzoda Navoiyning tilga oid satrlarida ikki turli bahs
bordirdeydi va fikrining yakunida yozadi: “Qur’on tili arabcha samoviy
bir til sifatida oladigan bо‘lsak, yerda qolgan uch til sart (fors), turk va
hind tillari”.
Tilshunos olim hind tiliga oid fiklarini fors va turk tillarining
solishtirish orqali bildirib о‘tadi. B.Chо‘bonzoda yozadiki, Navoiyning
fikricha, sart (fors) turkchadan ilm olmoqdan barobar, turk sartdan kо‘ra
kо‘proq tushunarlidir. Navoiyning devondagi tili kitoblarda qayd qilingan
turkiy shoirlar, adib va faylasuflarning emas, balki xalq tilidir”. Ma’lumki,
Navoiy mashhur Muhokamat - ul-lug‘otayn asarida ikki til, ya’ni fors
va turkiy tillarni qiyosan о‘rganadi.
Navoiyning о‘zi yozganlari va boshqa manbalarda keltirilishicha,
Navoiyning chig‘atoy (о‘zbek) adabiy tilini keng targ‘ib va himoya etish
yо‘lidagi ishlarida uning bolalik dо‘sti va hukmdor Husayn Boyqaroning
xizmatlari beqiyosdir. U har doim Navoiyni qо‘llab-quvvatladi. Har kim
Navoiy turkchasida yozmog‘i lozim”, - deydi H.Boyqaro. Uning
yuqoridagi hayajon tо‘la sо‘zlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Navoiyning tii va tilshunosligi nomli maqolasida olim avvalgi
Navoiy - tilshunos maqolasidagi muammolarni tadqiq etishda davom
etadi. Navoiy davrining adabiy tili, Navoiyning tarix oldidagi buyuk
xizmatlarini yana bir bor e’tirof etadi. Maqola avvalida qayd etadiki,
Navoiyning yubileyi munosabati bilan qardosh Ozarbayjon tuprog‘ida
Navoiy kitoblarining chop etilishi ramziy xarakter kasb etadi.
Shuningdek, maqola muallifi О‘zbekistonda Navoiy kulliyotining nashr
etilajigini yozadi.
Tabiiyki, bu nashrlar I Turkologlar qurultoyi arafasida turk dunyosi
ziyolilarining bir joyda tо‘planishi natijasi о‘laroq B.Chо‘bonzodaning
aytganidek, muhim ramziy ma’no kasb etadi.
25
II Turkologiya qurultoyi 1927-yilda Qrimda, III Qurultoy 1928-
yilda Samarqandda bо‘lib о‘tishi haqidagi qarorlar uchun bu
hodisalar bir ramziy ma’no kasb etishini alohida qayd etmoq lozim.
Ammo na II va na III qurultoy bо‘lmadi (yuqoridagi epigrafda
kо‘rsatganimizdek, sо‘nggi yillarda qurultoy emas konferensiya shaklida
qayd etildi).
Chunki orada turk dunyosining millat ziyolilari qatag‘on etildi,
otildi, qiynoq va azoblarga duchor qilindi, Sibirga surgun qilindi, ammo
ularning taraqqiyparvar g‘oyalari mana oradan 90 yil о‘tgan bо‘lsa-da,
о‘zining dolzarbligini yо‘qotgani yо‘q.
26
AMIR ALISHER NAVOIY VA OZARBAYJON
Alisher Navoiyning adabiy merosi azaldan Ozarbayjon adabiyoti va
adabiyotshunosligida alohida о‘rin tutib kelganki, atoqli ozar shoiri Samad
Vurg‘un ikki ulug‘ mutafakkir Nizomiy va Navoiy yubileylarini о‘tkazish
qо‘mitasi yig‘ilishida (1940-yil 3-dekabr) har ikki allomaning yubiley
tantanalariga tayyorgarlik о‘tkazish va uni yuqori saviyada о‘tkazish
lozimligi haqida sо‘z yuritib shunday degan edi: “Men va mening yaqinlarim
ancha paytgacha Navoiyning о‘zbek shoiri ekanligini bilmasdik. Chunki har
yerda uni Ozarbayjon shoiri deb bilgan. Ozarlar uni о‘z shoiri deb hisoblab
kelgan. Hazrat Navoiy Sharq adabiyotida fors tilining hukmronligi davrida
turkiy tilda gо‘zal asarlar bitib turkiy xalqlar adabiyoti rivojiga buyuk hissa
qо‘shdi. Navoiy dahosi, Navoiy siymosini biron bir mezon yoki meyor bilan
о‘lchab ‘lmaydi. Navoiy betakror asarlar yaratishi bilan birga buyuk bir
adabiy tilga asos soldi. U nafaqat ulkan ijodkor, balki tilshunos,
adabiyotshunos, tarixchi sifatida ham bu sohalar rivojiga ulkan hissa qо‘shdi.
Uning kо‘p qirrali iste’dod sohibi ekanligiga hech bir kimsa shubha
qilmaydi. Men Navoiynig azim bir daryoga qiyoslayman. Bizning ba’zi
olimlarimiz bu daryoda yog‘och qayiqlarda suzmoqchi bо‘ladilar. Mening
nazdimda, bu daryoda faqat zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida bunyod
etilgan mustahkam kema bilangina suzish mumkin. Navoiy chin ma’noda
Nizomiy ijodiy an’analarini rivojlantirgan, uning panjasiga panja urgan
mutafakkirdir(2,46).
Bir muddat о‘tgach yubiley tadbirlaridan sо‘ng bо‘lib о‘tgan yig‘ilishda
Samad Varg‘un shunday degan edi: Alisher Navoiyning asarlari bizning
xalqimizga azaldan ma’lumdir. Yaqinda Navoiyning Farhod va Shirin
dostoni ozar tiliga tо‘liq tarjima qilindi. Sо‘ng biz uning Lirika devonini
tayyorladik. Jurnal va gazetalarimizda tez sur’atda Navoiy haqida maqolalar
e’lon qilindi. Yubiley uchun Navoiy haqida yaxshi bir kitob tayyorladik.
Men uning Layli va Majnun dostonini tarjima etish lozim degan
fikrdaman. Sharqda uch Layli va Majnun dostoni mavjud. Ulardan
birinchisini Nizomiy, ikkinchisini Navoiy, uchinchisini Fuzuliy yaratgandir.
Bizda, ozarbayjon tilida Nizomiy va Fuzuliyning Layli va Majnundostoni
bor. Agar Navoiyning Layli va Majnunini tarjima etsak maqsadga muvofiq
bо‘lar edi” (2,47).
Taniqli adabiyotshunos olimlarimizdan Faridunbey Kо‘charli, akademik
Hamid Arasli, professorlar Panoh Xalilov, Jannat Nag‘iyeva, Xalil Rza
Uluturk, Komil Vali Narimonо‘g‘li, Ramiz Asqar, Tarlon Quliyev va
boshqalar Alisher Navoiy adabiy merosini tarjima va tadqiq etib Ozarbayjon
27
adabiyoti va adabiyotshunosligida yangicha bir sahifa ochdilar. Aytish
mumkinki, Ozarbayjon adabiyotshunosligida navoiyshunoslik sohasida bir
qator ishlar amalga oshirildiki, uning miqyosi katta hajmni tashkil etadi.
Agar XX asr adabiyot tarixini varaqlasak, bunga о‘zimiz ham guvoh
bо‘lamiz. Chunki, navoiyshunoslikka oid materiallar salmoqli.
Endi bu boradagi ba’zi bir ishlarga nazar tashlaylik.
1902-yildayoq Bog‘chasaroyda Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-
lug‘atayn» asari Ismoil Gaspiralining kirish maqolasi ila Ozarbayjon tilida
kitob holida chop etilgan (M.Nasafova).
Tarojumi ahvoli (mashohir) Alisher Navoiynomli maqola Dabiston
jurnalida, Tarojumi ahvoli Alisher Navoiy nomli yana bir keng hajmli
maqola esa Dirilik (Tiriklik) jurnalida e’lon qilindi. Hajman ancha
salmoqli sanalgan ushbu maqola mazmunan boy ilmiy va adabiy
ma’lumotlarni о‘z ichiga olgani bilan diqqatga sazovordir.
1912-yilda adabiyotshunos va pedagog Farhod Og‘azodaning Bokuda
nashr etilgan Adabiyot majmuasida, Dirilik(Tiriklik) jurnali va boshqa
matbuot nashrlarida Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida
keng qamrovli maqolalar chop etilgan, Salmon Mumtozning Navoiyning
adabiyotimizga ta’siri maqolasi Kommunist gazetasida e’lon qilingan.
S.Mumtozning ushbu maqolasidagi ba’zi jihatlarga nazar solaylik . U yozadi:
Turkiy xalklar adabiyotida tо‘rt buyuk siymo borki, ular haqida kichik-
kichik maqolalar emas, katta-katta kitoblar yozish ham ozlik qiladi. Chunki
ular bir mahallaning, bir shaharning yoki bir mamlakatning emas, balki butun
Turk dunyosining faxr-u iftixoridir. Ular erishgan sharafga hali boshqa
shoirlar erishgan emas. Ta’bir joiz bо‘lsa aytish kerakki, bu tо‘rt siymoning
nufuz va qudrati butun dunyo madaniyatiga ta’sir kо‘rsatdi desak xato
qilmagan bо‘lamiz. О‘zining fusunkor asarlari bilan hali bu buyuk insonlar
necha-necha avlodlarning qalbiga kirib boradilar. Yashab о‘tgan yillari va
tug‘ilgan joylari nuqtai nazaridan bu buyuk siymolarni tubanda keltirib
о‘tamiz:
1. Turkistonlik Xoja Ahad Yassaviy
2. Ozarbayjonlik Sayyid Imodiddin Nasimiy
3. Turkistonlik Nizomiddin Mir Alisher Navoiy
4. Ozarbayjonlik Mulla Muhammadbag‘ir Fuzuliy.
Yana bir olim Faridunbey Kо‘charli о‘zining Ozarbayjon adabiyoti
tarixi materiallarikitobini Alisher Navoiy haqidagi Alisher Navoiy Amir
Nizomiddinnomli maqolasi bilan boshlaydi. Alisher Navoiy turk adabiy tili
himoyasi yо‘lida kurashdi va unda g‘olib keldi. Turkiy tilda ham gо‘zal
asarlar yaratish mumkinligini amalda isbotladi. Maqolada olim ana shu
28
nuqtalarga alohida e’tibor qaratadi. U yozadi: Alisher Navoiy IX asrning
oxirlarida yetishib chiqqan chig‘atoy (о‘zbek) va ajam shuarosining eng
mashhurlaridandir. Bu shoir asli chig‘atoy turklaridan bо‘lsa-da, Ozarbayjon
shoirlari ichida katta hurmat va shuhrat qozongan. Darhaqiqat,
adabiyotimizda Navoiyning ta’siri juda katta bо‘lganligini ta’kidlash lozim..
Bunga sabab uning latif sо‘zlaridan tizilgan nafis ash’ori shirin va totli til
bilan bunyod etilganidir” (2,49).
Adabiyotshunos olim Ali Nozimiyning 1925-yilda Kommunist
gazetasida chop etilgan Alisher Navoiy va biz deb nomlangan maqolasi
shoirning 500 yillik yubileyiga tayyorgarlik uchun ilk qadam deyish
mumkin. Olim shunday yozadi: Navoiy tom ma’noda buyuk sо‘z
san’atkoridir. U nainki she’riyat, balki tabobat, tasviriy san’at, musiqa
ilmlaridan ham puxta xabardor bо‘lgan. О‘ttizga yaqin adabiy asar yaratgan
Navoiy kо‘plab kuylar bastalagan, bir qator suvratlar ishlagan. Navoiy buyuk
asarlar yaratish bilan birga bir qator rassom shogirdlar yetishtirgan va ularga
doimo g‘amxо‘rlik qilgan. Navoiy ulkan shoir va rassom bо‘lish barobarida
mujaddid, ya’ni yangilik yaratuvchisi hamdir. Uning yangilik yaratuvchiligi
nimalarda namoyon bо‘ladi? U na yangi bir adabiy maktab ochgan, na yangi
falsafasaga asos solgan, na yangicha shakl yaratgan. Uning yangiligi nimada,
bilasizmi? U turkiy tilda ijod qilgan. Bugungi kun nuqtai nazarida turkiy tilda
yozish juda jо‘n va oddiy hodisa bо‘lib kо‘rinishi mumkindir. Faqat XV asr
musulmon turk dunyosini tadqiq etgan mutaxassislar turk shoirlari ham bu
davrda forsiyda ijod qilganligini yaxshi biladilar. Navoiy ana shu
forsiygо‘ylikka qarshi isyon kо‘tardi. U turkiy adabiyot tarixida ilk bor turkiy
tilda gо‘zal asarlar yaratib о‘ziga xos inqilob yasadi. U Muhokamat ul-
lug‘atayn asarida turkiy tilning nafosat va fasohatda forsiydan kam
emasligini isbot etib berdi (2,50).
F.Kо‘pruluzoda, B.Chо‘banzoda, S.Mumtoz, I.Hikmat va boshqa taniqli
adabiyotshunoslarning Navoiy adabiy merosi, shaxsiyati haqida 1926-yilda
nashr ettirgan maqolalari juda katta ahamiyat kasb etadi. Ozarbayjon
adabiyoti jamiyati nashriyoti 1926-yilda Navoiy Mir Alisher Navoiy
nomli maqolalar tо‘plamini nashr etdi. Bu kitob shoir haqida Adabiyot
Jamiyatining ikkinchi ulkan ishidir. Kitobning muqaddimasida shunday
satrlar keltirilgan: XV asrdaki turkiy xalqlar adabiyotining eng buyuk
siymosi Navoiydir. Mazkur kitobdan о‘rin olgan ilmiy maqolalarda uning
shaxsiyati, adabiy faoliyati keng va atroflicha tadqiq etilgan (3,5).
Kitobdagi ilk maqola Ismoil Hikmatga tegishli. Muallif maqolasida
hayoti haqida keng ma’lumotlar berib, sо‘ngra uning tili va san’atkorlik
mahorati haqida gapirib chig‘atoy turkchasini jozibadorligi va boyligini
29
о‘zida mujassam etgan betakror san’at asarlari bilan Sharq madaniyatini
G‘arbga tanitdi deya uning buyuk xizmatlarini e’tirof etadi. Olim qayd
etadiki, Navoiyning Husayn Boyqaro tavsiyasi bilan yaratilgan
Muhokamat ul-lug‘atayn nomli asari fors tiliga qarshi turk tilining
ochiqdan-ochiq kurashini ifodalaydi. Bu bilan Navoiy butun turkiy dunyo
shoirlarini safarbarlikka chaqirdi. U turkiy tilning boyligi, kengqamrovligi,
ochiqligi, gо‘zalligi va jozibadorligini aniq misollar yordamida isbotlab berdi
va ijodkorlarni fors tilida emas, turkiy tilda asarlar yaratishga da’vat etdi.
Navoiyning о‘zi esa bu tilda yozgan turkiy shoirlarning eng buyuk siymosi
bо‘lib qoldi. Navoiy nafaqat turkiy, balki forsiy tilni ham yuksak darajada,
о‘z ona tili qadar bilardi. Dastlab bu tilda u eng yuksak asarlar bitdi, gо‘zal
qasidalar, betakror masnaviylar, ajoyib g‘azallar bitdi. Navoiy bu tilda ham
ijod etib о‘zining yuksak san’atkorligini, keng iste’dod egasi ekanligini isbot
etdi. Keyinchalik, u turkiy tilda gо‘zal va betakror asarlarini bitib, turkiy
xalqlar tili va adabiyoti tarixida buyuk ishni, vazifani amalga oshirdi. Bu esa
adabiyot va madaniyat tarixidagi muhim va favqulodda hodisalardan
bо‘ldi”. Shuningdek, maqolada Navoiyning musiqashunoslik va rassomlik
iste’dodi haqida ham fikr yuritilgan.
I.Hikmatning Navoiy va turk adabiyoti nomli biz yuqorida bahs
yuritgan maqolasi 1926-yilda Maorif ishchisida ham e’lon qilingan.
Tо‘plamdagi ikkinchi maqola Bakir CHо‘banzodaning Navoiy
tilshunos nomli tadqiqotidir. Bunda Navoiyning tilshunoslik borasidagi
faoliyati, ilmiy qarashlari bayon etilgan. Uning Shahar tili bо‘lmagan
turkiy til adabiy til bо‘la olmaydi, degan fikr hukmron bо‘lgan bir davrda
Alisher Navoiy tili adabiy til emas, balki xalq tilidir degan fikrga Ismail
Hikmet qarshi chiqadi.
Bakir Chо‘banzodaning Navoiy tilshunos maqolasi ayni paytda
Kommunistgazetasining 1926-yil 4-mart sonida e’lon qilingan.
Uchinchi maqola Mirza Muhsin Ibrohimiyning Fors adabiyotining
Alisher Navoiy ijodiga ta’siri” deb nomlangan. Kitobning birinchi sahifasida
Buyuk turk shoiri Navoiydeb yozilsa-da, ichidagi tadqiqotlarni о‘qigandan
sо‘ng kishida Navoiy shoirlikdanda ziyodroq tilshunos hamdirdegan fikr
uyg‘onadi.
Yangi yо‘l” (1926yil 4-mart) jurnalida chop etilgan Amir Alisher
Navoiymaqolasi ham о‘quvchiga Navoiy shaxsi, uning boy ma’naviy
merosi haqida atroflicha tushuncha beradi. Maqoladagi mana bu faktga
e’tibor qarataylik: “Amir Alisher Navoiyning chig‘atoy (о‘zbek) adabiyotida
oldidagi xizmatlari beqiyosdir. Firdavsiy fors adabiyoti uchun yangi
30
yо‘llarni kashf qilgan bо‘lsa, Amir Alisher Navoiy ham chig‘atoy (о‘zbek)
adabiyotida ham ana shunday yо‘llarni ochdi”(3).
Shoirning о‘sha yili Munshaot”(5) va Vaqfiya”(6) asarlari ilk marta
ozarbayjon tilida nashrdan chiqdi.
Aytish joizki, 1926-yilda Sulton Husayn Boyqaroning Devoni ham
Bokuda ozarbayjon tilida dunyo yuzini kо‘rdi. Kitobga Ismoil Hikmat va
Bakir Chо‘banzodaning Husayn Boyqaro: hayoti va ijodi va Husayn
Boyqaro Devoni nomli maqolalari ham kiritilgan.
1940-1948-yillar oralig‘ida shoir tavalludining 500 yilligi munosabati
bilan Navoiy haqida ‘plab yangi tadqiqotlar dunyoga keldi, maqolalar
yozildi, kitoblar nashr etildi. Bu yillarda akademik Hamid Arasli amalga
oshirgan beqiyos ishlarni esga olmaslik mumkin emas. H.Arasli Alisher
Navoiy va uning adabiy merosi” (8) nomli maqolasida yozadi:Navoiyning
adabiy merosi buyuk turkiy dunyo adabiyotiga katta ta’sir kо‘rsatdi.
Ozarbayjon tilida yozilgan darsliklarda Navoiy she’rlaridan namunalar
keltirilib, tarjimai holiga oid ma’lumotlar berilganligiga guvoh bо‘lganmiz.
Uning nomi ilk bor Ozarbayjon adabiyoti tarixi bо‘yicha yetuk olim Faridun
Kо‘charlining asarlarida Fuzuliy bilan birgalikda tilga olingan.
Faridun Kо‘charli uning Ozarbayjon adabiyotiga bо‘lgan ta’sirini
nazarga tutib, uning ijodi haqida keng ma’lumotlar keltirib о‘tadi. A.Navoiy
asarlari qayta-qayta nashr etildi. Hali XX asr shoirlaridan Jannat, sо‘ngra
Ibrohim Tohir shoirning asarlarini tarjima etishda muayyan hissalarini
qо‘shganlar”(6).
Hamid Araslining Nizomiy va Navoiy”, Navoiy va Ozarbayjon
adabiyoti”, Alisher Navoiy”, Alisher Navoiy va uning adabiy merosi”,
Navoiy va Fuzuliy”, Buyuk shoir singari maqolalari Navoiy ijodiy
merosini Ozarbayjon adabiyotshunosligida о‘rganishda qimmatli manba
bо‘lib kelmoqda.
Olim Navoiy ijodiga yuksak baho berar ekan, shunday yozadi:Alisher
Navoiy asarlari Ozarbayjonda XV asrdan boshlab mehr va muhabbat bilan
о‘qib kelinmokda. Asrlar davomida xalqimiz Navoiyni о‘z shoirlari qatorida
kо‘rib keladi. U bilan zamondosh Kishvariy, Xulqiy singari ozar shoirlari
Navoiyning ta’siri ostida kamol topganlar. Buyuk Fuzuliy ham о‘z Layli va
Majnun asarining muqaddimasida uning nomini Nizomiy va Abu Nuvos
singari Sharqning buyuk shoirlari qatorida zikr etadi. Mirzo Fatali Oxundov
ham о‘z maqolalarida Navoiyni oqil va dono davlat arbobi sifatida e’tirof
etadi” (7).
Muhammad Orifning Alisher Navoiy buyuk о‘zbek shoiri
maqolasida mana bu fikrlarga duch kelamiz: Navoiy buyuk bir shoir edi.
31
Adabiyotning san’atning har bir sohasida о‘z iste’dodini namoyon etdi. U
yaxshi me’mor hamdir. Shuningdek, Navoiy iste’dodli rassom va
musiqashunosdir. Umuman olganda, Alisher Navoiy buyuk vatanparvar va
insonparvar edi” (2,53).
Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalari borasida dissertatsiya yoqlagan
G‘ulomhusayn Aliyevning Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalaridan”,
Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalariga doir maqolalari ham yirik
tadqiqotlar sirasiga kiradi.
1947-yilda Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyordostonidagi ikki hikoya,
1948-yilda esa Farhod va Shirin dostoni ozarbayjon tilida nashrdan
chiqadi. Farhod va Shirin dostonini M.Rahim, M.Dilboziy, N.Rafibeyli,
A.Ziyotoy va A.Vohidlar tarjima qilishgan. Bu nashrga akademik Hamid
Arasli tomonidan yozilgan Farhod va Shirin nomli sо‘zboshida asar
mavzusi, uning falsafiy va badiiy ahamiyati xususida batafsil fikr yuritilgan.
Bu asar 1968-yilda shu variant asosida qayta nashr etildi. Bu kitobga ham
Hamid Arasli sо‘zboshi yozgan. Sharhlar va tahrir ham ushbu olimga
tegishlidir.
1979-yilda Alikbar Ziyotoy mazkur asarni asliyatdan, ya’ni о‘zbek
tilidan tarjima qiladi va Yozuvchinashriyotida nashr etiladi.
1975-yilda mutafakkir shoirning “She’rlar kitobi Bokuda Ganchlik
(Yoshlar) nashriyotida nashr etiladi. 96 sahifalik bu nafis kitobda shoirning
g‘azal, muxammas, ruboiy, qit’a va boshqa lirik asarlari kiritilgan. Kitobda
Xalq shoiri Sulaymon Rustam tilimizga о‘girgan Alisher Navoiy nomli
muqaddima ham о‘rin olgan.
2004-yilda Alisher Navoiyning Tanlangan asarlari 1968 va 1979-
yillardagi nashrlar asosida takroran 25 ming nusxada chop etildi.
Adabiyotshunosligimizning bu sahifasini varaqlaganimizda, akademik
Hamid Araslining Alisher Navoiy adabiy merosini mukammal tadqiq etgan,
о‘rgangan buyuk olimlardan biri ekanligiga amin bо‘lamiz. Olim Navoiy va
Fuzuliynomli tadqiqotida bu ikki qudratli san’atkorning yaratgan asarlarini
qiyoslash orqali Fuzuliy ijodiga Navoiyning, Navoiy ijodining esa
Ozarbayjon adabiyotiga ta’siri masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda mana bu
fikrlarni о‘qiymiz: “Buyuk shoir Fuzuliyning uch tilda ozarbayjon, fors va
arab tillarida she’rlar yozishi uning Sharq xalqlari orasida unga katta
imkonlar ochdi. Ustozi Navoiyning ham Sharq dunyosida shuhrat
qozonishining sababi ham shudir. Alisher Navoiy о‘zbek adabiy tilining
asoschisi bо‘lsa, Fuzuliy esa ozarbayjon adabiy tilining yaratuvchisidir” (9).
Maqolada har ikki buyuk mutafakirning asarlari chuqur tahlil etilgan.
32
Akademik Hamid Araslining biz yuqorida tilga olgan tadqiqotida
Ozarbayjon-о‘zbek adabiyotining bir-biriga ta’siri haqida tо‘xtalar ekan,
ozarbayjon va о‘zbek xalqlari orasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy
aloqalar uzoq va boy tarixga ega. Bugungi kunda tobora gullab-
yashnayotgan Ozarbayjon va о‘zbek adabiy aloqalari taraqqiyotida buyuk
о‘zbek shoiri Alisher Navoiy va yetuk san’atkor Muhammad Fuzuliy ijodi
muhim о‘rin tutadi. Buyuk shoir Nizomiyning Xamsasiga о‘zbek tilida
javob yozgan va uni о‘zining ustozi deb bilgan. Alisher Navoiy turk xalqlari
adabiyotini о‘rta asrlarda taraqqiyotida munosib hissasini qо‘shdi. Uni
hamma janrlarda mukammal asarlar bitgan yetuk san’atkor sifatida e’tirof
etish mumkin.
Haqiqatan, Navoiydan avval va Navoiy davrida о‘zbek tilida bir qator
iste’dodli san’atkorlar ijod qilgan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy,
Xorazmiy, Qutb, Sayfi Saroiy, Lutfiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Gadoiy,
Atoiy, Sakkokiy kabi san’atkorlar lirik asarlari bilan shuhrat qozondi. Lekin
Navoiyning Xazoyin ul-maoniynomli tо‘rt qismdan iborat devoni boshqa
asarlaridan ham kо‘ra turkiy xalqlar adabiyotiga katta ta’sir kо‘rsatdi” (9).
Bu Fuzuliyning Navoiy ijodiga, xususan uning Devoniga yuksak bahosi va
undan ta’sirlanishi faktining о‘ziyoq fikrlarimizni asoslashga xizmat qiladi.
О‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, professor Laziz Qayumov
akademik Hamid Araslining navoiyshunoslik sohasidagi xizmatlarini e’tirof
etib, shunday yozgan edi: “Iste’dodli Ozarbayjon olimlari orasida taniqlililar
kо‘p. Ulardan biri ham ozarbayjon, ham о‘zbek adabiyotining chuqur
bilimdoni bо‘lgan Hamid Araslidir. Navoiyshunoslarning har yil bо‘ladigan
an’anaviy anjuanlarida uning ma’ruzalari madaniyat va ilm-fan taraqqiyotida
muhim о‘rin tutadi. Olimning ilmiy rahbarligi ostida bir qator shogirdlari
nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Hamid Arasli har
doim shogirdlariga о‘z kо‘magi va maslahatlarini ayamaydi. Uning kо‘p
unvonlari yonida О‘zbekistonning Xizmat kо‘rsatgan fan arbobi nomli
mukofot uning xizmatlariga berilgan yuksak bahodir” (10).
О‘zbek shoiri Komil Yashinning fikricha, XIV-XV asrlarda yashab ijod
etgan о‘zbek shoirlari Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy ijodida Nizomiy Ganjaviyning
ta’siri kо‘p. Yana bir о‘zbek mutaffakkir shoiri Alisher Navoiyning ijodida
Nizomiyning ta’sirini inkor etib bо‘lmaydi. Navoiy Xamsasi о‘zidan avval
yaratilgan asarlarning eng yuksak namunasidir. Bu asar, haqli ravishda,
о‘zbek xalqining madaniyati va adabiyotini yangi bir bosqichga olib chiqdi.
Alisher Navoiyning adabiy merosi Ozarbayjonda qanchalik nashr etilib,
sevib о‘qilsa, Fuzuliy ijodi ham О‘zbekistonda shunday e’zozlanadi.
Ozarbayjonlik M.Fuzuliy, Q.Zokir, F.Kamina, M.Vidadiy, S.Shirvoniy,
33
M.Sobir kabi iste’dodli ijodkorlar Alisher Navoiyni hamisha bir ma’bud
sifatida e’tirof etib kelgan.
1980-yilda О‘zbekistonda Ozarbayjon adabiyoti va san’ati kunlari
arafasida Bokuda о‘tkazilgan Navoiy va Fuzuliy” she’riyat kechasi adabiyot
ixlosmandlari uchun katta bayramga aylanib ketgan edi. Kechada ‘zga
chiqqanlar shoirlar, yozuvchilar, olimlar Navoiy va Fuzuliy she’riyatining
betakrorligi, jozibadorligi haqida sо‘z yuritishdi. Shuningdek, bu ikki ulug‘
san’atkor ozarbayjon va о‘zbek adabiyoti о‘rtasidagi adabiy aloqalar tarixida
о‘ziga xos kо‘prik ‘lganligi e’tirof etib о‘tildi. Shoir Aliakbar
Ziyotayinning shu kechadagi qaydlaridan bir parcha keltirishni о‘rinli deb
bildik: “Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi arafasida uning Farhod va
Shirindostoni tarjima etilgan edi. Biz bu dostonni rus tilidagi tarjimasida
о‘qir edik. Men bu tarjima bilan bir qatorda Navoiy dostonining о‘zbekcha
variantiga ham murojaat etdim. Shunda Fuzuliy asarlari tili bilan uning tili
о‘rtasida yaqinlik borligiga shohid ‘ldim. Navoiy ijodidan ayrim
namunalarni о‘zbek tilidan о‘z ona tilimizga о‘girdim. Keyinchalik buyuk
shoirning “Sab’ai sayyordostonini tarjima etish menga nasib etdi” (2,57).
Bu fikr hozir ham о‘z dolzarb ahamiyatini yо‘qotgan emas. Alisher
Navoiy buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyni о‘zining sevimli
ustozlaridan biri sifatida e’tirof etgan. Fuzuliy esa Navoiyga о‘zini bir
shogird sifatida bilgan.
Professor P.Xalilov 1977-yilda nashr etilgan SSSR xalqlar
adabiyotida buyuk о‘zbek shoiri Alisher Navoiy ijodi haqida kengroq
tо‘xtaladi. U buyuk shoirning hayoti haqida ma’lumotlar berib, ayrim
asarlarini tahlil qiladi (11).
Alisher Navoiyning hayot va faoliyatining, adabiy va ilmiy merosining
Ozarbayjonda о‘rganilishi haqida gap borar ekan, filologiya fanlari doktori,
professor Jannat Nag‘iyevaning xizmatlarini e’tirof etmay bо‘lmaydi.
Olimning Navoiy ijodi haqidagi bir qator tadqiqotlari navoiyshunoslik
sohasining alohida sahifasini tashkil etadi. Ma’lumki, Navoiy о‘z
zamonasida boy kutubxona barpo etgan. Bu kutubxonadan Ozarbayjon
klassik ijodkorlarining ham asarlari о‘rin olgan. Jannat Nag‘iyeva
Klassiklarimizning asarlari Navoiy kutubxonasida nomli ilmiy tadqiqotida
bu haqida kengroq tо‘xtalib о‘tadi:Navoiy bosh vazirligi davrida buyuk bir
kutubxona barpo etdi va unda dunyoning eng nodir asarlarini tо‘pladi.
Ozarbayjon klassiklaridan Xoqoniy, Nizomiy, Nasimiy kabi dunyoga
mashhur ijodkorlarning asarlari maxsus xattotlarga kо‘chirtirilib kutubxona
fondiga topshirilgan. Nizomiyning bizgacha yetib kelgan Xamsasining eng
qadimiy va mukammal nusxasi ham ushbu kutubxonadan joy olgan.
34
Sharqning eng mohir xattot va miniatyurachi rassomlarini saroyga da’vat
etgan Navoiy gо‘zal va nodir qо‘lyozma nusxalarni о‘z kutubxonasiga
jamlashga erishgan. Bu nodir qо‘lyozma asarlar ichida eng qimmatlisi
Nizomiy asarlaridirki, bu Navoiyning Nizomiy ijodiga bо‘lgan cheksiz
muhabbati va ehtiromi natijasi desak xato qilmagan bо‘lamiz” (12).
Navoiy butun ijodi davomida Nizomiy asarlariga murojaat qildi, undan
ta’sirlandi. Nizomiy adabiy merosi О‘zbekistonda Navoiy davriga qadar ham
keng о‘rganilgan va sevib о‘qilgan.
Ozarbayjon klassiklarining qо‘lyozma holida О‘rta Osiyoning
hukmdorlari saroyida, kutubxonalarida saqlanishi, takror kо‘chirilishi bir
narsadan darak beradiki, adabiy aloqalarimizning tarixi uzoq davrlarga borib
taqaladi. Sо‘z qadar qadim tarixga ega bо‘lgan bu aloqalarning
adabiyotimizning taraqqiyotida ta’siri juda kattadir” (2,59).
Jannat Nag‘iyevaning bu mavzuni chuqur bilishining sababi, uning
1986-yilda Navoiy va Ozarbayjon adabiyoti. XV-XIX asrlar mavzusida
filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi
ustida olib borgan izlanishlari natijasidandir. Olimaning 1986-yilda rus tilida
Ilm nashriyoti tomonidan nashr etilgan Alisher Navoiyning Boku
qо‘lyozmalari monografiyasi ham ilmiy, ham adabiy aloqalar nuqtai
nazaridan alohida ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Kitobda Navoiy
adabiy merosining AMEA Qо‘lyozmalar Institutida saqlanayotgan
qо‘lyozmalari haqida keng ma’lumot beradi. Jannat Nag‘iyevaning ushbu
tadqiqoti Navoiy asarlarining Ozarbayjon adabiyotshunosligida о‘rganilishi
haqidagi eng qimmatli manbalardan biri desak adashmagan bо‘lamiz.
Tadqiqotchi Abulfaz Rahimov mazkur kitob haqida shunday yozadi:
J.Nag‘iyeva Navoiy devonlarining qо‘lyozma nusxalarini о‘rganish tarixi
haqida sо‘z yuritar ekan, kо‘pgina G‘arb va Sharq mualliflarining nomini
tilga oladi. Taniqli о‘zbek olimlari Porso Shamsiyev va Hamid
Sulaymonovlarning tadqiqotlariga yuksak baxo beradi. Ma’lumotlarga
kо‘ra, ‘lyozmalar institutida shoir devonlarining 17 nusxasi saqlanar ekan.
Bu qо‘lyozma nusxalarning kо‘pchiligi bir necha asrlar avval mohir xattotlar
tarafidan kо‘chirilgan. Bu qо‘lyozmalar muhim manba bо‘lishi bilan birga
xattotlik san’atining eng gо‘zal namunasi hamdir. Shu bois Navoiyning
Toshkentda Mukammal asarlar tо‘plamini tayyorlashda ushbu
qо‘lyozmalardan ham unumli foydalanilgan(2,60).
Bu boradagi yana bir masalaga tо‘xtalish lozim. О‘rta asr
Ozarbayjonning aksar shoir va olimlarining shaxsiy kutubxonalarida Navoiy
asarlarining qо‘lyozma nusxalari saqlangan. Bu fakt har davrda о‘z
dolzarbligini yо‘qotmay kelmoqda. Bular orasida Ardabildaki Shayx Safiy
35
maqbarasi qoshidagi kutubxonani, Tabriz Milliy kutubxonasini, shuningdek,
A.Bakixonov, M.Adigо‘zal bey, H.Yuzbashov, S.Mumtoz kabilarning
shaxsiy kutubxonalarini kо‘rsatib о‘tmoq joizdir. Bu kutubxonalarda
Alisher Navoiyning Devonining qо‘lyozma nusxalari о‘rin olganligini
alohida ta’kidlash lozim.
Bir fikrga diqqatni qaratishni xohlar edim. Qadim davrlarda davlatlar
о‘rtasida olib borilgan о‘zaro urushlar natijasida dunyoning eng nodir asarlari
saqlangan kutubxonalarning vayron etilishi, hattoki, yondirib yuborilishi
holatlari ham kuzatiladi. Bu, albatta, achinarli va afsuslanarli holdir. Agar
ana shu davrlarda kutubxonalardaki eng nodir qо‘lyozmalar saqlanganda, biz
bugun hozirgidan ham kо‘proq qimmatli manbalarga ega bо‘lgan bо‘lar
edik. Albatta, bular orasida Navoiyning eng nodir qо‘lyozma asarlari ham
bizgacha yetib kelgan bо‘lar edi.
Mashhur о‘zbek navoiyshunos olimi, Toshkentdagi Qо‘lyozmalar
Institutining direktori Hamid Sulaymonov Alisher Navoiy asarlari
qо‘lyozmalari ustida izlanishlar olib borish uchun 1950-yilning о‘rtalarida
Bokuga kelgan edi. Avval qayd etib о‘tganimizdek, Alisher Navoiy
asarlarining mukammal nashrini tayyorlashda Bokudagi qо‘lyozma
nusxalardan ham foydalanilgan. Chunki bu qо‘lyozmalar eng qadimiy
nusxalardandir. О‘z vaqtida urushlar natijasida yoki boshqa sabablar bilan
Navoiy asarlarining qо‘lyozma nusxalari yо‘qolgan, boshqa о‘lkalarga olib
ketilgan. Hozir ba’zi qо‘lyozmalar dunyoning eng mashhur kutubxonalari
fondida saqlanadi.
Hamid Sulaymonov Navoiy Devonining tanqidiy matnini tayyorladi.
Olima Jannat Nag‘iyeva bu ishda Hamid Sulaymonovga eng yaqin
kо‘makchi ‘lganligini e’tirof etmoq lozim. Olima Navoiy qо‘lyozma
nusxalarini fonddan qidirib topishda katta yordam berdi. Bu olimaning bir
jihatdan о‘z yurtiga mehmon bо‘lib turgan taniqli mehmonga hurmatini
ifodalasa, boshqa jihatdan uning Navoiyga bо‘lgan muhabbatining bir
namunasi deyish mumkin. Hamid Sulaymon Jannat Nag‘iyevaga Navoiy
asarlarining Boku qо‘lyozma nusxalaridan nomzodlik dissertatsiyasi
yozishni taklif etdi.
Keyinchalik Jannat Nag‘iyeva ilmiy faoliyati davomida Alisher Navoiy
ijodi bо‘yicha Navoiy ensiklopediyasi lug‘ati(mualliflardan biri, 1989),
Ozarbayjonda Navoiy (2001), Navoiyning Boku qо‘lyozmalari” (1986),
"Navai i Azerbaydjanskaya literatura. XV-XIX veka" (1990) kitoblarini chop
ettirdi. Uning faqat Alisher Navoiy ijodiga oid ozarbayjon, rus va о‘zbek
tillarida 60 dan ziyodroq ilmiy maqolalari turli kitob, jurnal, almanax va
gazetalarda e’lon qilindi. 1988-yilda Toshkentda Fan nashriyotida chop
36
etilgan Navoiy ensiklopediyasi lug‘atida tadqiqotchining 30 ga yaqin
maqolalari kiritilgan (2,82-88). Qolaversa, olima har yili fevral oyida
Toshkent, Samarqand, Xiva va boshqa shaharlarda Alisher Navoiy ijodi
bilan bog‘liq ilmiy anjumanlarda о‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Jannat
Nag‘iyeva har Toshkentga kelganida Toshkent davlat universitetida
talabalarga Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalariga mavzusida ma’ruzalar
о‘qidi. Qolaversa, shu universitet talabalari Bokuga tahsil uchun borganida
ham ayni mavzuda о‘z ilmiy ma’ruzlarini о‘qishdan о‘zgacha zavq olar edi.
Alisher Navoiy adabiy merosi, shaxsiyati ana necha asrlar о‘tyaptiki,
kо‘plab tadqiqotchilarning e’tiborini jalb etib keloqda. Uning ijodi haqida
kо‘plab tadqiqotlar yaratilmoqda, kitoblar chop etilmoqda.
Yana bir ozarbayjon olimi Tarlan Quliyev Alisher Navoiyning mashhur
Mezon ul-avzon (“Vaznlar о‘lchovi”) asarini ozarbayjon tiliga tarjima
qildi. U bu asarni о‘zbekchadan tilimizga о‘girarkan, matnga oid qaydlar,
sharhlarni ham keltirib о‘tadi. Amir Alisher Navoiy va uning Mezon ul-
avzonasari nomli kirish ‘zi bilan kitobni chop ettiradi.
Turkiy tilda aruzning nazariy muammolari ilk bor keng va atroflicha
Navoiyning mazkur asarida о‘z ifodasini topgan. Keyinchalik boshqa bir
о‘zbek shoiri va olimi Zahiriddin Muhammad Bobur aruz ilmini yanada
takomillashtirdi. Tarlan Quliyev aruzshunoslik ilmini taraqqiyot yо‘llarini
tadqiq etdi.
Xulosa qilib aytganda, adabiyotshunosligimizning Navoiy ijodi bilan
bog‘liq sahifasi hali bir necha tadqiqotlar, kitoblar bilan boyib boradi.
Navoiy ijodi hali kо‘p asrlar tadqiqotlar uchun mavzu bо‘la olishiga shak-
shubha yо‘q.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. A.Ülvi.Azərbaycan-özbək ədəbi əlaqələri (monoqrafiya).
Bakı, “Qartal”, 2008, 328 səh.
2. Əlişir vai Azərbaycan ədəbiyyatşünaslığında (məqalələr).
Tərtib edəni A.Ülvi. Bakı, “Qartal”, 2009, 360 səh.
3. Əlişir vai. Vəqfiyyə. Bakı, Azərbaycan Ədəbiyyatı -
miyyəti Nəşriyyatı, 1926, 55 səh.
4. Əlişir Nəvai. Münşəat. Bakı, Azərbaycan ədəbiyyatı miyyəti
nəşriyyatı, 1926, 52 səh.
5. Araslı mid. Azərbaycan ədəbiyyatı: tarixi və problemləri.
Bakı, Gənclik, 1998, 732 səh.
37
6. Araslı Həmid. Böyük Azərbaycan şairi Füzuli. Bakı, EA
nəşriyyatı, 1958. 312 səh.
7. Araslı Həmid. Nəvai və Füzuli // “Ədəbiyyat və incəsənət”, 30
may, 1980.
8. Kayumov Ləziz. Özbək ədəbiyyatı // “Ədəbiyyat və incəsənət”,
8 yanvar 1972.
9. Xəlilov Pənah. SSRİ xalqları ədəbiyyatı. İİ hissə. Bakı, Maarif,
1977, 360 səh.
10. Nağıyeva Cənnət. Klassiklərimizin əsərləri Nəvai kitab-
xanasında // “Ədəbiyyat və incəsənət”, 10 yanvar, 1976.
11. Ülvi, Almaz. Özbək ədəbiyyatı dəbi portret cizgiləri,
araşdırmalar, müsahilər). elmi redaktoru və ön söz müəllifi akademik İsa
Həbibbəyli. - Bakı, “Elm təhsil”, 2016, 316 h.
38
ALISHER NAVOIY ADABIY MEROSI OZARBAYJON
ADABIYOTI VA ADABIYOTSHUNOSLIGIDA
Buyuk о‘zbek shoiri, turk dunyosining iftixori, bashariyat dahosi
Alisher Navoiy shaxsiyati va adabiy, ilmiy merosi kо‘p asrlardan buyon
olimlar, tadqiqotchilarning asosiy mavzusi bо‘lib kelmoqda. Navoiy bir
ulkan maktab yaratganki, bu maktabdan Fuzuliydan boshlab, bugungi
kungacha barcha qalam ahli saboq olib kelmoqda. Ozarbayjon
adabiyotshunosligida Navoiy ijodiy merosini о‘rganish, umumiy ma’noda,
navoiyshunoslik alohida bir yо‘nalishni tashkil etadi. Bundan 93 yil avval
Bokuda bо‘lib о‘tgan Birinchi Turkologlar qurultoyida Alisher Navoiy
nomi e’tirof etilib, chop etilgan asarlari turk dunyosining taniqli
shaxslariga tuhfa etilgani, anjuman shо‘hbalaridan biri ulug‘ shoir nomi
bilan atalishi ham yuqoridagi fikrlarimizning isboti bо‘la oladi.
Ozarbayjonda Alisher Navoiy siymosi doim ulug‘lanib kelinadi. Alisher
Navoiy adabiy merosi Ozarbayjon adabiyoti va adabiyotshunosligida
nomli tadqiqotimizni quyidagicha tasnif asosida о‘rganishni ma’qul deb
bildik:
1. Alisher Navoiy ijodiga Ozarbayjon adabiyotining ta’siri;
2. Alisher Navoiy ijodining Ozarbayjon adabiyotiga ta’siri;
3. Ozarbayjon adabiyotshunosligida Alisher Navoiy ijodining
о‘rganilishi;
4. Ozarbayjon va о‘zbek tillarining о‘rganilishida hamda Turkiy
adabiy tilining tadqiqi tarixida Alisher Navoiy ijodining roli.
1. Alisher Navoiy ijodiga Ozarbayjon adabiyotining ta’siri.
Alisher Navoiy iste’dodining chegarasi bepoyondir. U buyuk bir daho,
siymodir.
Alisher Navoiy ijodiga Ozarbayjon adabiyotining ta’siri
tadqiqoti uchun hech bir manba, tadqiqotni izlashga ehtiyoj yо‘qdir.
Chunki shoir asarlarining kirish qismida uning о‘zi buyuk san’atkorlar,
ulug‘ insonlarga hurmatini namoyon etarkan, ulardan kо‘p ijod sirlarini
о‘rganganligi, о‘ziga ustoz deb bilishini e’tirof etib о‘tadi. Bu ma’noda
Alisher Navoiy va Ozarbayjon mavzusining tarixini tadqiq etsak,
asarlariga murojaat etsak maqsadga muvofiqdir.
Shu о‘rinda Navoiyning Majolis-un-nafois asariga nazar solsak.
Asar shunday matn bilan boshlanadi: Ul jumladin, soliki atvor va koshifi
asror, ya’ni: Hazrati Amir Qosim Anvor (quddisa sirruhu )dur. Har necha
alarning rutbasi shoirliq poyasidin yuqoriroqdur va valoyat ahli zumrasida
39
vasfdin tosh-qariroq, ammo chun haqoyiq va maorif adosida nazm libosi
dilpazirroq uchun iltifot qilur ekandurlar, tayammun jihatidan bu
muxtasarni alarnnng sharif ismlari bila ibtido qilildi. Mirning asli
Ozarbayjondindur va mavludi Sarob otlig‘ kentdindur. Yigitliklarida shayx
Sadriddin Ardabiliy (quddisa sirruhu)g‘a murid bо‘ldilar va sufiya odob va
tariyqin andin takmil qilib shayx ishorati bila Xurosong‘a keldilar va oz
vaqtda xaloyiq Mir xizmatig‘a firifta bо‘lub g‘avg‘o qila boshladilar.
Podshohi zamon Mirga ixroj hukmi qildi. Balx va Samarqand sari borib,
muddate bо‘lub, yana dor us-saltanat azimati qildilar, yana Chig‘atoy
mirzodalari, balki ulus ozadalari murid bо‘lnb, hujum qila boshladilar.
Ravishlari pok erdi va nafaslari otashnok. El bag‘oyat alar nazmlarig‘a
moyil va she’rlarin о‘qumoq va bitimakka rog‘ib bо‘ldilar. Bu faqir avval
nazmekim, о‘rganibmen, bu sо‘nggi matla’dur. Hamono uch yosh bila
tо‘rt yoshning orasida erdim, azizlar о‘qumoq taklifi qilib, ba’zi hayrat
izhor qilurlar erdi va masnaviylari hazrati mavlono Jaloliddin Rumiy
(quddisa sirruhu) masnaviylarining vaznidakim «ramali musaddas» derlar
voqe’ bо‘lubtur.1, 292 b.. (Navoiyning xotirlashicha, hali 3-4 yoshda
bо‘lganida saroy ahlining taklifi bilan Qosim Anvarning forscha bir
baytini yoddan aytib, majlis ahlining muhabbatini qozonadi).
Qosim Anvarning Majolis-un-nafoisdagi о‘rnini kо‘rsatishda о‘rta
asrda yashab ijod etgan Rusuhiy nomli shoirning bir baytini keltiramiz:
Kim o‘lub macmara gardoni Attor,
O‘lubdur sham’i majlisi Qosim Anvor.
Gulistoninda bulbuldir Xo‘jandiy,
U bog‘ning Sa’di bo‘ldi nahl-bandi.
Horiminda edar javlon Tusiy.
Kо‘rinib turibdiki, muallif bu yerda Mir Qosim Anvar Alisher
Navoiyning Majolis-un-nafoisining shami, yonar chirog‘i deb ta’rif
beradi. YA’niki, butun shoirlarni sham atrofida tо‘pladi. 770 sо‘fiy,
shayx va olimlar hayoti haqidagi Nasoyim-ul-muhabbatasarida ham Mir
Qosim Anvar nomini tilga olib о‘tadi. 713-shaxs sirasida esa alohida bir
hikoyat keltiradi. 2, s.464-465.
Alisher Navoiy bolaligidan mehr va ixlos qо‘ygan Qosim Anvarga
keyinchalik muhabbati tufayli Jom shahridagi qabri ustiga maqbara
bunyod ettiradi. Shoir Muhokamat-ul-lug‘atayn2, 506-533 b. asarida
shunday yozadi: “... Ul jumladin, biri «G‘aroyib us-sig‘ar» devonidurkim,
40
kichik yoshda taqririm guzorish va tahririmdin nigorish topibdurkim,
maoniy g‘urabosidin g‘arib alfoz libosig‘a kiyurupmen va xalq kо‘nglin
g‘aribiston ahli о‘ti bila kuydurupmen. Yana «Navodir ush-shabob»
devonidurki, yigitlik avoilida bayonim kilkidin namoyish devonig‘a va
oroyish bо‘stonig‘a kiribdurkim, ul navodir tamoshosidin yigitlik mulkida
g‘avg‘o solibmen va mulk yigitlari ‘nglidin orom va qarorni olibmen.
Yana «Badoye ul-vasat» devonidurkim, umr avositida xayolim xomasi
aning zebig‘a naqshbandlig‘ va ziynatig‘a sehrpayvandlig‘ qilibdurkim, ul
bade’lar vositasidin shaydo kо‘ngullar eshigin ishq toshi bila qoqibmen va
ul uyga fitna va ofat о‘tin yoqibmen. Yana «Favoid ul-kibar»
devonidurkim, hayot avoxirida taxayyulum xomasi ani rashki nigorxonai
Chin va g‘ayrati xuldibarin qilibdurkim, anda ulug‘larga foidalar zulolin
yetkurupmen va havaslari shu’lasiga nasoyih zulolidin suv urubmen. Bu
tо‘rt devon ovozasin chun rub’i maskunga yetkurupmen, «Xamsa»
panjasiga panja urupmen. Avvalkim, «Hayrat ulabror» bog‘ida tab’im
gullar ochibdur, Shayx Nizomiy ruhi «Maxzan ul-asror»idin boshimga
durlar sochibdur. Yana chun «Farhod va Shirin» shabistoniga xayolim yuz
tutubdur. Mir Xusravdami «Shirin va Xusrav» о‘tidin charog‘imni
yorutubdur. Yana chun «Layli va Majnun» vodisida ishqim pо‘ya urub,
Xoju himmati «Gavharnoma»sida nisorimga gavharlar yetkuruptur. Yana
chun «Sab’ai Sayyora» rasadin zamirim bog‘labdur, Ashraf «Haft
paykar»ining yetti hurvashin peshkashimga yarog‘labdur. Yana chun
«Saddi Iskandariy» asosin xotirim muhandisi solibdur, Hazrati Maxdum
«Xiradnoma»sidin kо‘si isloh va imdod cholibdur2, s. 520-521; 3, s.14.
Alisher Navoiy Nizomiy Ganjaviyning xamsachilik an’anasini davom
ettirib, arab va fors tilida emas, balki ilk bor turkiy tilda Xamsayaratdi.
Turkiy tilda ham Xamsa yaratish mumkinligini isbotlab, bu tilning
gо‘zal va boy ekanligini butun dunyoga kо‘rsatdi. Obrazlar, voqealar
rivoji bir xil bо‘lsa-da, Gavoiy о‘z dahosi orqali unga yanada joziba,
yangicha ruh va tarovat baxsh etdi. Yuqorida qayd etilganidek, shoirning
о‘zi Xamsasining ikki dostoni syujetini yaratishda Ozarbayjonning
buyuk klassiklaridan Nizomiy Ganjaviy va Ashraf Marag‘iy dostonlaridan
ilhomlanganligini aytib о‘tadi. Alisher Navoiy Xamsa dostonida buyuk
shoir Nizomiy Ganjaviy dahosiga о‘z hurmatini bajo keltiradi. Uning
iste’dodidan hayratlanganligini ta’kidlaydi. Farhod va Shirindostonidagi
mana bu satrlar ulug‘ ustoziga bо‘lgan cheksiz hurmat va e’tirof
namunasidir:
41
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq
Kerak sher olida ham sher janggi,
Agar sher о‘lmasa bori palangga. 4, s. 17.
Alisher Navoiy Nasoyim-ul-muhabbat asarida Ozarbayjonning
ulug‘ mutafakkiri Imomiddin Nasimiy haqida ham alohida tо‘xtalib о‘tadi:
Iroq va Rum tarafidag‘i mulkdin erkandur. Rumiy va turkmoniy til bila
nazm aytibdur va nazmida hakoyiq va maorif bag‘oyat kо‘p mundarijdur.
Mazkur ‘lg‘on mulk ahlig‘a aning she’ri muqobalasida hamonoki she’r
yо‘qdur. Hamono taqlid ahli ani mazhabida qusur tuhmatig‘a muttaham
qilib, shahid qildilar. Mashhur mundoqdurki, terisin ‘yar hukm
bо‘lubdur. Ul holatda bu she’rni debdurki:
Qibladur yuzung nigoro qoshlaring mehroblar,
Surating mushaf vale xolu xating e’roblar.
va bu she’rning taxallusi ushbu muddaog‘a doldurkim:
Ey, Nasimiy, chun muyassar bо‘ldi iqboli visol,
Qо‘y, teringni sо‘ysa sо‘ysun bu palid qassoblar. 2, s.486; 5, s. 204.
Imomiddin Nasimiy vafotidan 24 yil о‘tib Alisher Navoiy tavallud
topgan. Demakki, Imomiddin Nasimiyning hayotlik vaqtida yozgan
misralari Alisher Navoiyning asarida keltirilganki, buni ishonarli manba
deyish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, biz qisqa qaydlarda Alisher Navoiy ijodiga
Ozarbayjon adabiyotining ta’siri masalalarini yoritishga urindik.
Ta’kidlash joizki, Alisher Navoiy ijodiga Afzaliddin Xoqoniy, Nizomiy
Ganjaviy, Qosim Anvar, Imomiddin Nasimiy, Orif Ardabiliy, Ashraf
Marag‘iy kabi klassiklari adabiy merosining ta’siri masalalarini shoirning
о‘zi asarlaridan qayd etib о‘tganligini alohida ta’kidlash о‘rinlidir.
2. Alisher Navoiy ijodining Ozarbayjon adabiyotiga ta’siri. Bu
masala adabiyotshunosligimizning alohida bir sahifasini tashkil qilishini
ta’kidlashni istardim. Ustozim Jannat Nag‘iyevaning ta’biri bilan
aytganda, Alisher Navoiy Nizomiy Ganjaviy, Imomiddin Nasimiy kabi
buyuk klassiklarimizdan qanchalik ta’sirlangan bо‘lsa, XVI asrda yashab
ijod etgan Fuzuliyning ham Navoiydan ta’sirini shunday baholash lozim:
О‘lmushdi Navoiyi-suxandon,
Manzuri shahanshohi Xuroson. 6, s. 32 .
42
Adabiyotshunos olim Mir Jalol Fuzuliy san’atkorligi
monografiyasida shunday yozadi: Arablarda Abu Navas, forslarda Xoja
Hofiz, о‘zbeklarda Alisher Navoiy kabi mashhur va buyuk g‘azal ustalari
yetishib chiqdi. Fuzuliy Ozarbayjonda g‘azal san’atining yuksak
namunalarini yaratdi va uni yuksak pog‘onaga kо‘tara oldi. 7, 45; 258
b.. Alisher Navoiy XV asrda butun turkiy dunyosi adabiyotidagi ulug‘
dahodir. Fuzuliy bu daho ijodidan ta’sirlanib, о‘z g‘azallarini bitdi. Fuzuliy
Alisher Navoiyning “Kо‘rgach radifli g‘azaliga yozgan nazirasini
keltirishni о‘rinli bildik:
Kо‘nglum ochilur zulfu parishonin kо‘rgach,
Könlüm açılır zulfu-pərişanını görgəc,
Nitqim tutulur qönçəyi-xəndanını görgəc.
Baxdıqca sənə qan saçılır didələrimdən,
Bağrım dəlinir navəki-müjganını gorgəc 8, s.331.
G‘azal mulkining ustasi Alisher Navoiy adabiy merosi о‘sha davr
ijodkorlari ijodiga katta ta’sir kо‘rsatdi. Buning sababi esa, birinchidan,
bashariy mavzular ila adabiyot maydonida uning kabi qalam tebratgan
boshqa san’atkorning yо‘qligi bо‘lsa, ikinchidan, turkiy dunyo adabiy
maktabining qudratli sо‘z vorisi ekanligi, uchinchidan, uning adabiy
kamtarligi va yuksak madaniyat egasi ekanligidir.
Alisher Navoiy ijodining Ozarbayjon adabiyotiga ta’siri mavzusini
faqat Muhammad Fuzuliy ijodi misoli bilan tugatib bо‘lmaydi. Buni yana
kengroq ifoda etish mumkin.
Ma’lumki, temuriylardan bо‘lgan Sulton Husayn Boyqaro
hukmronligi davrida Hirotda ilm-fan, adabiyot, tarix, rassomchilik yuksak
chо‘qqiga kо‘tarildi. Bu yuksalishning ovozasi butun dunyoga yoyildi.
Xuroson, Movarounnahr, Ozarbayjon, Iroq, Rum, Hindiston kabi
о‘lkalardan ilm olish uchun kо‘plab yoshlar Hirot tomon oshiqar edi. Bu
yoshlarning aksariyati tahsil tugagach, о‘z Vatanlariga qaytsa, qolganlari
Hirotda qolib, о‘z ilmlarini yanada mustahkamlar edi. Navoiy esa doim
iste’dodli yoshlarni topib, ularga moddiy va ma’naviy kо‘magini
ayamasdi. Yosh ijod ahli Alisher Navoiy ishtirokidagi adabiy majlislarda
qatnashar, g‘azalxonlik kechalaridagi ajib lahazalarga oshno bо‘lardilar.
Manbalarda Husay Boyqaroning nabiralariga saboq berganlar orasida
Ozarbayjonlik yoshlar kо‘pchiligini tashkil etganligi qayd etilgan.
Shunday yoshlardan biri Hirotda о‘qish uchun kelib, keyinchalik Vataniga
43
qaytgan, hattoki, Alisher Navoiyning Majolis-un-nafois asarida nomi
zikr etilgan Mavlono Ziyo Tabriziy bо‘lgan.
Uning Naxchivanning О‘rdubod shahrida tug‘ilgan. Manbalarda, Ziyo
Tabriziyning 1520/21-yillarda, Tazkirai shuaro Ozarbayjon asarida esa
uning 1521/22-yillarda tug‘ilganligi qayd etiladi. U Husayn Boyqaro
saltanatining sо‘nggi kunlariga qadar Hirotda yashagan, sо‘ngra Tabrizga
ketib, shu yerda vafot etgan. Ziyo Tabriziy ‘zal qasidalar muallifi
sifatida tanilgan bо‘lib, lug‘z va muammo janridagi asarlari ham borligi
manbalarda qayd etilgan. Hatto qasidalaridan birini Husayn Boyqaroning
о‘g‘li Shohg‘arib Mirzoga bag‘ishlagan. Bulardan tashqari, turk va fors
tillarida ham gо‘zal qasida, muammo hamda boshqa janrlarda ham asarlar
bitgani ma’lum. Navoiy Majolis-un-nafois Ziyo Tabrizli haqida ham
ma’lumotlarni keltirib о‘tgan: Mavlono Ziyo tabrizlikdur. Kо‘ngulga
yaqin shirinadoliq maqbulg‘ina kishidur. Haqir ul-jussa uchun as’hobqa
mujibi bast ham bо‘lur. Shahrg‘a tahsil uchun keldi. Tahsil asnosida
she’rga ham ishtig‘ol kо‘rguzdi, dag‘i yaxshigina she’rlar ham aytti. Bu
matla’ aningdurkim:
Ajab nabvad agar parvona imshab tarki jon karda
Ki, binad naxli umri sham’ bunyodi xazon karda.
Bu matla’ ham xub zoqe’ bо‘lubtur.
Xush on soatki, oyad turki man shamsheri kin bo u,
Raqibon jumla bigurezandu man monam hamin bo u. 1, s.345.
Sam Mirzo Safaviy Tuhfai Sam tazkirasida yozadi: Ziyo
О‘rdabadli mashhur Ozarbayjon shoiridir. Yoshlik yillarida Hirotga
ketgan. U yerda tahsil oldi, u yerda о‘zining iste’dodi, gо‘zal she’rlari
bilan Alisher Navoiy she’r majlisining a’zosiga aylandi. О‘zbek
tadqiqotchisi Jaloliddin Jо‘rayevning qayd etishiga kо‘ra, uning lug‘z va
muammo janridan yozgan asarlari Al-qoz (lug‘z haqida), Xall ul-
muammo Eronning Qum shahridagi Oyatullo Marashiy nomli
kutubxonada saqlanadi (11271/II nomer, 23 sahifadan iboratdir).
Asarining sо‘nggida muallifning nomi qayd etilgan: Mavlono Ziyo
Tabriziy, Ziyoi О‘rdabodi 5, 180-183 b..
XVI asrda Hirot adabiy maktabining, xususan, Alisher Navoiy
maktabining dovrug‘i butun Sharqda keng yoyildi. She’rga, ijodga
ishtiyomand yoshlar Hirotga Alisher Navoiy huzuriga otlanishardi. Ular
bu yerda Navoiydan inja san’at gо‘zalliklarini о‘rganishar, doimo shoirdan
44
moddiy va ma’naviy kо‘mak olardi. Shoir, ayniqsa, iste’dodli yoshlarga
alohida e’tibor berar va ‘llab-quvvatlardi. Majolis-un-nafois
tazkirasida ularning bir nechasining nomini sanab (Ziyoiy, Xulqiy, Basiriy
va b.), ijodidan namunalar keltirilgan.
Hamid Araslining fikricha, Kishvariy ijodiga mashhur о‘zbek shoiri
Alisher Navoiy juda katta ta’sir kо‘rsatgan. Shoir hamisha Navoiyni о‘ziga
ideal inson, ijodkor deb bilgan. Uning g‘azallariga о‘xshatib yozishga
intilgan”. Tabriz adabiy muhitida tarbiyalangan shoirga hasad qiluvchilar
kо‘p edi. Alisher Navoiy esa uni о‘z himoyasiga olib, doimo qо‘llab-
quvvatlab turdi. Iste’dodli shoir va xattot sifatida tanilgan, Ozarbayjon
(turk) adabiy tilining shakllanishida ulkan hissa qо‘shgan Ne’matullo
Kishvariy ustozi Navoiyga e’tiromini shunday ifodalaydi:
Kişvəri şe´ri Nəvai şe’rindən əksik iməs,
Bəxtinə duşsəydi bir Sultan Huseyni Bayqara 8, 344 b..
Boshqa bir g‘azalida esa shunday yozadi:
Nəvai himmətindən Kişvəri əhli-nəzər boldu,
Cəhan mülkün tutar şeiri nəzər bolsa Nəvainin 9, III.
Kishvariy ijodidagi uning Alisher Navoiy she’rlariga yozgan nazira,
о‘xshatmalaridan kо‘rinadiki, u nainki о‘ziga qadar ona tili poeziyasidan,
balki umumturkiy adabiyoti va poeziyasidan bahramand bо‘lgan. Bu uning
ijodida yaqqol namoyon bо‘lgan. 10, 17 b..
Kişvəri divaninin hər beyti-əhli-dərd üçün,
Sanki bir peyki-Nəvaidir, Xorasandin gəlib 10, s.III.
3. Ozarbayjon adabiyotshunosligida Alisher Navoiy ijodiy
merosining о‘rganilishi.
Alisher Navoiy ijodining Ozarbayjon adabiyotshunosligida
о‘rganilishi masalasini 2 aspektda baholash mumkin. Birinchisi, adabiy
ta’sir, ikkinchisi, adabiyotshunoslikdagi yozilgan tadqiqotlar: maqolalar,
monografiyalar misolida.
2008-yilda kaminaning Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalari nomli
monografiyasi chop etilgan ediki, unda bu masalaga keng sahifalar
ajratilgan va atroflicha bayon etilgan. Shuningdek, 2009-yilda nashr
45
etilgan Alisher Navoiy Ozarbayjon adabiyotshunosligida 8 nomli
maqolalar tо‘plamida ham о‘rganayotgan muammomiz batafsil
yoritilganligini alohida ta’ktidlash lozim. Bu nashrdan sо‘ng, ya’ni keyingi
10 yil ichida ham Alisher Navoiy ijodiga oid qator tadqiqotlar yaratildi.
Xususan, ushbu satrlar muallifining ham Alisher Navoiy ijodi, umuman,
о‘zbek adabiyotiga doir 20 ga yaqin kitob va 300 dan ortiq maqolalari
e’lon qilindi. Ayni paytda 550 sahifalik Alisher Navoiyning asri va nasr
(ilmiy filologik va diniy asarlari)” nomli monografiya nashr etilish
arafasida.
4. Ozarbayjon va о‘zbek tillarining о‘rganilishida hamda Turkiy
adabiy tilining tadqiqi tarixida Alisher Navoiy ijodining roli.
О‘rta asr, xususan, Alisher Navoiy davri adabiyoti о‘rganilar ekan,
umumturkiy adabiy til muammosi о‘rtaga chiqadi. Aslini olganda,
Hasanо‘g‘li, Imomiddin Nasimiy, Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy
tili о‘rtasida tushunilmaydigan biron sо‘z yoki ibora yо‘qdur. Bu
klassiklarning adabiy tillarini о‘rganish uchun ularning adabiy merosini
о‘rganish maqsadga muvofiqdir. AMEA Qо‘lyozmalar Institutining Nodir
nusxalar fondida Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliyning bir kitobda
jamlangan Devoni saqlanadi. Bunda bitilgan asarlarni qiyoslaganda,
adabiy til о‘rtasidagi uyg‘unlikni sezish qiyin emas. Ikki ijodkor
devonining bir kitobda jamlanishi bir an’ana о‘laroq maydonga kelgan. Bu
qо‘lyozma asosida adabiyotshunoslar tomonidan qator tadqiqotlar
yaratilgan. Jumladan, M.Sultonovning Fuzuliy va Navoiy devonining
qо‘lyozmasi xususida”, M.Adilovning Navoiy va Fuzuliyning bir jildda
jamlangan Devonlari haqida”, J.Nag‘iyevaning Navoiy va Fuzuliyning
bir jilddan о‘rin olgan Devonlari qо‘lyozmasi”, O.Ulviyning Navoiy va
Fuzuliyning Devonlari bir jilddatadqiqotlarini qayd etib о‘tish lozimdir
11, s.159-163.
Jannat Nag‘iyeva qо‘lyozmaning sahifalarini varaqlar ekan, ikki daho
ijodkorning sо‘zlari orasidagi farqni ajratib bо‘lmasligini qayd etadi. Ikki
ijodkor asarlari tili bir-biridan uzoqda emas. Navoiy tili shunday jozibali,
aniq ifodalanganki, uni bizning tilimizga asliyatda tushunish mumkin.
YA’ni, hech qanday tarjima muhtojlik yо‘q.
Alisher Navoiyning umumturkiy adabiy tilining shakllanishida, uning
mavqeini oshishida hissasi beqiyosdir. Shoir о‘zining turkiy tilda bitgan
Xamsasi bilanoq buni isbotlab berdi. Shuningdek, Muhkamat-ul-
lug‘atayn asarida turkiy tilning qimmatini ilmiy asoslab berdi. 2020
yilning ilk oylarida Alisher Navoiyning Hikmatli sо‘zlar”i(Yashar Qosim
46
va Akif Azalp hamkorligida) nomli bir ktobcha nashr etdik 16. Kitobning
titulida tarjimonlar degan yozuvni qо‘yishga jazm etmadik. Chunki
Alisher Navoiy tili butun turkiy xalqlarning tilidir.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, Alisher Navoiy ijodi
Ozarbayjon adabiyoti va adabiyotshunosligida mavzusi ikki qardosh
xalqning adabiy aloqalarining oltin sahifasidir.
ADABIYOTLAR:
1. Navoiy Alisher . Tо‘la asarlar tо‘plami. 10 jildlik. IX jild. Toshkent.
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. B. 768.
2. Navoiy Alisher . Tо‘la asarlar tо‘plami. 10 jildlik. X jild. Toshkent.
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. B. 692.
3. Nəvai, Əlişir. “Mühakimət ül-lüğəteyn” / Azərbaycan türkcəsinə
uyğunlaşdıran, ön söz və qeydlərin müəllifi, prof. Kamil Vəli Nərimanoğlu.
Bakı, Yurd”, 1999, 64 s.
4. Nəvai, Əlişir. Seçilmiş əsərləri (“Fərhad və Şirin” poeması). Bakı,
Öndər, 2004, 424 s.
5. Ey Nəsimi, caha tutdu sözün... “Nəsimi 600” mövzusunda III
beynəlxalq elmi konfransın materialları. – Bakı, Elm, 2017, 330 səh.
6. Məhəmməd Füzuli. Əsərləri. Altı cilddə. II cild. Bakı, "Şərq-Qərb",
2005, 336 səh.
7. Mir Cəlal: Füzuli sənətkarlığı (redaktoru ak.H.Araslı). Bakı, Çaşıoğlu,
2018, 348 səh.
8. Əlişir vai Azərbaycan ədəbiyyatşünaslığında (tərt.ed. A.Ülvi).
Bakı, Qartal, 2009, 360 s.
9. Kişvəri. Türk divanı (Avtoqraf nüsxəsi) // Tərtibat və müqəddimə: M.
Hüseyni; tni transfoneliterasiya edən və redaktoru: P.Kərimov. Bakı:
Nurlan, 2010, 52+53 s.
10. Azərbaycan klassik ədəbiyyatından seçmələr. Üç cilddə. II cild.. -
Bakı, “Şərq-Qərb”, 2005, 408 səh. XX cilddə. III cild ” (Bakı, Elm, 1984-
il çapı əsasında təkrar nəşr)
11. Ülvi, A. Özbək ədəbiyyatı (ədəbi portret cizgiləri, araşdırmalar). Bakı,
“Elm və təhsil”, 2016, 316 səh.
12. Sultanov M. M.Füzuli Nəvai divanının birgə əlyazması //
Məhəmməd Füzuli. Elmi-tədqiqi məqalələr. Bakı: Azərnəşr, 1958. 386 h.
47
13. Adilov M. “Nəvai və Füzulinin bir cild içərisində yazılmış “divan”la
haqqında” // Adilov M. Azərbaycan paleoqrafiyası. Bakı, Elm, 2009, 224.
108 səh.
14. Nağıyeva C. Azərbaycanda Nəvai (monoqrafiya). Bakı, “Tural-Ə”
Nəşriyyat Poliqrafiya Mərkəzi. 2001. 264 səh.
15. Ülvi A. “Nəvai və Füzulinin divanları bir cilddə- Nəvai və Füzulinin
divanları bir cilddə // Türkmənistan Elmlər Akademiyası Milli Əlyazmalar
İnstitutunda "Əlyazmalar - milli irsin öyrənilməsi əsas mənbəyidir" adlı
beynəlxalq elmi konfrans, Aşqabad, 13-14 mart, 2013 464 səh. (məqalə
türkmən, rus və english dillərindədir)
16. Əlişir vai. Hikmətli sözlər Alisher Navoiy. Hikmatli so‘zlar
(Azərbaycan və özbək dillərində) // elmi redaktor: akademik İsa
Həbibbəyli, tərcümə ed: Almaz Ülvi Binnətova (ön söz müəllifi), Yaşar
Qasımbəyli, Akif Azalp. - Bakı, 2020. 50 səh.
48
MUSTAQILLIK YILLARIDA
OZARBAYJON-О‘ZBEKISTON ADABIY ALOQALARI
Ozarbayjon-О‘zbekiston adabiy aloqalarining tarixi eng qadimgi
davrlarga borib taqaladi. Bu aloqalarning boy adabiy manzarasi ikki xalq
tarixiy an’analarining о‘zaro yaqinligi, mushtarakligi bilan xarakterlanadi.
О‘tgan asrda ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalari shо‘rolar tuzumi
mafkurasi ostida ma’lum cheklovlar ta’sirida bо‘lsada tо‘xtab qolmadi.
Ikki xalq adabiy aloqalari taraqqiyotida Aliog‘a Hasanzoda, Faridun bey
Kо‘charli, Ismoyil Hikmat, Hamid Arasli, Salmon Mumtoz, Bakir
Chо‘bonzoda, Sabir Aliyev, Muhammadog‘a Sultonov, Mir Jalol
Pashayev, Mamad Orif, Vohid Zohidov, Izzat Sulton, Natan Mallayev,
Laziz Qayumov, Panoh Xalilov, G‘ulomhusayn Aliyev, Ozod Nabiyev,
Solih Qosimov, Sulaymon Rustam, Xalil Rza, Jannat Nag‘iyeva, Voqif
Arzumanli, Nо‘shiba Arasli, Turg‘unali Mahmudaliyev, Sobir Aliyev,
Anvar Jabborli, Ramiz Askar, Akif Bag‘irov, Yashar Qosimov va boshqa
adabiyotshunoslarning xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. Ular adabiy
aloqalar sohasida bir qator tadqiqotlarni olib borishdi. Buning natijasida
kо‘plab maqolalar, kitoblar nashr etildi.
Ozarbayjon va о‘zbek adabiy aloqalarining kо‘p asrlik tarixida
mustaqillik davri alohida о‘rin tutadi. Istiqlol davri aloqalar tarixida
alohida sahifa ochdi, yangi-yangi talablar va masalalarni qо‘ydi. Istiqlol
mafkurasi keng shaklda adabiyotshunoslar oldida jiddiy vazifalar yukladi.
Mustaqillik yillarida Ozarbayjon-О‘zbekiston adabiy aloqalari keng
miqyosda, turli ‘nalishlarda: о‘zaro adabiy aloqalarga oid tadqiqotlar,
dissertatsiyalar, shuningdek, badiiy va ilmiy tarjimalar shaklida davom
etdi.
О‘zaro adabiy aloqalarga doir nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari
yozilib himoya qilindi. Ular sirasiga quyidagilarni keltirish mumkin:
G‘ulomhusayn Aliyev Ozarbayjon-о‘zbek adabiy-madaniy aloqalari
(1964, nomzodlik), Ozod Nabiyev “Kо‘rо‘g‘li dostonida Kо‘rо‘g‘li
siymosi (Ozarbayjon-о‘zbek materiallari asosida)” (1971, nomzodlik) va
Ozarbayjon-о‘zbek folklorining tipologiyasi va о‘zaro aloqasi (1980,
doktorlik), Jannat Nag‘iyeva Navoiy va Ozarbayjon adabiyoti. XV-XIX
asrlar (1986, doktorlik), Xalil Rza Maqsud Shayxzoda poezziyasi va
Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalarining aktual muammolari (1987,
doktorlik), O.Binnatova XX asr Ozarbayjon adabiyotshunosligida о‘zbek
klassiklari ijodining о‘rganilishi” (2010, doktorlik) va Yashar Qosimov
49
Lirikada badiiy ideal va obrazlar tizimi (Ozarbayjon va о‘zbek
adabiyotining 60-yillar lirikasi misolida)” (2015, doktorlik). Bu kabi
tadqiqotlar davom etmoqda.
Umuman olganda, Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalariga oid ishlar
ancha sermahsul. Ular haqida bir maqola doirasida sо‘z yuritish esa
imkonsiz. Shuning uchun ba’zi fakt va misollar bilan cheklanamiz.
Besh jildlik “О‘zbek adabiyoti tarixi kitobida Nizomiyning о‘zbek
adabiyotiga ta’siri xususida fikr yuritilgan. Unda keltirilishicha,
Xorazmda muallifi noma’lum о‘zbek shoirining Miftoh ul-adl nomli
badiiy asarining mavzusini Nizomiy Ganjaviyning Shoh va ikki boyqush
hikoyatidan olgan va undan ta’sirlangan. Xusrav va Shirindostonining
ilk о‘zbek muallifi Qutb Xorazmiy Nizomiy uning ijodiga ta’sir
kо‘rsatganini qayd etib yozadi:
Qozonda qaynatib sevgi yetirdim,
Nizomiy bolidan holva pishirdim.
Lutfiy, Xorazmiy, Durbek, Gadoyi, Atoyi, Sakkokiy kabi XV asr
о‘zbek klassiklari ijodida Ozarbayjon adabiyotining ta’siri seziladi. Haydar
Xorazmiy ilk bor Nizomi Ganjaviyning Maxzan ul-asror (“Sirlar
xazinasi”) asari ta’sirida о‘zining Maxzan ul-asror asarini yozganini
alohida ta’kidlab о‘tish lozim.
Buyuk shoir Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh vazir
lavozimida ishlagan vaqtlarida Nizomiy Ganjaviyning Xamsasining eng
qimmatli nusxalarini xattotlarga maxsus kо‘chirtirganki, bu nusxalar
bugungi kunda eng noyob qо‘lyozmalar bо‘lib turibdi. Navoiy
Nizomiyning о‘ziga ustoz bilib, uning Xamsa dostoni ta’sirida ilk bor
turkiy tildagi Xamsani yaratdi. Bu asar turkiy xalqlar adabiyoti tarixida
о‘ziga xos inqilob yasadi.
Ozarbayjon adabiyotining eng yorqin namoyondalaridan biri Muhamad
Fuzuliy Alisher Navoiyni о‘ziga ustoz deb bilib uning g‘azallariga naziralar
bitdi. Ayni paytda Muhammad Rizo Ogahiy, Amir Umarxon, Andalib,
Muqimiy, Uvaysiy, Roqim, Sulton Sayyid Nosirxon, Tabib Xorazmiy, Sadir
Erkin kabi mumtoz о‘zbek shoirlarining Fuzuliy g‘azallariga naziralar
bitgani ma’lumdir. “Fuzuliy va о‘zbek adabiyotimavzusiga oid tadqiqotlar
olib borgan H.Arasli, Q.Aliyev, P.Xalilov, J.Nag‘iyeva singari ozarbayjon,
V.Zohidov, H.Zaripov, V.Abdullayev, SH. Turdiyev, S.Narzullayeva,
A.Hayitmatov, H.Muhammadxо‘jayev, S.G‘aniyeva kabi о‘zbek
adabiyotshunos olimlar nomlarini alohida ta’kidlab о‘tish lozim. XVII-XIX
50
asr о‘zbek poezziyasining Nishotiy, Mashrab, Ogahiy, Tabibiy singari
namoyandalari Fuzuliy lirikasining zozibasidan bahramand bо‘lib uning
ijodiga yuksak baho berishgan. Qolaversa, XIX asrning oxiri va XX asrning
boshlarida yashab ijod qilgan Muqimiy, Furqat, Komil Xorazmiy, Zavqiy va
Hamza singari ijodkorlar ijodida ham Fuzuliyning ta’sirini sezish mumkin.
Bir sо‘z bilan aytganda, Navoiy ijodi Fuzuliy ijodiga qanchalik ta’sir
etgan bо‘lsa, Fuzuliy ijodi о‘zbek adabiyoti namoyandalari ijodiga ham
shunchalik ta’sir kо‘rsatdi.
Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalari sо‘nggi yuzyilliklar davomida bir-
biriga bog‘liq holda davom etdi. Bu aloqalarning XX asr tarixidaki boy
adabiy manzarasini ikki xalqning tarixiy an’analarga muhabbati tajassumi
desak aslo xato ‘lmaydi.
1925-yilda Faridun bey ‘charli Ozarbayjon adabiyoti tarixi
materiallarikitobini Navoiy haqidagi maqolasi bilan boshlaydi.
1926-yilda ‘lib о‘tgan I Boku Turkologlar qurultoyi arafasida Alisher
Navoiy va Husayn Boyqarolarning asarlari nashr etildi (A.Navoiy Vaqfiya”,
Munshaot”, H.Boyqaro Devon”) va ularning taqdimoti bо‘lib о‘tdi.
Shuningdek, Navoiy (maqolalar tо‘plami) kitobi chop etildi. Qurultoy
kunlarida A.Navoiyning yubileyini о‘tkazish tо‘g‘risida kelishib olindi.
1940-yilda Nizomiy va Navoiyning yubileylarini о‘tkazish g‘risida
bir qator muzokaralardan ‘ng qaror qabul qilindi. Ularning yubileylari
keng miqyosda bо‘lib о‘tdi. Yubiley munosabatlari bilan kо‘plab ishlar
amalga oshirildi. Nizomiyning asarlari Toshkentda, Navoiyning asarlari esa
Bokuda nashr etildi. Jumladan, Alisher Navoiyning Sab’ayi sayyor
(1947), Farhod va Shirin (1948-1968) dostonlari, Tanlangan she’rlari
(tarjimon va kirish sо‘z muallifi S.Rustam) ozarbayjon tilida chop etildi.
Qolaversa, S.Vurg‘un, S.Rustam, A.Ziyotay va boshqa ijodkorlarning
Navoiy shaxsiyati va adabiy merosiga doir tadqiqotlari va tarjimalarini
alohida qayd etish lozim.
Toshkentda о‘zbek olimi Natan Mallayevning Nizomiy Ganjaviyning
adabiy merosi va uning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatinomli monografiyasida
ikki xalqning adabiy aloqalari keng yoritildi. N.Ganjaviyning Yetti ‘zal”,
Layli va Majnun”, Sirlar xazinasi, Iskandarnoma dostonlaridan
parchalar Guldastakitobida (1947), Tanlangan she’rlar”i (1983), Injular
ummoni (1989), Layli va Majnun (2005), Xusrav va Shirin (2005)
dostonlari va boshqa asarlari fors tilidan о‘zbek tiliga tarjima qilindi va chop
etildi.
Lotin alifbosida Alisher Navoiyning Tanlangan she’rlar”i (sharhlar,
kirish sо‘z va lug‘atlar muallifi Hamid Arasli. Boku, 2004. 423 b) 25000
51
nusxada Bokuda chop etilishi shoirga bо‘lgan buyuk ehtirom namunasi
deyish mumkin.
Uch qardosh (О‘zbek ertaklari. Tarjimon Panoh Xalilov. Boku,
1942 va 1972), “О‘zbek adabiyoti antologiyasi (Boku, 1958. 394 b.),
“О‘zbek ertaklari (Boku, 1959. 182 b.), “О‘zbek she’rlari” (Boku, 1959.
182 b.), “Nurli diyor: о‘zbek nasri almanaxi” (Boku, 1979. 310 b.), “О‘zbek
xalq ertaklari (tarjimon A.Rzayev, Boku, 1987. 236 b.), Sehrli
О‘zbekiston: she’r almanaxi (Boku, Yozuvchi. 1979, 318 b.) va boshqa
kitoblarda о‘zbek adabiyotidan namunalar ozarbayjon tiliga tarjima qilinib
nashr etildi.
Ozarbayjon folklorining О‘zbekistonda, о‘zbek folklorining
Ozarbayjonda о‘rganilishi, qiyosiy-tipologik tahlillar va tadqiqotlar adabiy
aloqalar doirasida alohida sahifani tashkil etadi. A.Nabiyev Ozarbayjon-
о‘zbek folklor aloqalari (“Kо‘rо‘g‘liva “Gо‘rо‘g‘lidostonlari misolida)”
va Ozarbayjon-о‘zbek folklorining tipologiyasi va о‘zaro aloqalari
kitoblarini istiqlol yillarida qayta ishladi. Shuningdek, olim mustaqillik
yillarida yana bir kitob Ozarbayjon xalq adabiyoti” (Boku, Ilm. 2006) nomli
kitobini nashr ettirdi.
Mustaqillik yillarida P.Xalilovning darslik sifatida nashr etilgan
SSSR xalqlari adabiyoti (1977, 360 b.) kitobi, jumladan uning “О‘zbek
adabiyoti bо‘limi qayta ishlandi. Darslik mustaqillik mafkurasi asosida
qayta takomillashtirilib Turkiy xalqlar va Sharqiy slavyanlar adabiyoti
(Boku, 1994. 429 b.) nomi bilan nashr etildi.
Faqat Navoiyga oid ozarbayjon, rus va о‘zbek tillarida 60 dan ortiq
ilmiy maqola yozib ularni kitob, almanax va gazetalarda e’lon qildirgan
professor Jannat Nag‘iyeva Alisher Navoiyning Boku qо‘lyozmalari
(1986), Navoiy va Ozarbayjon adabiyoti. XV-XIX asrlar (1990),
Ozarbayjonda Navoiy(2001) va “О‘zbek adabiyotida Fuzuliy an’analari
(2005) kitoblarini ham nashr etdi.
Jannat Nag‘iyevaning Alisher Navoiyning Ozarbayjon Qо‘lyozmalar
fondida saqlanayotgan qо‘lyozma nusxalari asosida yozgan mukammal
monografiyalari ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalari tarixida muhim о‘rin
tutadi.
Xalil Rza Uluturk XX asr о‘zbek adabiyotining buyuk
namoyandalaridan biri Ozarbayjonning Oqtoshida tug‘ilib о‘sgan, Bokuda
muallimlik kursida ta’lim olgan, 1927-yilda Darbandga, 1930-yilda esa
Toshkentga surgun qilingan Maqsud Shayxzoda adabiy merosiga oid bir
qator tadqiqotlarni amalga oshirdi. Uning Maqsud Shayxzoda (Boku,
1978) va Maqsud Shayxzodaning badiiy olami (Boku, 1980)
52
monografiyalari nashr etildi. Qarindoshlik (1977, 182 b.) va Turon
gulchambari (1992, 782 b.) kitoblarida mumtoz va zamonaviy о‘zbek
shoirlarining ijod namunalaridan tarjimalari о‘rin olgan. 1970-yilda
Ozarbayjon Yozuvchilar Ittifoqining iste’dodli о‘zbek shoiri Maqsud
Shayxzodaning 70 yilligi munosabati bilan uning asarlari ikki jildligini nashr
etish bо‘yicha maxsus qaror qabul qilindi. Shoir asarlari ozarbayjon tilida
nashr etildi. Bu kitoblardagi asarlarni shoirlardan M.Dilbazi, B.Azarо‘g‘li,
A.Ziyatay, N.Xazri, A.Kurchayli, M.Ibrohim, X.Rza, I.Safarli, T.Bayram,
N.Hasanzoda kabilar ozarbayjon tiliga tarjima etishdi.
Ma’lumki, Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalari tarixida о‘zbek
mumtoz shoirlaring Nizomiy va ozarbayjon shoirlarining Navoiy adabiy
meroslariga muhabbati, о‘zaro ta’siri muhim о‘rin tutadi. Bu adabiy faktlar
Alisher Navoiy Ozarbayjon adabiyotshunosligida (Boku, 2009. 360 b.)
nomli maqolalar tо‘plamida о‘z aksini topgan. Ushbu maqolalar tо‘plamida
XX asr va XXI asr boshlarida Navoiy haqida Ozarbayjon matbuotida
chiqqan ozarbayjonlik taniqli adabiyotshunos olimlaridan Aliog‘a
Hasanzoda, Ali Nozim, Ismoil Hikmat, Hamid Arasli, Sobir Aliyev,
Mamadog‘a Sultonov, Solih Qosimov, Mahmud Yunusov, Sulaymon
Rustam, Panoh Xalilov, Jannat Nag‘iyeva, Nо‘shiba Arasli kabilarning
maqolalari jamlangan.
Ushbu satrlar muallifining Ozarbayjon-о‘zbek (chig‘atoy) adabiy
aloqalari: davrlar, siymolar, janrlar, tamoyillar monografiyasida о‘zaro
adabiy aloqalar atroflicha yoritilgan. Monografiya besh qismdan tashkil
topgan: Ozarbayjon- chig‘atoy (о‘zbek) adabiy aloqalarining shakllanish
davri”, Poezziyaning rivojlanish bosqichlari va adabiy aloqalar”, Yangi
tamoyillar va Turkistonda badiiy nasrning tadriji”,Dramaturgiya-teatr tarixi
va adabiy an’analar”, Istiqlol ideali va adabiy aloqalarning yangi davri”.
Har bir qism olti-yetti fasldan iborat bо‘lib, ularda ozarbayjon-о‘zbek adabiy
aloqalarining ilk shakllanish davridan boshlab hozirgi adabiy aloqalarga
qadar olti yuz yillik tarixni qarab olgan.
Kaminaning akademik Iso Habibeyli muharrirligi va Dunyo uchun
ahamiyatli ish nomli kirish sо‘zi bilan boshlanuvchi “О‘zbek adabiyoti
(adabiy portretga chizgilar, tadqiqotlar, suhbatlar)” (A.Ülvi.Özbək ədəbiyyatı
(ədəbi portret cizgiləri, araşdırmalar, müsahibələr, Bakı, 2016, 316 səh.)
kitobida о‘zbek va ozarbayjon adabiyotlariga doir tadqiqotlar, adabiy aloqa
va adabiy ta’sir masalalari о‘rin olgan. Kitob sо‘nggida muallifning о‘zbek
adabiyoti bilan bog‘liq yozgan maqolalarining (200 ga yaqin) bibliografiyasi
ham joy olgan. О‘zbekistondagi Kitob dunyosi va Surxon yoshlari
gazetalarida akademik Iso Habibeylining yuqorida tilga olingan Dunyo
53
uchun ahamiyatli ish maqolasi о‘zbek tilida Obid Shofiyev tarjimasida
e’lon qilindi.
Toshkentda kaminaning “О‘zbek adabiyoti va Ozarbayjon (tadqiqotlar,
adabiy portretlar, suhbatlar)” kitobi о‘zbek tiliga nashr etildi (O.Ulvi.
О‘zbek adabiyoti va Ozarbayjon (tadqiqotlar, adabiy portretlar, suhbatlar).
T.: Kamalak, 2016. 216 b.). Kitobda muallifning turli yillarda О‘zbekistonda
chop etilgan ilmiy maqolalari va suhbatlari jamlangan. Kitobning mas’ul
muharrir va kirish sо‘z mualliflari professor Qozoqboy Yо‘ldoshev va
filologiya fanlari nomzodi Sirdaryoxon О‘tanovadir.
Adabiyot nazariyasi bо‘yicha yetuk mutaxassis, taniqli olim О‘zbekiston
Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti katta
ilmiy xodimi Akif Bag‘irov 1976-yilda Turkiy tilli xalqlar poezziyasida
tuyuq (janrning poetikasi va tarixi) nomli nomzodlik dissertatsiyasini
himoya qildi. Olim Badiiy ideal va tarixiy haqiqat (muammoning nazariy
masalalari)” mavzuida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlarini
davom ettirdi. Olim ijod bilan ham shug‘ullanadi. U Akif Azalp nomi ostida
ijod qiladi. Akif Azalpning Tonggi yorug‘lik (Boku, 2004) va Turon
havosi (Baku, 2007) she’riy kitoblari nashr etildi. Shoir va olim о‘zbek
tilidan ozarbayjon va ozarbayjon tilidan о‘zbek tiliga mumtoz va zamonaviy
shoirlarning ijod namunalarini ham tarjima qilishda faol ishtirok etib
kelmoqda. Uning keyingi 15-20 yil ichida ozarbayjon tiliga bir qator
iste’dodli va taniqli о‘zbek shoirlari CHо‘lpon, Fitrat, G‘afur G‘ulom,
Zulfiya, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Xosiyat Rustamova, Farog‘at
Kamolova va boshqalarning she’rlarini tarjima qildi.
Adabiyotshunos olim Yashar Qosimov tomonidan nashr etilgan
Uyg‘onish sadolari (Toshkent, 1990), Ozarbayjon ertaklari (Toshkent,
1995), Yangi о‘zbek she’riyati poetikasi (Toshkent, 2012)
monografiyalari, “60-yillar о‘zbek she’riyati poetikasi (Toshkent, 2013),
Milliy uyg‘onish davri lirikasi (Boku, 2012) kitoblari, Ozarbayjon va
О‘zbekistonning ilmiy jurnallari, gazetalari va tо‘plamlarda chop etilgan 150
ga yaqin maqolalarida ikki xalq adabiyoti, adabiy aloqalarga doir masalalar
qalamga olingan.
Tarlan Quliyev A.Navoiyning aruz ilmiga bag‘ishlangan Mezon ul-
avzon” (Boku, 2006) asarini ozarbayjon tiliga tarjima qilib nashr ettirdi.
Ramiz Askar о‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, shoh va shoir
Zahiriddin Muhammad Boburning Boburnoma memuar asarini (Boku,
2009), Sulton Husayn Boyqaroning Devonini (Boku, 2011) va XX asr
о‘zbek she’riyati antologiyasi” (Boku, 2009) tarjima kitoblarni nashr ettirdi.
54
Zahiriddin Muhammad Boburning Boburnoma memuar asari 2011-
yilda Bokuda Fuzuliy ‘zalovning ham tarjimasida chop etildi.
Ozodlik va istiqlol har ikki qondosh va qardosh xalqning kо‘p yillik eng
buyuk orzusi va yuragining qa’riga yashiringan og‘riqli jihati edi. Tarixning
hukmi ila о‘tgan asrning avvallarida Qо‘qonda tashkil etilgan Turkiston
Muxtoriyati (1917-1918) va Ozarbayjon Demokratik Jumhuriyatining (1918-
1920) umri uzoqqa chо‘zilmadi. Har ikki muxtoriyat chor imperiyasi
tomonidan qonli tarzda ishg‘ol etildi, millatning buyuk farzandlari esa
qilichdan о‘tkazildi. Keyinchalik Stalinning qatag‘on siyosati tufayli ikki
millatning vatanparvar, ziyoli, mard farzandlari qatl etildi, sovuq о‘lkalarga
surgun qilindi. Mustaqillik yillari arafasida ham ham ikki о‘lka hududlarida
ham qonli tо‘qnashuvlar bо‘lib о‘tdi. Sovet hukumati nima qilib bо‘lsa ham
imperiyani saqlab qolishga urinar, buning uchun esa barcha choralarni qо‘llar
edi. Lekin imperiya chok-chokidan yemirilib borar, qalbi, yuragi istiqlol ruhi
bilan jо‘sh urayotgan har ikki millatning fidoyi farzandlari mustaqillik
uchun kurashar edi.
Nihoyat orziqib kutilgan onlar keldi. О‘zbekiston ham, Ozarbayjon ham
birin-ketin о‘z mustaqilligiga erishdi. Bu har ikki millatning asriy orzusining
ushalishi edi. Har ikki millatning ziyolilari, shoir va yozuvchilari, olimlari
mustaqillikni quvonch bilan qabul etdi. Ayniqsa, ular oldida bir qator muhim
vazifalarni qо‘ydi. Avvalo, kо‘p asrlik qadriyatlarni tiklash, millatning buyuk
shoir va yozuvchilarning asarlarini nashr etish va boshqa ishlarni amalga
oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Adabiyot yangi bosqichga chiqdi. Qatag‘on qilingan millat ziyolilarini
nomlarini tiklash va ularning ijodiy merosini targ‘ib qilish bо‘yicha bir qator
ishlar amalga oshdi. Nabi Xazri, Xalil Rza Uluturk, Mammad Oraz, Baxtiyor
Vahobzoda, Qobil, Kabir Navrо‘z, Yusuf Samadо‘g‘li, Ag‘amali Sodiq,
Anor, Elchin, Fikrat Xoja, Zalimxon Yoqub, Hidoyat, Huseyn Kurdо‘g‘li,
Mamad Aslan, Ramiz Ravshan, Rustam Berudi va boshqa ozarbayjon shoir
va yozuvchilarining; Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi О‘zturk,
Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Shukur Xolmirzayev, Shukrullo, О‘tkir
Hoshimov, Halima Xudoyberdiyeva, Oydin Hojiyeva, Usmon Azim,
Shavkat Rahmon, Xurshid Davron, Sharifa Salimova, Yо‘ldosh Eshbek,
Tohir Qahhor, Usmon Qо‘chqor, Akif Azalp, Yashar Qosim, Anvar Jabbor,
Rustam Jabborov, Rustam Musurmon va boshqa о‘zbek shoir va
yozuvchilari istiqlol yillarida yaratilgan asarlarida о‘tgan asarning fojiali
jihatlarini badiiy aks ettirdi.
Mustaqillik yillarida yaratilgan, о‘zbek tilidan ozarbayjon va ozarbayjon
tilidan о‘zbek tiliga qilingan tarjimalarda istiqlol ruhi bilan yо‘g‘rilgan,
55
vatanparvar obrazi aks ettirilgan asarlar kо‘pchilikni tashkil etadi. Jumladan,
Baxtiyor Vahobzoda, Xalil Rza Uluturk, Mammad Araz, Fikrat Xoja, Voqif
Samadо‘g‘li, Ramiz Ravshan, Voqif Bayatli she’rlarining, Yusuf
Samadо‘g‘lining Qatl kuni”, Anorning Besh qavatli uyning oltinchi
qavatiromani, Dantening yubileyiqissasi, Gurji familiyasiva boshqa
hikoyalarini, Akram Aylislining Qura qirg‘og‘idagi gulxanlar asari,
Elchinning Baladadashning ilk muhabbati”, Baladadashning tо‘y
hammomi”,Chelak”, “О‘lim hukmiasarlari, Ag‘aali Sodiqning Boshsiz
nomli asarlarining о‘zbek tiliga, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Usmon
Azim, Usmon Qо‘chqor, Tohir Qahhor, Shavkat Rahmon, Tilaye Jо‘ra
she’rlari, Xayriddin Sulionning YO, Jamshid!”, Abdulhamid Ismoilning
Ikki qariyaning tarixi kabi asarlarining ozarbayjon tiliga qilingan
tarjimalarini alohida ta’kidlash lozim.
Usmon Qо‘chqorning Ozarbayjon adabiyotidan tarjimalari diqqatga
sazovordir. Uning Mirza Jalil, M.Sobir, Muhamad Hodi, Husayn Jovid,
Ja’far Jabborli va boshqa klassiklarimizdan, xususan, Husayn Jovidning
Iblis”, Amir Temur, Shayx San’on asarlarining tarjimalarini
О‘zbekiston adabiy muhiti iliq qarshi oldi.
Mustaqillik davri Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalari haqida gapirar
ekanmiz, Ozarbayjon Yozuvchilar Birligining tashabbusi bilan Dunyo
adabiyoti jurnali, “525-gazetasi, Otaturk markazi va boshqa
tashkilotlarning ishtiroki ila 2005-yilda (3-4-avgust) Ozarbayjonning
poytaxtida tashkil etilgan Tarjima masalalari va globallashuvmavzusidagi
Boku xalqaro konferensiyasini alohida takidlab о‘tish lozimdir.
“О‘GORT aloqalari (О‘zbekiston, Gurjiston, Ozarbayjon badiiy
tarjima masalalari)ga bag‘ishlangan bu konferensiya kunlarida bu
tadbirlarga aloqador Ozarbayjon va о‘zbek tillarida nashr etilgan
“О‘GORT chog‘dosh о‘zbek va gurji adabiyotidan sochmalar (Boku,
2005) tо‘plamining nashr etilishi adabiy aloqalar tarixining eng yorqin
sahifalaridan biri desak yanglishmagan bо‘lamiz. О‘zbekistonda chop
etiladigan Jahon adabiyotijurnalining 2005-yil 5-sonida (may), Adabiy
aloqalar rubrikasi ostida Umrlardan uzun sevgimiz (Ozarbayjon
adiblari mehmonimiz) sarlavhasi ostida adabiyotimizdan ayrim namunalar
e’lon qilindi. Mazkur rukn tanqidchi Asad Jahongirning Yangi she’riyat
ufqlari nomli maqolasi bilan boshlanadi. Kirish maqolasidan sо‘ng
о‘zbek о‘quvchilariga Alisamad Kur, Odil Mirsayid, Adolat Asqarо‘g‘li,
Rasim Qaracha, Quli Oqsos, Salim Babbullaо‘g‘li, Zohir Azamat, Oqsin,
Najot Mamadov, Esmira Serova kabi shoirlarning, Tehron Axsanоg‘li,
Rafiq Hoshimov, Elchin Husaynbeyli, Maqsad Nur kabi tanqidchi va
56
yozuvchilarning asarlaridan namunalar taqdim etildi. She’r, hikoya va
maqolalarni о‘zbek tiliga Fayzi Shohismoyil, Xosiyat Rustamova, Usmon
Qо‘chqor, Mirpо‘lat Mirzo, Iqbol Mirzo, Eshqobil Shukur, A’zam Obidov,
Usmon Azim, Dildora Aliyeva, Hulkar kabi о‘zbek shoir va yozuvchilari
tarjima etganlar.
2013-yilda Toshkentda XX asr Ozarbayjon she’riyati antologiyasiva
2014- yilda nashr etilgan Umrdan uzun kecha (Ozarbayjon
yozuvchilarining hikoyalari)” tо‘plamlarida Ozarbayjon shoir va
yozuvchilarining asarlaridan namunalar о‘rin oldi.
XX asrda О‘zbekiston-Ozarbayjon madaniy aloqalari taraqqiyotida
mislsiz о‘rin tutgan Samad Vurg‘un, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom,
Maqsud Shayxzoda, Sulaymon Rustam, Mirtemir, Mirza Ibrohimov,
Hamid Arasli, Hamid Sulaymon, Vohid Zohidov, Vohid Abdullayev va
boshqalarning ikki xalq о‘rtasidagi dо‘stlik ‘prigini mustahkamlashdagi
о‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Ularning tajribasini о‘rganish keyingi
adabiy aloqalar uchun juda muhimdir.
Mustaqillik davrida о‘zaro aloqalar tarixida yangi bosqichga chiqdi.
Aloqalar yangi tamoyillar asosida davom etib kelmoqda. Bugungi kunda
adabiy aloqalar tarixini chuqur о‘rganish, ularni yangi tamoyillar asosida
rivojlantirish, hamkorlikda tadqiqotlar yaratish vazifalarini amalga oshirish
yosh ijodkorlar, tadqiqotchilar oldida turgan muhim ishlardandir.
57
ADABIY PORTRETLAR
SHOIRSAN, JILVAKORSAN, DEMAK... ABADIYSAN
Malakmisol shoira Rafibeylining har yubileyida she’rsevarlar,
adabiyot ixlosmandlari, shoiraning muxlislari uni ehtirom ila yodga
oladilar.
Nigorxonim Rafibeyli 1913 yil 29 iyunda qadim Ganja shahrida
ziyoli bir oilada dunyoga keldi. Bey qizi bо‘lib tug‘ildi, shoir sifatida
tashvishli umr kechirdi, sevib-sevildi va о‘zini eng baxtli ona deb bildi.
U 14 yoshida tug‘ilgan, voyaga yetgan, ilk maktab tahsilini olgan
Ganjadan Bokuga yо‘l oldi. Nigorxonim asli Ganjaning mashhur
Rafibeylilar naslidandir. Otasi Xudodatbey hakim-jarroh, Milliy
Demokratik Respublikasining ilk sog‘likni saqlash vaziri bо‘lgan.
Sovet hukumati bu oilaning boshiga ham ziyoliligi, ham asilzodaligi
tufayli kо‘p kulfatlarni soldi, zulm qildi, butun oilani qirib, yо‘qotishga
kirishdi. Bu zulmlarni shohidi bо‘lgan yosh Nigor Ganjadan Bokuga
yо‘lga chiqdi. Uning butun umr yо‘lini varaqlaganda yosh qizning
poyezdda bir kechalik yо‘lda nelarni о‘ylaganlari, orzulari, xayollari
menga ayondir. Yosh Nigor butun oilasiga kulfatlar solgan sovet
hukumatiga bir umr nafrat bilan qaradi. Shuning uchun u ajdodlari, oilasi
sha’ni, ori, qasdi uchun kurash yо‘lini tutdi. Uning qalbi nafrat va alamlar,
iztiroblarga tо‘la bо‘lsa-da, qalbida hayotga ishtiyoq sо‘nmagan edi. U
qalbida uyg‘ongan bir nur, kuch bilan bu maydonga chiqdi. Uning quroli
hayotga cheksiz ishtiyoq va muhabbati edi:
Kо‘kdan suv yomg‘ir bо‘lib tusharmidi,
Ilk bahorni sevmasaydim.
Baxtli bо‘la olarmidim
Insonlarni sevmasaydim?!
Nigorxonimning qalbida, kо‘nglida qora niyatlar yо‘q edi. Ammo
hayotning boshqa mashaqqatlari, turfa yо‘llari, sо‘qmoqlari bor edi. U
Bokuda pedagogika kollejida kirib о‘qidi. Bu yerda Husayn Jovid va
Abdulla Shoiqdan adabiyotdan saboq oldi. Balki bu buyuk insonlarning
bо‘lajak shoiraga saboq berishi bir qismatdir. Uning ijod olamiga kirib
kelishida bu saboqlar katta ahamiyat kasb etgan bо‘lsa ajab emas. Shu
boisdan, uning qalbida she’rga oshuftalik namoyon bо‘la boshladi.
58
Albatta, Olloh unga ulkan iste’dod ato etgan edi. Paranji uning
matbuotda bosilgan ilk she’ri edi. Shundan sо‘ng u matbuot sahifalarida
kо‘rina boshlaydi. Qora niyatli kishilar yuqori mansabdagilarga yoqish
uchun Rafibeyli imzo bilan matbuotda chiqayotgan shoira qizga bо‘hton
yog‘dirmoqchi bо‘ldilar. Ammo mag‘rur Nigor aqli, farosati, g‘ayrati,
intiluvchanligi bilan bu kurashda g‘olib chiqdi. Shundan sо‘ng u hech
kimdan, hech narsadan qо‘rqmay, chekinmay matbuotda Rafibeyli imzosi
bilan о‘z ijod namunalarini e’lon qildirishdan tо‘xtamadi. Adabiyot
tarixida qatag‘on siyosati bilan kirgan, kо‘p ziyoli va ijodkorlarning
boshiga cheksiz kulfatlarni keltirgan mash’um 30-yillarda ham Nigor
Rafibeyli imzosi bilan she’rlar yozardi. U о‘z zahmati, hallolligi,
haqiqatparastligi Rafibeyli nomi ila mashhur bо‘ldi. Nigorxonim
Ozarbayjon adabiyoti tarixida о‘z uslubi, о‘z ovoziga ega bо‘lgan shoir
Rasul Rza bilan shu yillarda tanishdi. U gо‘zalligi, or-nomusliligi, g‘ururli
va kurashuvchanligi bilan shoirning qalbini zabt etdi. Nigor Rafibeyli
tahsilni Moskvada davom ettirish uchun yо‘llanma oldi. U 1932-
1936-yillarda Moskvada о‘qidi. Ilk she’riy kitobi 1934- yilda chop etildi.
Bu lahzada shoir Rasul Rzaning samimiy e’tirofini xotirladim:
Aqlli, qayg‘udosh bir ayol bilan yashaganim mening eng katta
baxtimdir”.
37 yil, ya’ni qatag‘on siyosati avj pallaga kirdi. Rasul Rza va Nigor
Rafibeylilarning tо‘ylariga kelgan Husayn Jovid, Ahmad Javod, Mikayil
Mushfiq kabilar depressiya qurboni bо‘ldilar. Olloh yosh oiladan о‘z
marhamatini darig‘ tutmadi. Balki Nigorxonimning gо‘zalligi, mardligi
uchun ham Olloh ularni о‘z panohida asragandir. Bu yillarda shoira
qatag‘on, qatllardan qо‘rqib dardini ichiga yutishga majbur bо‘lsa-da,
kurashishdan aslo tо‘xtamadi. Bо‘lmasa, о‘z dardini, alamlarini ispan
xalqining qahramonlik kurashi aks etgan Dolores Ibarruri she’rini
yozarmidi? Yoki Jazoir xalqining milliy ozodlik kurashidan bahs etuvchi
Jamila she’rini qalamga olarmidi? Davr, zamon fikrni ochiq aytishga
imkon bermas edi. Shoira о‘z dardini, о‘z iztirob va alamlarini yo ispan,
yo arab qizi tilidan bayon etdi.
Shoira Nigor Rafibeylining ilhom manbai tabiat gо‘zalliklari edi. U:
bir inja gul, bir chechakka oshiqman”, deya tabiatning naqadar
mо‘jizakorligini e’tirof etar edi. Yozning issiq tafti, qishning izg‘irinli,
tо‘fonli, yashillikdan darak beruvchi oq chechakli bahor shoira
she’riyatida о‘zgacha bir tarovat kasb etar edi. Uning muhabbat tо‘la
she’rlari umr yо‘lini nurafshon etdi. Uning 1974 yilda chop etilgan
Quyoshdan jо‘shqinlik sо‘radim” nomli yashil muqovali kitobini
59
eslayman. Bu paytlar biz о‘rta maktabda tahsil olar edik. О‘sha vaqtda
Nigorxonimning Ganjadan Bokuga yо‘lga chiqqan paytdagi yoshida edik.
Kitob sahifalaridan gо‘zallik, bashariyatga muhabbat izlardik va haroratli
satrlarni havas ila о‘qirdik:
Quyoshdan jо‘shqinlik sо‘radim,
Tо‘lqinlarga ayladim havas.
Tog‘dan ulug‘vorlik sо‘radim,
Insonlardan muhabbat, xolos.
Ne istamay, nima sо‘ramay
Tangri menga berdi birtalay.
Nigorxonim esa bu paytda 60 yoshda edi. Ammo uni yoshlik ishqi,
g‘ayrati, kuchi tark etmagan edi. Keyinchalik mashhur italyan bastakori
Franko Manino Muhabbat haqida kantatasini yozar ekan Nigor
Rafibeylining ham muhabbat lirikasiga yuz tutishini bir tasodif emas,
degan bо‘lardim.
U ona, sevimli rafiqa edi. Umuman, Nigor Rafibeyli 40-yillardan
sо‘ng sarbast yaratish, shuning bilan birga oila tashvishlari bilan band
bо‘ldi. Gо‘zal farzandlar, nabiralarni ulg‘aytirdi. Asarlari kо‘p va xо‘b
о‘qiladigan yozuvchi Anorni dunyoga keltirib, voyaga yetkazdi. Uning
sevimli, mashhur yozuvchi bо‘lganini kо‘rdi. Ona uchun bundan ortiq
ulkan baxt yо‘q. Poeziya tariximizda Maishiy she’rlarsilsilasi ila yangi
bir sahifani ochdi. Ammo bir haqiqat borki, ijodkor inson uchun turmush
hayoti zerikarlidir. Oila, farzandlar uchun turmush ishlaridan,
tashvishlaridan ham voz kechib bо‘lmaydi. Shoiraning о‘g‘li yozuvchi
Anorning mana bu qaydlariga quloq tutaylik: Oila oldidagi burchi, onalik
vazifasi, turmush tashvishlari uning ijodiga tо‘sqinlik qilardi. Biz
hammamiz tо‘siq bо‘lardik... Ijod qilish onlarini, kunlarini, soatlarini
eriga, oilasiga, farzand va nabiralariga bag‘ishlardi. Biz hamisha uning
yonida edik, u bilan birga edik; о‘z-о‘zi bilan, о‘z qalbi, kо‘ngli bilan
yolg‘iz qolmog‘iga imkon bermasdik”. Shunday bо‘lsa-da, Nigor
Rafibeyli ham onalik, ham ijod ishini, burchini ado etardi. Hayot uni
bolalik vaqtidanoq chidamlilikka о‘rgatgan edi. Maishiy she’rlaryozish
bilan birga, u dunyo adabiyotini ham chuqur о‘rganishdan tо‘xtamas edi.
Ozarbayjon klassiklarini о‘qirdi. Adabiyotimizning gо‘zallik mujassami
bо‘lgan Mehseti Ganjaviyning ruboiylarini ozarbayjon tiliga о‘girardi.
О‘zining samimiy, lirik tuyg‘ulari ila uning tarjimalari о‘ziga xos joziba
60
baxsh etardi. Mehseti Ganjaviyning adabiy merosini Nigor Rafibeyli
tarjimasi ila tanishdik, sevib о‘qidik, qalbimizga kо‘chirdik.
Uning tarjimonlik faoliyati ijodining alohida sahifasini tashkil etadi.
Yevripedning Efigeniya”, F.Shillerning Makr va muhabbat”,
A.Chexovning Vanya tog‘a”, Olmazor dramalarini, E.Voynichning
Sо‘na”, O.Goncharinning Bayroqdorlar romanlarini, A.Navoiyning,
A.Pushkinning, M.Lermontovning, T.Shevchenkoning, SH.Petefinning,
A.Mitskevich kabilarning she’rlarini tarjima etib, milliy adabiyotimiz
xazinasini boyitishga о‘z hissasini qо‘shdi. Nigor Rafibeyli tarjimalari
bilan tanisharkanman, bir voqeani xotirladim. 20 yanvarda shahid bо‘lgan
yosh shoir Ulvi Bunyodzodaning yozgan mana bu satrlari xayolimga keldi:
“... lekin bir obraz borki, u nainki mening eng sevimli, ham men har doim
о‘xshamoqqa intilganim adabiy qahramonim ingliz yozuvchisi
E.Voynichning Sо‘na asaridagi Ovod obrazidir. Asar 1897 yilda
yozilgan. Lekin Ovod bizning bugungi kunimiz, kelajagimizdir. U bir qul
bо‘la turib xalqini, о‘z Italiyasini mustamlakachilar zulmidan ozod
qilishga, ulardan qasos olishga intildi. Ovodda bizni о‘ziga jalb qilgan
narsa uning Vataniga, xalqiga cheksiz muhabbati, xalqi bilan hamnafasligi,
qayg‘udoshligi, о‘z maslagidan qaytmasligidir... Bu kayfiyatlar yoshlarga
ayni paytda suv va havo kabi zarurdir. E.Voynichning Sо‘naasari bizni
ichki dunyomizni, dardlarimizni о‘zida aks ettirgan bebaho asarlardan
biridir”.
Bu qaydlarni Ulvi 1986 yilda 17 yoshida yozgan edi. Bu asarni Nigor
Rafibeyli ozarbayjon tiliga mahorat bilan tarjima qilgan edi. Uning butun
tarjimalari, qolaversa, butun ijodi ana shu ruhda yaratilgan. Vatanga
cheksiz muhabbat, tanlagan yо‘lidan chekinmaslik, metin iroda uning
naqadar buyukligini kо‘rsatib turibdi. Dardlari, iztiroblari, alamlari, orzu-
armonlarini о‘z asarlari orqali bayon etdi. Uning tarjimalari ham ijodi
bilan hamohanglik kasb etdi. Ulvi kabi yoshlar vatanga muhabbat hissini,
kurashuvchanlikni, hayotga ishtiyoqmandlikni shu kabi yurakdan otilib
chiqqan tuyg‘ulardan о‘rgandilar.
Nigor Rafibeyli bolalarga atab ham bir qator gо‘zal she’rlar yaratdi.
Bu she’rlar uning Kichkina qahramon”, Mastonning bolalari”,
Quyoshning javobi”, “Bizga bahor yarashartо‘plamlaridan joy oldi.
Nigorxonimning ijodi haqida qalam va ilm ahli tomonidan kо‘plab
maqolalar, kitoblar yozildi. Asarlari kо‘p nusxalarda chop etildi. Uning
hayoti va ijodiga bag‘ishlangan Sizsiz asari yozildi. 50 yillik adabiy
faoliyatining biz bilmagan jihatlarini, sirlarini shoiraning о‘g‘li Anor bu
asari bilan ochdi.
61
Marvarid Dilboziy Nigor Rafibeyliga yozgan bir maktubida shunday
satrlar bor: “Sen shoirsan, jilvakorsan, demak, kuchlisan, abadiysan”.
Ganjadan Bokuga yо‘l olgan yosh qiz kurashlarga tо‘la hayoti,
gо‘zalligi, she’rlari, onalik sevgisi, vafodor rafiqaligi, insonparvarligi bilan
abadiyatga muhrlandi. U minglab qalblarda mangu yashaydi.
62
OLIMNING SHARAFLI VA MASHAQQATLI YО‘LI
9
(Akademik Iso Habbibeylining 70-yilligiga)
16-oktabrda Ozarbayjon FA vitse-prezidenti, Nizomiy Ganjaviy
nomidagi Adabiyot instituti direktori, Milliy Majlis deputati, akademik
Iso Akbar о‘g‘li Habbibeyli muborak 70 yoshni qarshiladi. Iso Habbibeyli
taniqli adabiyotshunos olim, tanqidchi, shoir va dramaturg sifatida
Ozarbayjon ilm-fan olami, adabiy jamoatchilikda nom qozongan. U bir
necha yillardan buyon davlat va jamoat arbobi sifatida mas’uliyatli
vazifalarni bajarib kelayotgan ‘lsa-da, ilmiy izlanishdan aslo chekingan
emas. Uning qator chop etilgan kitoblari, maqolalari, adabiy ishlari buning
yorqin dalili bо‘la oladi.
Iso Habbibeyli 1949-yil 16-oktabrda Ozarbayjonning Naxchivan
shahrida tavallud topgan. Universitetdagi tahsildan sо‘ng Nizomiy
Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti aspiranturasiga qabul qilindi.
О‘zining tirishqoqligi, ilmga tashnaligi, mehnatsevarligi tufayli tez orada
ustozlari e’tiboriga tushdi. Akademik Mammed Ja’far Ja’farovning
rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Uning 1984 yilda
nashr etilgan Romantik lirikaning imkonlari monografiyasi ana shu
izlanishlari samarasidir. Ushbu monografiyada XX asrning buyuk
ijodkorlari bо‘lgan H.Jovid, M.Hodi, A.Sahhat va A.Shoiq kabilar
asarlaridagi romantizm an’analari tadqiq etilgan. Iso Habbibeyli
keyinchalik doktorlik dissertatsiyasini ham muvaffaqiyatli himoya qildi.
Adabiyotshunoslik, tanqidchilik sohasiga doir kо‘plab tadqiqotlar yaratdi.
Uning bu kunga qadar 90 dan ortiq kitobi, 1500 dan ziyod ilmiy
maqolalari e’lon qilingan.
Taniqli olimning klassik va zamonaviy adabiyot namoyandalari ijodi
haqidagi qimmatlari tadqiqotlari Ozarbayjon adabiyotshunosligida alohida
о‘rin tutadi. Uning Nizomiy Ganjaviy, Marag‘ali Ahvadiy, Muhammad
Fuzuliy, Oshiq Aliaskar, Mirza Fatali Axundov, Narimon Narimonov,
Muhammad Hodi, Isa Husaynov, Faridun bey Kо‘charli, Ali bey
Husaynzoda, Husayn Jovid, Samad Varg‘un, Anor, Elchin, Mammed
Araz, Sobir Rustamxonli, Zelimxon YA’qub, Rashod Majid, Hikmat
Mahmud kabi san’atkorlarning ijodi haqidagi tadqiqotlari alohida
ahamiyatga ega.
9
Ushbu maqola Obid Shofiyev bilan hammualliflikda yozilgan.
63
Iso Habbibeyli taniqli ijodkor Jalil Mammedquluzodaning ijodiy
merosining eng peshqadam tadqiqotchisidir. Uning doktorlik
dissertatsiyasi ham aynan ushbu demokrat shoirning ijodiy faoliyati
tadqiqiga bag‘ishlangan. Olimning Mulla Nasriddin adabiy maktabi
haqidagi fikr-mulohazalari diqqatga molikdir: Mulla Nasriddin
Ozarbayjon va turk musulmon olami matbuotining shoh asaridir. Bu
qimmatli jurnal, nafaqat, Ozarbayjon va Kavkazda, balki butun turk
musulmon olamida о‘zining keng ta’sirini ‘rsatdi. Uning ta’sirida qator
turk musulmon mamlakatlarida satira jurnallari dunyoga keldi”.
Iso Habbibeylining Jalil Mammedquluzoda haqidagi tadqiqotlari
Eron, Misr, Ukraina va Vengriyada nashr etildi. Uning Adabiyot
nazariyasi (1985), XX asr Ozarbayjon yozuvchilari (1992), XX asr
boshlarida ijod qilgan Ozarbayjon ijodkorlari (2004), Adabiy-tarixiy
memuar va zamonaviylik (2007), Adabiy shaxsiyat va zamon (2017),
Ozarbayjon adabiyotini davrlashtirish konsepsiyasi va rivojlanish
bosqichlari (2019) yil singari fundamental, ilmiy-nazariy tadqiqotlari
Ozarbayjon adabiyotshunosligining nodir namunalaridir.
Iso Habbibeyli mohir pedagog, tashkilotchi rahbardir. Faoliyatining
katta qismi Naxchivan davlat universiteti bilan bevosita bog‘liq. 20 yil
davomida ushbu universitetda rektorlik qilgan Iso Habbibeyli, faoliyati
davomida oliygohning nufuzini yanada kо‘tarib, uni respublikaning ilmiy-
madaniy markazlaridan biriga aylantirdi. Bu yillar davomida Naxchivan
davlat universiteti dunyoning qator nufuzli oliygohlari bilan turli sohalarda
xalqaro aloqalarni о‘rnatdi. Tashkilotchi va jonkuyar rahbarga yana bir
mas’uliyatli vazifa yuklatildi. Unga Ozarbayjon FA vitse-prezidenti,
Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti direktori vazifalari
topshirildi. Iso Habbibeyli faoliyatining dastlabki davridanoq Ozarbayjon
adabiyoti tarixi keng miqyosda tadqiq etish, klassik ijodkorlarning
asarlarini nashr etish, akademiya bilan boshqa xalqlar ilm-fan markazlari
о‘rtasida aloqalarni rivojlantirishga e’tiborini qaratdi. Buning natijasi tez
orada kо‘rindi. 10 jildligi chop etilishi rejalashtirilgan Ozarbayjon
adabiyoti tarixining dastlabki qismlari nashr etildi. Adabiyot institutida
yangi-yangi shо‘balar tashkil etildi. Hindiston, Xitoy, Yaponiya,
О‘zbekiston, Turkmaniston, Turkiya, Vengriya, Polsha, Mо‘g‘uliston
singari davlat ilmiy markazlari bilan adabiy aloqalar о‘rnatildi.
Hamkorlikda qator xalqaro anjuman, simpozium va davra suhbatlari
tashkil etildi.
Akademik Iso Habbibeylining О‘zbekiston bilan adabiy va ilmiy
aloqalarni yanada rivojlantirishdagi xizmatlarini alohida qayd etib о‘tish
64
joizdir. Uning bevosita tashabbusi bilan Adabiyot institutida Ozarbayjon-
Turkmaniston-О‘zbekiston adabiy aloqalarishо‘basi tashkil etildi. Ushbu
shо‘ba tashabbusi bilan har yili muntazam ravishda о‘zbek adabiyotining
buyuk namoyandlari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur
tavalludiga bag‘ishlangan konferensiyalar tashkil etiladi. Ularda
Ozarbayjon va О‘zbekistonning taniqli olimlari hamda yosh
tadqiqotchilari ishtirok etib qelmoqda. Ushbu shо‘bada qator yosh
izlanuvchilar, doktorantlar Ozarbayjon-О‘zbekiston adabiy aloqalariga
bag‘ishlangan tadqiqotlarini olib borishmoqda. Bularning boshida, albatta,
akademik Iso Habbibeyli turganligi qayd etib о‘tish lozim.
Iso Habbibeylining ilm-fan, Vatan oldidagi xizmatlari Ozarbayjon
hukumati tomonidan munosib taqdirlangan. Jumladan, unga 2007-yilda
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan
Shuhrat ordeni topshirilgan. Shuningdek, Xizmat kо‘rsatgan olim
mukofoti va Sharaf ordeniga munosib kо‘rilgan. Iso Habbibeyli
Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi, akademik. Qolaversa,
u 2001-yilda Nyu-york Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zoligiga qabul
qilingan. 2001-yilda Amerika Tadqiqotlar Institutining Yil odami
2001” mukofotini qо‘lga kiritgan.
Akademik Iso Habbibeyli 70 yoshni qarshi olishi munosabati bilan
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 2019 yil 15
oktabrdagi farmoni bilan 1-darajali Vatan oldidagi xizmatlari uchun
ordeniga munosib kо‘rildi. Bu, albatta, umrini, hayotini ilmga, Vatan
xizmatiga bag‘ishlagan olimga kо‘rsatilgan yuksak e’tirof va hurmatning
yuksak namunasidir.
Shu fursatdan foydalanib, muborak 70 yoshni qarshi olgan Iso
Habbibeylini qutlug‘ yoshi bilan muborakbod etib, kelgusidagi
faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
65
TAQRIZ
ABDULLA QODIRIY: TANQID, TAHLIL VA TALQIN
2011-yilning oktabrida Toshkentda an’anaviy bо‘lib о‘tadigan
Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy
anjumanda ishtirok etish nasib etdi. Bu anjumanga AMEA Nizomiy
nomidagi Adabiyot institutidan professor Nо‘shiba Arasli va men taklif
etilgan edik. Anjuman kо‘tarinki ruhda о‘tkazildi. Bu safar biz uchun
unutilmas taassurotlar va xotiralarga boy bо‘ldi. Fursatdan foydalanib
О‘zbekiston Milliy universitetiga mehmon bо‘ldik. Bu yerda taniqli olimlar
bilan tanishdik va dildan suhbatlashdik. Biz tanishgan olimlardan biri
filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov (Bahodir Karim)
Abdulla Qodiriy adabiy merosiga bag‘ishlangan Abdulla Qodiriy:
tanqid, tahlil va talqin kitobini hadya etdi.
Mustaqillik yillarida о‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy adabiy
merosini о‘rganishda yangicha nuqtai nazar va mezonlar asosidagi
tadqiqotlar yaratila boshlandi. Mazkur kitob ham ana shunday
tadqiqotlardan biridir. Kitob ilmiy-nazariy va qо‘yilgan muammolarga
jiddiy yondashish jihatdan ancha mukammal saviyada yaratilganligi bilan
ajralib turadi. Yirik hajmli Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin
(“Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin”. – Toshkent, Fan, 2006. 232 b.)
kitobi 2006-yilda Fannashriyotida professor Umarali Normatov mas’ul
muharrirligida chop etilgan bо‘lib, unga professor Naim Karimov va
filologiya fanlari nomzodi Uzoq Jо‘raqulovlar taqriz bitganlar.
Kitob Kirish”, Qodiriy ijodiga dastlabki qarashlar (“О‘tkan
yillar va 20-30-yillar muhiti), Adabiy tanqiddagi ziddiyatlar
(“Mehrobdan chayonga munosabat), Ilmiy-adabiy muhit va adabiy
talqin”, Satirik talqin qirralari”, Badiiyat masalasi va ayrim nazariy
qarashlar bahsi”, Badiiy-estetik tafakkurning yangilanishi va
qodiriyshunoslik”, Biografik ma’lumot va talqin”, Xorijda
qodiriyshunoslik”, Xulosa”, Foydalanilgan adabiyotlar nomli 11 ta
bо‘limni о‘z ichiga oladi.
XX asr о‘zbek adabiyoti tarixida Abdulla Qodiriy ijodi alohida о‘rin
tutadi. Uning “О‘tkan kunlarva Mehrobdan chayonromanlari nafaqat
adibga shuhrat keltirdi, balki о‘zbek adabiyoti, nasri tarqqiyotida alohida
hodisalardan bо‘ldi. Bu asarlar dolzarb mavzusi, yozuvchining badiiy
uslubi, milliy ruh, boy badiiy-estetik tafakkur tarzi nuqtai nazaridan
о‘zbek va boshqa qardosh xalqlar adabiyotida eng kо‘p kitobxonlarni
66
о‘ziga maftun etdi. Mashhur sharqshunos olim, akademik Bertels Abdulla
Qodiriyning “О‘tkan kunlar romani haqida tо‘xtalar ekan, uni dunyo
romanchiligi (ingliz, olmon, fransuz, rus va hind romanlaridan)dan
keyingi о‘ringa qо‘yadi. Bu e’tirofning о‘ziyoq romanning badiiy
qimmatini kо‘rsatib turibdi.
Mustaqillik yillariga kelib Abdulla Qodiriyning badiiy olami,
adabiy-estetik ideali, hukmron siyosatning adabiy tanqidga ta’siri,
tahlillardagi vulgar sotsiologizmning yetakchi ekanligi va boshqa
muammolar, masalalar, qarashlar asosida yozuvchi ijodini о‘rganishga
keng imkoniyatlar yaratildi. Iste’dodli olim, zukko tanqidchi Bahodir
Karim tadqiqotining asosini yuqoridagi dolzarb muammolar tashkil etadi.
Ma’lumki, XX asr о‘zbek adabiyotshunosligida, umuman, sobiq
sovet ittifoqi adabiyotshunosligidagi badiiy asarlarning tahlili, talqini
davr, shо‘ro siyosati prinsiplariga uyg‘un edi. Bu davrda Abdurauf Fitrat,
Abdulhamid Sulaymon о‘g‘li Chо‘lpon, Mahmudxо‘ja Behbudiy, Abdulla
Qodiriy, Maqsud Shayxzoda kabi ijodkorlarning asarlari haqida
adabiyotshunoslikda xolis munosabatda bо‘lish, talqin va tahlil qilish
dushvor edi. Mash’um 1937-yil qatag‘onining ilk repressiya qurbonlaridan
biri Abdulla Qodiriydir (shuni qayd etish lozimki, о‘zbek adabiyotining
ustunlaridan bо‘lgan uch buyuk tafakkur sohibi Abdurauf Fitrat,
Abdulhamid Sulaymon о‘g‘li CHо‘lpon, Abdulla Qodiriy ayni bir kunda
hibsga olindi va qatl etildi).
Mustaqillik yillariga kelib о‘zbek adabiyotshunosligi yuqorida tilga
olingan ijodkorlarning adabiy merosini о‘rganish, tadqiq etish yо‘lida keng
imkoniyatlar ochildi. Bu borada bir qator ishlar amalga oshirildi, kitoblar,
maqolalar, risola va dissertatsiyalar yaratildi. Xususan, Aziz Qayumov,
Ozod Sharafiddinov, Tо‘ra Mirzayev, Suyuma G‘aniyeva, Naim Karimov,
Ibrohim Haqqulov, Hamidulla Boltaboyev, Baxtiyor Nazarov va boshqa
iste’dodli, taniqli adabiyotshunoslarning xayrli ishlarini misol qilib
keltirish mumkin. Ular Fitrat, Chо‘lpon, Shayxzoda va boshqa bir qator
qatag‘on qurbonlari о‘zbek adabiyotining, adabiyotshunosligining
yaratuvchilari haqida fundamental tadqiqotlar yozdilar. Bu ishlar hozir
ham davom etmoqda. Abdulla Qodiriyning adabiy merosi haqida yozilgan
Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin monografiyasi shu jihatdan
muhim ahamiyat kasb etadi.
Kitob muallifi ilk bora mustaqillik yillarigacha Abdulla Qodiriy
ijodining о‘zbek adabiyotida, adabiyotshunosligida о‘rganilish masalasiga
diqqatini qaratadi. Tadqiqotlardan shunday xulosaga kelinadiki, istiqlol
yillariga qadar Qodiriy ijodi sotsialistik realizm mezonlari asosida tahlilga
67
jalb qilingan. Bu esa buyuk adib ijodiy dunyosi jozibasini bir butunlikda
qamrab olishda monelik qilgan. Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin
kitobida esa yangicha talqin, baho va mezonlar asosida Qodiriy ijodi
tadqiq etilgan. Kitobning annotatsiya qismida qayd etilgan satrlar tadqiqot
haqida yaxlit tasavvur uyg‘otadi: Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi
tadqiqiga bag‘ishlangan ushbu monografiyada sal kam bir asrlik eng
muhim ilmiy manbalar, adib qalamiga mansub badiiy asarlar yangicha
nuqtai nazardan о‘rganiladi. Kitob XX asr qodiriyshunosligi tarixi va
umuman, о‘zbek adabiyotshunosligi tarixining ilmiy manzarasini
namoyon qiladi. Muallif xorijdagi qator qodiriyshunoslarning asarlarini
о‘rganib, ular xususida ham muayyan ilmiy xulosalar beradi. Eng
muhimi, adabiy-ilmiy manbalarga jahon adabiyotshunosligida mavjud
mezonlar asosida yondashiladi”.
Qodiriy ijodiga dastlabki qarashlar” (“О‘tkan yillarva 20-30-yillar
muhiti)” bо‘limida ilk marotaba Abdulla Qodiriyning 20-yillarning
boshlaridagi yozilgan asarlari haqida ma’lumotlar beriladi. Uning о‘sha
davr matbuot sahifalarida e’lon qilingan Baxtsiz kuyov”, Juvonboz”,
Uloqda kabi asarlari, ba’zi she’rlari, qolaversa hajviy-publitsistik
ruhdagi kichik hajmli asarlari, maqolalari uni xalq orasiga tanitdi. Chunki
bu asarlarda real hayot lavhalari boricha qalamga olingan. Ularda
kundalik hayotdagi haqsizliklar, adolatsizliklar tasvirlangan. Abdulla
Qodiriy dunyo adabiyotidan, xususan, Ozarbayjonda yaratilgan ijod
namunalaridan kо‘p mutolaa qilgan. Uning ijodiga bu adabiy ta’sir
seziladi. U Mirza Jalilning, Mulla Nasriddinning, Sobirning О‘rta Osiyo
xalqlarining adabiy-madaniy hayotiga ta’siri bilan tanisharkan, bu
xususida quyidagilarni qayd etadi: О‘rta Osiyoda Ozarbayjon
adabiyotini о‘qimagan, bilmagan san’atkor yо‘qdir. Biz hajvchilikni
Mulla Nasriddindan о‘rganganmiz. Men qalam tutishni arablardan,
qalam bilan kuldirishni Mulla Nasriddindan о‘rganganman”.
Abdulla Qodiriyning ilk ijodiy asarlarining e’lon qilinishi bilan u
haqida matbuotda ilmiy-adabiy, tanqidiy maqolalar e’lon qilindi.
Abdurahmon Sa’diy Oktabr inqilobi va о‘zbek adabiyoti”, Ali
Ismoilzodaning (Ali Yusuf kabi Ali Ismoilzoda 1918-yilda Fransiyaga
tahsil olish uchun yuborilgan 100 nafar yoshlardan biri edi. Keyinchalik
uning taqdiri О‘zbekiston bilan bog‘landi.) Adabiyot g‘avg‘osi”, Ne’mat
Hakimning “О‘zbek adabiyotida tanqid va adabiy muhokamalar”, Vadud
Mahmudning Bu kungi she’rlarimiz va san’atkorlarimiz” kabi
maqolalarda Abdulla Qodiriy ijodi haqida bahs yuritilgan. Bu orada
yozuvchining “О‘tkan kunlar romani nashr etildi. Bu asar mazmuni,
68
badiiy jihatdan qaraganda nafaqat о‘zbek adabiyotida, balki umuman о‘sha
davr turkiy dunyo adabiyotida katta shuhrat qozondi.
B.Karim “О‘tkan kunlarromani, umuman, yozuvchining 20-yillarda
yaratilgan asarlarini tahlil etishda yangicha, 20-yillardan to hozirgi
davrimizga qadar adabiyotshunoslikda yozuvchi ijodi haqida yozilgan
adabiy-tanqidiy maqolalarni kо‘zdan kechirib, ularni qiyosiy planda
о‘rganadi va shu asosda о‘z fikr-mulohazalari, xulosalarini bildiradi.
Adabiy tanqiddagi ziddiyatlar” (“Mehrobdan chayonga munosabat)
bо‘limida esa yozuvchining ikkinchi mashhur romani Mehrobdan
chayon asari va asar haqida yozilgan adabiy-tanqidiy fikrlar, qayd va
mulohazalardan bahs etilgan. Olim о‘zbek adabiyotshunosligida shu
paytga qadar Mehrobdan chayon asariga ilk munosabat Oybekning
Abdulla Qodiriyning ijodiy yо‘litadqiqoti ila boshlangan degan fikrga
qо‘shilmasligini ta’kidlab, aslida roman haqida ilk munosabat kitob nashr
etilishi bilanoq boshlanganligiga diqqatini qaratadi. U 1929-yilda Sharq
haqiqati gazetasida chop etilgan Miyon Buzrukning Mehrobdan
chayon (Mavzui, sinfiy tusi va tuzilishi jihatidan tekshirilmishdur)”
sarlavhali maqolasini ikkinchi roman haqida yozilgan ilk adabiy-tanqidiy
maqola sifatida keltiradi. Miyon Buzruk asar haqidagi fikrlarini rim
raqamlari ila 11 ta faslda ajratib kо‘rsatadi: I. Romanchilikda tarjima; II.
О‘zbek adabiyotida roman; III. Romanning xulosasi; IV. Shartlar (Bunda
tuzuk jihatlarva kamchiliklar”, deya nomlangan ikkita qism bor); V.
Mafkura jihati; VI. Tuzilish xatolari; VII. G‘ayritabiiy jihatlari; VIII.
Saktalar; IX. Tiplar; X. Ta’siri; XI. Xulosa.
Umuman, bu maqoladan boshlab to hozirgi davrga qadar
Qodiriyning yuqoridagi asari haqida yozilgan adabiy-tanqidiy qayd va
tushunchalarda romanga faqat bir tomonlama yondashilganligi kо‘ramiz.
Monografiyada esa kо‘p tomonlama yondashuv, talqin, tahlil nuqtai
nazaridan yangicha mezonlar asosida tadqiqot olib borilganligini
kuzatamiz. Bu esa kitobning qiymatini yanada oshirgan.
Qolaversa, monografiyaning Ilmiy-adabiy muhit va adabiy talqin”,
Satirik talqin qirralari”, Badiiyat masalasi va ayrim nazariy qarashlar
bahsi”, Badiiy - estetik tafakkurning yangilanishi va qodiriyshunoslik”,
Biografik ma’lumot va talqin”, Xorijda qodiriyshunoslik”, Xulosa”,
Foydalanilgan adabiyotlar bо‘limlarida Abdulla Qodiriyning adabiy
merosi va shaxsiyati mustaqillik mafkurasi asosida tadqiq etilganligini
alohida ta’kidlamoq joiz.
Monografiyaning eng maroqli bо‘limlaridan biri Xorijda
qodiriyshunoslikmavzusidir. Bu bо‘limda A.Qodiriy ijodining dunyoga
69
yuz tutishi sabablari, adib ijodiy merosining xorijda о‘rganilishiga doir
mulohazalar, faktlar keltirilgan. Ayniqsa, “О‘tkan kunlar romani xorijda
keng shuhrat qozonganligi e’tirof etilgan. Bu asar haqida Osiyo va
Yevropaning taniqli adabiyotshunoslari iliq fikrlar bildirgan.
Kitob muallifi professor Bahodir Karimning kitobda Ozarbayjon
adabiyotshunoslarining, umuman, Ozarbayjonda Qodiriy merosiga
munosabatlariga ham tо‘xtalganligidan mamnun bо‘ldim. Kitobni maroq
bilan о‘qidim. Xulosa shuki, mazkur Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va
talqin monografiyasi Abdulla Qodiriy ijodini о‘rganishda yangicha
qarashlar, talqinlarga asoslanganligi bilan qodiriyshunoslikda muhim о‘rin
tutadi.
70
SAFARNOMA
AFG‘ONISTON DIYORIDA OLTI KUN
Navoiy saroy mulozimi bо‘lib u yerda yashagan bо‘lsa-da, hech
qachon saroy shoiri bо‘lmadi. Uning xalq ruhi bilan hamohang, Nizomiy
merosi va an’analarga sodiq bо‘lgan adabiyot tarixidagi buyuk shaxs
sifatida о‘rgandim va bog‘landim. Navoiyning asarlari singari bebaho
bо‘lgan va u о‘zi barpo etgan tarixiy obidalar bugungi kunimiz uchun ham
qimmatlidir. 500 yil avvalgi bu obidalar bir necha urushlar, talon-
tarojlardan bizning davrimizgacha yetib kelishida Navoiyning ruhi madad
bо‘lib turganiga ishonchim komil.
30 yillik ilmiy faoliyatim davomida turk adabiy tilining asoschisi,
XV asr adabiyotining ulkan vakili, mutafakkir shoir, davlat va jamoat
arbobi, turkiy tildagi ilk Xamsamuallifi Alisher Navoiy ilmiy merosiga
mehr qо‘ydim va uning sirli olamiga kirishga jazm etdim.
“О‘zbek shoiri Alisher Navoiyning 575 yillik yubileyiga
bag‘ishlangan simpoziumda qatnashish uchun ikki nafar ishtirokchi
Ozarbayjondan taklif etilgan, ulardan biri siz Olmos xonim, Afg‘onistonga
borishingiz lozim”. AMEA Rayosat Hay’atining Gumanitar Bilimlar
bо‘limining telefonda yuqorida aytilgan gaplaridan rosti rosa
hayajonlandim va hech nimani tushunmaganligimni bildirdim.
Shu kuni Ozarbayjon Davlat Muzikali Teatrida bо‘ladigan Ikki
sarkarda, ikki shoir Shoh Ismoil Xо‘tay va Zahiriddin Muhammad
Bobur nomli adabiy-musiqali namoyishga taklif etilgan edim. U yerga
borishga hozirlandim.
Zalda ekanligimda, AMEAning vitse-prezidenti, Nizomiy nomli
Adabiyot institutining direktori, akademik Iso Habibeyli yaqinlashib,
Afg‘onistonga ketadigan ikki nafar ishtirokchidan biri sifatida sizni
nazarda tutdik, butun sarf-xarajatlarni taklif qilgan tomon tо‘laydi”, - dedi.
Safarga tayyorgarlik uchun atigi bir kun vaqtim bor edi. Pasport
ishlarini yakunlab, biletni olib aeroportga keldim. Oqshom soat 10:00 da
Baku-Istanbul-Kobul yо‘nalishi bо‘yicha uchishimiz lozim edi.
Aviakassadagi xonimning Afg‘onistonga borishdan qо‘rqmaysizmu?”, -
degan savoliga e’tibor bermadim, oilamda ham xuddi shunday savol
berilganda ham hech narsani tushunmagan, e’tibor bermagan edim.
Faqatgina Navoiy tug‘ilgan va abadiy uyquda yotgan gо‘shani kо‘rish va
ziyorat etish fursati tug‘ilganidan sevinchda va hayajonda edim. Bundan
boshqa hech narsa meni о‘ylantirmas va qiziqtirmas edi.
71
10 aprel oqshom soat 10:00 da tayyoramiz Istanbulga yо‘l oldi.
Kobulga qо‘nganimizda sahar soat 10 edi. Simpoziumning tantanali
ochilish marosimiga kechikkan bо‘lsak-da, undan keyingi tadbirlarga
qо‘shildik.
Shaharning butun reklamalari Amir-ul Kalom Mir Alisher Navoiy -
575” yozuvli afishalar bilan bezatilgan bо‘lib, Kobul о‘zgacha bir bayram
ruhiga burkangan edi.
Kobulning chang bosgan tuproqli kо‘chalaridan ketar ekanmiz, birin
-ketin о‘tib turgan harbiy mashinalar va harbiy kishilarni kо‘rib, Bakuda
menga berilgan Afg‘onistonga borishdan qо‘rqmaysizmu?” savoli
yodimga tushdi va endi uni anglaganday bо‘ldim. Ammo bu manzara meni
quvonchimdan ayro qila olmadi.
Amir Alisher Navoiy - 575” bayram dasturxoni biz joylashgan
mehmonxonada yozildi. Mehmonxona gavjum bо‘lib, unda Ozarbayjon,
Turkiya, Eron, Qozog‘iston, О‘zbekiston, Hindiston va Pokistondan
kelgan 200-250 nafar ishtirokchi bor edi. Ishtirokchilar orasida tanish
insonlarimni kо‘rib g‘oyat sevindim. Bu insonlar orasida о‘zimni juda
baxtiyor his etdim. Afg‘onistonning butun ilmiy jamoatchiligi bu yerda
jam bо‘lgan edi. Ularning orasida men taniydiganlar ham bor edi.
Afg‘oniston Milliy Bilimlar Akademiyasining vitse-prezidenti, professor
Muhammad Aslan Afzaliy bilan о‘tgan yili Samarqandda tanishgan edim.
Bakudan hadya uchun olib kelingan kitoblarni akademiyaning kutubxonasi
uchun professor Muhammad Aslan Afzaliyga taqdim etdim.
Sо‘ngra ilk ma’ruzachining ismi e’lon qilindi. Ikki kun davom etgan
ilmiy ma’ruzalardan ayricha, bolalarcha zavq oldim. Navoiy daryosidan
suv ichgan majlis ruhi butun shahar bо‘ylab yoyildi. Navoiy hikmati,
Navoiy falsafasi, Navoiy ishqi, Navoiy romantikasi, Navoiy lirikasi
ruhiyatimizga kо‘chdi, bu holatni butun ishtirokchilar his qilganiga shubha
qilmadim. Dunyo tashvishlarini unutib Navoiy ila ruhan oshno tutindik.
Balki, Navoiy hikmatining siri ham shundadir.
Ozarbayjon olimlaridan kamina Navoiy merosi Ozarbayjon
adabiyotshunosligida va prof. P.Karimov Alisher Navoiy va XVII asr
Ozarbayjon adabiyotimavzularida ma’ruzalar о‘qidik.
Shu kuni Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla simpozium
ishtirokchilari sharafiga dasturxon yozib, sо‘ngra barchaga hadyalar
tarqatdi. Afg‘oniston Davlat kutubxonasi uchun men ham Ozarbayjon-
о‘zbek adabiy aloqalari”, Alisher Navoiy Ozarbayjon
adabiyotshunosligidava Ulvi Bunyodzodaning Afg‘oniston og‘riqlari
kitoblarini hadya etdim.
72
Anjumanning ikkinchi kunini Bobur bog‘ida davom ettirdik. Bu
tarixiy bino Zahiriddin Muhammad Boburning haramxonasiga oiddir”, -
deya afg‘onistonlik mas’ullardan biri bizga ma’lumotlarni taqdim etdi.
Ganch ila va sharq uslubi bilan qurilgan, boshdan oyoq yashilikka
burkangan, atrofi dekorativ yog‘ochlar bilan ihotalangan bog‘chada
aylanib choy ichdik. Soat 3-4lar arafasida ilmiy majlisimiz yakun topdi,
simpozium ishtirokchilariga taqdimnomalar berildi, sо‘ngra suratlarga
tushdik. Keyin shu binoning orqasida joylashgan tarixda 300 yildan
mо‘lroq hukmronlik qilgan Boburiylar imperiyasining hukmdori, nozik
didli shoir, turk adabiyoti tarixida ilk memuar asar Boburnomaning
muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur qabrini ziyorat etdik uning qabri
yonida gul ‘yib о‘z ehtiromimiz va hurmatimizni bajo keltirdik.
О‘zbekistondan tashrif buyurgan, Bobur Xalqaro Fondining prezidenti
Zokirjon Mashrabovning qisqa nutqini tingladik. Konferensiya
ishtirokchilarining bu ziyoratdan mamnunligini ularning kо‘zlaridagi
quvonchdan bilib olish qiyin emas edi.
Boburning о‘zi bino qildirgan boshi-oxiri kо‘rinmaydigan bog‘ni
kezdik, Bobur Jome’sini, Bobur Muzeyini, Bobur Harbiy Istehkomi
deyilgan tarixiy joylarga bordik, odamlar kо‘p edi, bu onlar gо‘yo Bobur
ruhi mehmonlarga peshvoz chiqqandek. Bu yerdagi iliq havo va о‘ziga xos
muhit uni his etishimizga imkon berdi. Garchi kun qorayotgan bо‘lsa-da,
hech kim bu yerni tark etgisi kelmas edi.
Bobur Hindistonda vafot etgan bо‘lsa-da, Kobulda dafn etilishini
vasiyat qilgan edi.
Ikkinchi kuni shomda о‘lkaning vitse-prezidenti, general Abdurashid
Dо‘stim simpozium qatnashchilari (150 nafarga qadar)ga dasturxon yozdi.
Sharq an’analariga uyg‘un holda gо‘zal ziyofat tashkil etildi. Mehmonlar
bir-birlari bilan samimiy suhbatlar qurishdi. Har kishiga hadyalar berildi.
Hech bir kimsa bu gо‘zal tuyg‘ular og‘ushini tark etishni
istamayotganligini sezdim.
Sahar soat 7 da Afg‘onistonning ikkinchi buyuk shahri bо‘lgan
Mozori Sharif shahriga uchdik. Tayyoragohda gullar bilan
qarshilandik.Butun shahar rahbarlari, talaba-yoshlar peshvoz chiqdi.
Shahar boshdan-oyoq bayram libosi ila burkangan edi. Undan sо‘ng
Mozori Sharif Jome’siga keldik. Tarixiy obidaning gо‘zalligi bir meni
emas, boshqalarni ham lol qoldirdi. Tabriz tarixiy me’morlik namunasi
qarshisida tо‘xtab qoldim bu qadar ham sehrli, jozibali bо‘ladimi? Inson
zakovati, tafakkuri, fitrati nelarga qodir? Shu narsani his qildimki, olloh
о‘z bandasini shu qadar sevar ekanki, unga yaratish qudratini in’om etgan.
73
Bu ulkan me’morlik obidasining ichkarisini 3-4 soat kezsak-da, bu yerdan
ketgimiz kelmas edi.
Jome’ning ichkarisida ulkan bir maqbara kо‘rdim: Hazrat Alining
qabri”, - dedilar. Bu tarixiy shaxsning qabrini Nasafda ekanligini
bilardim. Haqiqatni bilib olishga ahd qildim. Birinchi qabr yonidagi hujra
eshigiga kirishga ruxsat sо‘radim, bosh ustiga dedilar, bir necha kishi
maqbara ichiga kirdik, oradagi qabrni ziyorat etib, Fotiha duosini о‘qidik.
Sо‘ngra bu sirdan ogoh bо‘lish maqsadida afg‘onistonlik oqsoqol bir
olimga yaqinlashdim. U kishi ushbu voqeani sо‘zlab berdi: “Kunlardan bir
kuni Sulton Husayn Boyqaro tushida quyuk kulrang va tekis bir makonda
Hazrat Alini qabrini kо‘radi. Tushini bosh vaziri Alisher Navoiyga sо‘ylab
beradi. Navoiy bu tush haqida ustozi, davrining buyuk olimi, shoir
Abdurahmon Jomiydan maslahat oladi. Mavlono Jaloliddin Rumiy
tug‘ilgan Balx shahridan jami 5-10 kilometr atrofida bu tekislikda inshoot
ishlarini boshlaydi. Alisher Navoiy rahbarligida hozir ‘rib turganimiz va
о‘z sehri bilan bizni hayratlantirayotgan samo uzra bо‘y chо‘zgan Mozori
Sharif Jome’si va qabr tiklatadi”. Bu sirli ravishda tiklangan va shaharga
Hazrat Imom Alining mozorini bu yerda bо‘lishiga ishonchdan Mozori
Sharif nomi beriladi.
Bu romantik-reallik ichida Navoiy siymosini yanada buyukligini
yana bir bor his qildim. Bu Jome’ haqida eshitganim bu hikoyatdan bu
jumlalarni yozish jarayonida ensiklopediyalardan boshqa narsa
qidirmadim. Chunki bu hikoyatda Abdurahmon Jomiy tafakkuridan
chiqqan, Navoiy qudrati ila bunyod bо‘lgan milliy tushuncha ruhimga
taskin berdi, yerli aholi turklardan о‘zbek. turkman, marvlardan iborat
bir makonning Mavlono Rumiy tug‘ilgan yerda eshitgan ma’lumotim ila
cheklandim.
Soat 3-4 lar orasi Navoiyning ishq tо‘la misralari jarang topgan bir
binoda Shodlik saroyida yemak uchun tо‘plandik. Sо‘ngra shahar
rahbariyati tarafidan har kishiga hadyalar taqdim etildi: milliy chopon
(xalat) va shirinliklar bilan siylandik, suratlarga tushdik, yangi dо‘stlar
bilan tanishdik, bir-birimizga telefon nomer va elektron manzillarimizni
almashdik.
Gо‘zal bir kundan tо‘ymasak-da, soat 5 da Hirot shahriga tayyorada
jо‘nadik. 45 daqiqadan sо‘ng Hirot shahriga ‘ndik.
Bu yerda Alisher Navoiy bayrami о‘zgacha ruhda ekanligini
tayyoragohdayoq sezish mumkin edi. Istiqlol mehmonxonasiga
joylashdik. Oqshom bо‘lsa-da, Hirotdagi ilk kunimiz yangicha boshlandi.
74
Hirotda Abdurahmon Jomiy, Hofiz Sheroziy, Kamoliddin Behzod,
Lutfiy, Sulton Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Xoja Abdulla Ansoriy,
Gavharshodbegim, G‘iyosiddin Boysunqur singari ulug‘ shaxslar mangu
uyquda yotishibdi. Ularni ziyorat etishga chog‘landik. Bundan tashqari
dunyoga mashhur tarixiy obidalardan Gavharshodbegim maqbarasi, Hirot
Ark Qal’asi, Hirot Muzeyi, Ulkan Musallas kompleksi, mashhur Besh
Minoralarn kо‘rish orzusida edik.
Hirot Navoiy tug‘ilib, ijod qilgan shahardir. U bu yerda mangu
uyquda yotibdi. Hirot tarixini varaqladim: Hirot Afg‘onistonning uch eng
buyuk shaharlaridan biri sanaladi. 500 mingga yaqin aholisini, asosan,
о‘zbeklar, xazarlar, turkmanlar, pushtular, tojik va boshqa xalqlar tashkil
etadi. Yunon tarixchisi Gerodot Hirotni О‘rta Osiyoning don ombori
ekanligini yozib qoldirgan. Miloddan avvalgi 330-yilda shahar Iskandar
Zulqarnayn tomonidan ishg‘ol etilgan. Sо‘ngra Salavkiylar qо‘liga о‘tadi.
Miloddan avvalgi 167-yilda shaharga Parfiyaliklar bostirib kiradi.
Sosoniylar (226-652) davrida Xun va Sosoniylar о‘rtasidagi janglarda
Hirot strategik makon vazifasini о‘tadi. 786-809-yillarda shahar
Abbosiylar tomonidan idora qilinadi. 1000-yilda G‘aznaviylarning, 1040-
yilda Saljuqiylarning himoyasida bо‘ldi. Sо‘ngra Xorazmshohlar davlatiga
qaram bо‘ldi. 1221-yilda Hirot Chingizxon tomonidan yakson etiladi.
1381-yilda Amir Temur davlatining, XV asrning yuz yilliklarida
Qoraquyunlilarning, 1507-yilda Shayboniylarning, 1510-yilda
Safaviylarning, 1750-yilda Ahmadxon Duranining tasarrufida bо‘lgan
Hirot 1860-yilda Amir Dо‘stmuhammad tomonidan Afg‘on davlatiga
bо‘ysundirildi. XIX asr davomida shahar inglizlar, Qajarlar davlati va
Afg‘onlar orasida jang maydoniga aylandi.
Hirot shahrini ‘rishni Hirot Qal’asini tomosha qilishdan
boshladim. Hirotning simvoli bо‘lgan bu qal’a muhtasham kо‘rinishi,
salovati ila mingyilliklardan xabar berib turibdi. Qо‘hna Hirot deyilgan
Qal’aning tepa qismidan shaharning butun manzarasini kо‘rish mumkin.
Hirot Qal’asi ikki nom bilan atalar ekan: Ark qal’asi va Buyuk
Iskandar qal’asi. Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) shaharni zabt
etgandan sо‘ng ushbu qal’ani barpo etdi va 2000 yil davomida qal’a
hukmdorlarning qarorgohiga aylandi.
Mingyilliklarga shohid bо‘lgan Hirot qal’asi qoshida tashkil etilgan
Hirot muzeyini kezdik. Asrlar qatidan xabar beruvchi eksponantlar ila
tanishdik. Har holda bir necha janglarga guvoh bо‘lgan Hirot muzeyida
kо‘pgina boy eksponantlar borligiga guvoh bо‘ldik.
75
Hirot Qal’a devorlari orasidagi keng maydonda tashkil etilgan
Navoiy kechasida yangragan kuy va qо‘shiqlar kechaga yanada
о‘zgacha ruh baxshida etdi. Bu kechadan har kimning mamnunligi bilinib
turar edi. Musiqali qism tugagach, Qal’aning boshqa bir qismida kechki
ovqatni tanovvul qildik. Yangi tanishlar, gо‘zal suhbatlar kechaga
о‘zgacha ruh, joziba baxsh etardi. Navoiy ishqi ila gо‘yo bir oila jam
bо‘lgan edi. Insonlarning yuz-kо‘zida quvonch porlab turar edi. Bu
kechada yangi loyihalar va majlislar haqida sо‘zlandi, rejalar tuzildi.
40-45 yoshdagi bir kishi bizning stolga yaqinlashdi va bizga biz bu
yerda ozchilikni tashkil qiladigan marvliklarmiz. Oramizda she’r, hikoya
yozadiganlar bor. Bu ijod namunalaridan ‘pchilik bahramand bо‘lishini
istaymiz”, - dedi. Shu zahoti elektron manzilim va telefon nomerimni
berdim. О‘z xalqining tarixi, adabiyoti haqida keng ma’lumotlar va ijod
namunalarini menga yuborishlarini taklif etdim.
Kechki soat 12 dan о‘tgan bо‘lsa-da, hech kim (taxminan 150
nafardan kо‘proq kishi) kechani tark etishni istamasdi. She’r majlisi gо‘yo
yangidan boshlangandek, suhbatlar qizigandan qizirdi.
Bir haqiqatni angladimki, Hirot Qal’asi uzoq yillar ichida bunday
gо‘zal mashvaratga guvoh bо‘lmagan bо‘lsa kerak. Shu kuni Qal’a
о‘zgacha, ajib bir kechaga guvoh bо‘ldi. Navoiy ruhi qal’a ichida kezib
yurganiga shubham yо‘q edi.
Yarim tunda Istiqlolmehmonxonasiga keldik. Sahardan ilk ishimiz
Navoiy qabrini ziyorat qilishdan iborat edi.
Navoiy qabri ziyorati uchun yо‘lga chiqdik. Yо‘l-yо‘lakay atrofni
tomosha qildim. Har kim о‘z ishi tomon shoshilar, har kim о‘z yumushi,
о‘ylari ila band edi.
Hirotning qadimiy me’morlik obidalari joylashgan markaziy yо‘liga
chiqdik. 15-20 daqiqada buyuk bir olamga kirib keldik. Bu yerda
Gavharshodbegim qurdirgan masjid ( Kо‘rinishi Samarqanddagi Amir
Temur maqbarasining о‘zi edi), Amir Alisher Navoiyning qabri joylashgan
edi. Avval Navoiy qabrini ziyorat etdik. Qabrga qizil gulchambar qо‘yildi,
bir-ikki nutq sо‘zlandi va shundan sо‘ng maqbaraga kirdik. Qabrning usti
oq marmar bilan qoplangan edi. Maqbara ichkarisida ham nutq ‘zlandi,
televideniya uchun kadrlar olindi. Suratlarga tushildi. Duolar о‘qildi.
Sо‘ngra Temuriylar davlatining ulug‘vorligini о‘zida jamlagan gо‘zal
me’moriy obidalardan Gavharshodbegim Masjidiga yо‘l oldik. Me’mor
Qamariddin Sheroziy tomonidan loyihalangan bu masjid 1418-yilda
Gavharshodbegimning buyrug‘i ila bunyod etilgandir.
76
Ma’lumot uchun aytib о‘tish lozimki, Gavharshodbegim о‘zbek
amiri G‘iyosiddin Kishlikining qizi, Amir Temurning о‘g‘li Hirot hokimi
Shohrux Mirzoning rafiqasi edi. Ularning ikki nafar о‘g‘li bо‘lib, har ikkisi
ham ilmu ma’rifat kishisi edi. Ulardan biri riyoziyotchi, astronom, о‘z
davrining buyuk olimi va shoh, sarkarda Mirzo Ulug‘bek bо‘lsa, ikkinchisi
hukmdor bо‘lish bilan birga xattotlik san’ati, adabiyot va tasviriy san’at
homiysi Boysunqur Mirzo edi. Gavharshodbegim saroyda hukmini о‘tkaza
oladigan siyosatchi, qat’iyatli ayol edi. Jome’ning ichkarisida
Gavharshodbegim, о‘g‘li Boysunqur Mirzo va uch nevarasining qabri bor
edi. Shuningdek, bu yerdagi о‘sha davrga oid eksponantlar, xattotlik
namunalari, kitoblar ham о‘rin olgan.
Bu yerda tarixiy voqealar haqida bir necha ma’ruza va nutqlar
sо‘zlandi. Ozarbayjondan kelgan vakillar о‘laroq Afg‘oniston davlat
televideniyasida munozara-suhbatda ishtirok etdik.
Navoiy maqbarasining orqa tarafida keng maydonni о‘rab olgan
bog‘da mashhur besh minora qad kо‘tarib turibdi. Sulton Husayn
Boyqaroning qabri shu bog‘chada ekan. Bu minoralarning eng balandini
1963-yilda inglizlar ‘pga tutib vayron etgan, sо‘ngra rus (sovet) armiyasi
bu minoralardan qarorgoh sifatida foydalanganligi bois tiklash ishlarini
olib borgan.
Gо‘zal Sharq me’morlik obidalari ulkan bog‘ bilan о‘ralgan edi.
Bog‘dagi ran-barang gul-chechaklar inson ruhini kо‘tarar, unga ajib bir
kayfiyat baxsh etar edi. Bu gullardan taralgan xushbо‘y hidlar atrofga
yoyilib, insonga yoqimli onlarni taqdim etar edi.
Bog‘ yonida daryo oqib о‘tar, uning yonida muzqaymoqlar sotilar
edi. Havo issiq bо‘lganligi bois muzqaymoqxо‘rlikka ehtiyoj sezdik.
Yо‘limizni Hirotning yana bir ‘zal gо‘shalaridan bо‘lgan Musalla
ansambili tomon davom ettirdik. Bu tarixiy ansambil haqida
Samarqanddagi Registonni ziyorat etish chog‘imda eshitgan edim.
Samarqand ansambili Amir Temur, Hirotdagisi esa Gavharshodbegim
tomonidan bunyod etilgan. Samarqandda ta’riflashganidek, bu ansambil
juda ‘zal edi. Musalla ansambili (1417-1438) tо‘rt madrasadan iborat
bо‘lib, о‘rtasi kvadrat , Samarqanddagi esa uch madrasadan tashkil topib
ochiq shaklda edi.
Mashhur tasavvuf vakili, Ma’nolar shoiri va Qur’oni Karim
tafsiri kitoblarining muallifi Xoja Abdulloh Ansoriy (1006-1089)ning
maqbarasi atrofi odamlar bilan gavjum bо‘lib, bir sо‘fining ekstaz holatda
Olloh, Olloh deya duo о‘qish sahnasi juda ta’sirli edi. Shuni alohida
77
qayd etish lozimki, Xoja Abdulloh Ansoriy Payg‘ambarimiz hayotiga oid
eng kо‘p hadis muallifi sifatida ham shuhrat qozongan mutasavviflardan
biridir.
XI asrning boshlarida yashagan Xoja Abdulloh Ansoriy maqrabasini
ziyorat etishga kelganlarning hisobi yо‘q edi. Xalqdan sо‘rab shuni
bildimki, bu ziyoratgohdan odamlarning qadami uzilmas ekan. Maqbara
Musalla ansambilining ichkarisida ochiq maydonda , ansambilga kirish
tomondan juda yuqorida joylashgan. Maqbaraning chap tomonida qad
kо‘targan Xoja Abdulloh Ansoriyning hashamatli, xattotlarning nozik
mehnati singgan 900 yillik tarixga ega obida (5 metr balandlikdagi marmar
toshdan yasalgan me’moriy obida ichkarida saqlanar ekan) yonida suratga
tushdik. Gavharshodbegim ulkan Musalla ansambilini shu maqbaraning
atrofida qurdirgan bо‘lib, bu yerda о‘sha davrning hukmron sulola
vakillarining qabrlari yonma-yon joylashgan. Masalan, Sulton Husayn
Boyqaroning kichik о‘g‘lining qabri diqqatimni tortdi. Sulton Husayn
Boyqaro о‘zi uchun marmar toshdan mashhur xattotlarga qabrtosh
tayyorlatadi. Bu obidani tayyorlash uchun 16 yil vaqt ketadi. Qabrtosh
tayrlangandan 2-3 yil о‘tib Sulton Husayn Boyqaroning kichik о‘g‘li
tо‘satdan vafot etadi va bu me’moriy obidani о‘g‘lining qabri ustiga
qо‘ydiradi. Bu voqeadan 9 yil о‘tib Sulton Husayn Boyqaro vafot etadi va
ikkinchi bunday obidani tayyorlatish unga nasib etmadi. Kirish
chorrahasining balandligi 30 metr bо‘lib, u samo rangli chinni mozaikalar
bilan bezatilgan edi. Kirish barcha ziyoratchilar uchun bepuldir. Ichkariga
kirib tо‘g‘rida tor bir pillapoyadan tepaga kо‘tarilib Hazrat Muhammad
Payg‘ambarimizning soch tolasi saqlanadigan hujraga bosh suqdim.
Ichkarida 3-4 ta bir kishilik alohida-alohida hujralar bor. Har hujrada soch-
soqolli о‘sgan nuroniy kishilar kitob о‘qirdilar (gumonimcha, Qur’oni
Karimedi). Kelib-ketadiganlarga qarab turib, ularni mushohada etib bir
rivoyatni xotirladim. Kunlarini kitobga bosh egib hech nimaga e’tibor
qilmaydigan kishidan sо‘rabdilarki, butun umringizi mukka tushib, tanho
о‘tmoqdan muddaongiz nima? Endi meni tashqi olamda hech narsam
yо‘q. Lekin men hech qachon tanho emasman, doim Olloh yodi, uning
gо‘zal suhbatlari bilan yolg‘iz emasman, deb javob beribdi. Bu ma’noda
ularga hayron qolmadim.
Bir sо‘z bilan aytganda, Musalla ansambilining mо‘jizalar olami,
minglarcha odamlar kelib-ketadigan makonda Ollohga yana bir bor iymon
keltirdim, uni ruhimda his etdim (o naqadar gо‘zal onlar edi!).
Bir haqiqatning mо‘jizaning shohidi bо‘ldimki, bu yerda ayni
paytda ziyoratga kelgan yuzlarcha inson bir-biriga ta’sir etadi, hech kim
78
bir-birini begona his qilmaydi, har kim о‘z dunyosidan gapiradi, duolar
qiladi, qayg‘ularini, muammolarini bо‘lishishadi, yangilanib, poklanib
chiqishadi.
Hirotning gо‘zal manzaralarini sayr etmoq uchun Harirud daryosi
uzra yurdik. XII asrda Saljuqiylar hukmronligi davrida qad kо‘targan
Malan kо‘prigining gо‘zalligi insonni о‘ziga maftun etadi.
Hirotning yana bir me’moriy, gо‘zal obidasi Yangi Tarix muzeyida
bо‘ldik. Sovet armiyasining Afg‘onistonga hujumi natijasida tо‘kilgan
qonlar, о‘sha davr hodisalari aks etgan bu muzey tarixning tilsiz guvohidir.
Bahaybat tanklar, harbiy mashinalar, avtomatlar, tо‘plar (men nomini
bilmaydigan yana boshqa aslahalar)ning ochiq havoda keluvchiga
namoyish etilishi insonlarga urushga, mustamlakachilarga qarshi nafrat
hissini uyg‘otadi. Bu muzeyga kirgan kishi о‘sha davrning og‘riqli,
achchiq fojeasini о‘z kо‘zi bilan kо‘radi. Muzeyga Ulvi Bunyodzodaning
Afg‘oniston og‘riqlarikitobini hadya etdim.
Sahardan boshlangan tarixiy maskanlarga sayohatimiz yakunlanib
gul-chechaklarga burkangan bir boqqa keldik. Suvlarning jildirashi, toza
havo, mayin shabada ajib bir fusunkorlik baxsh etardi. Ochiq maydonda 5-
6 kishilik hujralarda gilamlar ustida о‘rnashdik. Hammamiz bir-birimiz
bilan taassurotlarimizni о‘rtoqlashar edik. Shirin suhbatlar qurdik. Shirin
taomlar, shirinliklar dasturxonga tortildi, sо‘ngra firma va shirkatlar
tomonidan sovg‘alar tarqatildi.
Ochig‘ini aytganda, dо‘kon va bozorlarga chiqishga ehtiyoj qolmadi.
Mehmonxonaga kelib bizga taqdim etilgan sovg‘alarning kо‘pligidan
ularni Bokuga qanday olib ketish haqida bosh qotirdik.
Shu о‘rinda Afg‘oniston xalqi haqida ham bir-ikki og‘iz sо‘zlashni
lozim deb bildim. Bu yerda yashaydigan xalqlar turli о‘lkalardan kelgan
simpozium qatnashchilarini iliq kutib olib, о‘z uyining mehmoni deb bildi.
Ularning xushchaqchaqligi, mehribonchiligi, samimiyligi,
mehmondо‘stligi, munosabatlari qayerga bormaylik - Kobuldami, Mozori
Sharifdami, Hirotdami, har qadamda sezilib turdi. О‘zimizni gо‘yoki о‘z
mamlakatimizdagi bir shahardan boshqa shaharga kelgandek his qildik.
Sharq urf-odatlari, an’analari, odob-axloq, katta-yu kichikka hurmat,
ustoz-shogird munosabatlari saqlanib qolganligiga guvoh bо‘ldik.
Afg‘oniston tuprog‘iga qadam bosgan ilk kunimizdan sо‘nggi
kunimizga qadar butun simpozium ishtirokchilarining yonida yurib, bizga
yuksak ehtirom kо‘rsatgan mas’ul shaxslar Azizulloh Aralbey,
M.Humoyun Xayribey va ularning oilalariga о‘zimizning samimiy
79
minnatdorchiligimizni bildirdik. Ishonamanki, bu ikki shaxsning timsolida
Afg‘onistonda yangi dо‘stlar orttirdik.
Afg‘oniston Amerika askarlari, tolibonlarning hujumidan ozor
chekkanini kо‘rdik. Biz yuqorida qayd etgan tarixiy obidalarning bundan
4-5 yil avval tolibonlarning hujumi oqibatida vayron etilganini eshitdik.
Vatanini sevgan, tarixini, ota-bobolari о‘tgan diyorni, an’analarini
e’zozlovchi Afg‘on xalqi, Afg‘oniston hukumati tez orada vayron bо‘lgan
tarixiy obidalarni tiklash ishlarini olib borishdi. Turistlar yana bu yerga
kela boshlaganligi, butun obidalarni pulsiz ziyorat qilish mumkinligiga
shohid bо‘ldim.
Bokudan samolyot ila Afg‘onistonga jami 2,5 soatlik yо‘l bо‘lsa-da,
Kobul-Istanbul-Boku yо‘nalishi bо‘yicha 7,5 soat uchdik.
Safarimiz boshlangandan boshlab uzoq masofani bosib о‘tgan
bо‘lsam-da, safar qiyinchiliklarini sezmadim. Gо‘zal bir tush kо‘rganday
bо‘ldim. Ulug‘lar ziyorati ila qalbim, ruhim taskin topdi.
Boku-Istanbul-Kobul-Mozori Sharif-Hirot-Kobul-Istanbul-Boku
10-16 aprel, 2016-yil.
80
SUHBATLAR
BOQIY DО‘STLIK RISHTALARI...
(Ozarbayjon Milliy Bilimlar Akademiyasi bosh ilmiy xodimi, filologiya
fanlari doktori, professor Olmos Ulviy (Binnatova) bilan suhbat)
Olmos xonim, avvalo, ushbu suhbatga rozilik bildirganingiz
uchun tashakkur. Alisher Navoiy turkiy dunyoning ulug‘
daholaridan biri. Shuning uchun ham keling, yaxshisi suhbatimiz
uchun Navoiy ijodi, uning umuminsoniy qimmati mavzusini tanlasak.
Aytingchi, Navoiy ijodiy merosi Ozarbayjon adabiyotiga qanday ta’sir
kо‘rsatgan?
Ozarbayjon О‘zbek adabiyotlari bir-biriga shu qadar
chambarchas bog‘liqki, bu о‘zaro ta’sir darajasini muayyan bir detallar
vositasida ifoda etmoq ancha mushkul. Har holda, bir tarixiy fakt bor:
Navoiy Nizomiyni о‘z ustozi deb bilgani holda, Fuzuliy ham hamisha
Navoiyni ustoz maqomida kо‘rgan.
Navoiy adabiy merosi barcha asrlarning tadqiqotchilari diqqat
markazida bо‘lib kelgan. Mening bundan olti yil avval nashr etilgan
Ozarbayjon О‘zbek adabiy aloqalari (davrlar, siymolar, janrlar,
tamoyillar)” nomli monografiyamda adabiyotlarimizaro ijodiy ta’sir
masalalari nisbatan kengroq yoritilgan.
Ozarbayjon adabiyotshunosligida Navoiy ijodiy merosini
о‘rganish qachondan boshlangan?
Men Alisher Navoiy nomini ilk bor maktab yillari (1967-1969
yillar)da sinfdan tashqari о‘qiladigan adabiyotlar orasida Xamsamuallifi
sifatida tanidim. Keyinchalik Boku davlat universitetida tahsil olgan
kezlarimda sobiq ittifoq xalqlari adabiyotini о‘rganish chog‘ida bu genial
о‘zbek shoiri merosi bilan tanishdim. Ammo bu yillarda о‘zbek adabiyoti
yetarlicha chuqur о‘rgatilmaganligi bois men keng ma’lumotlar
ololmaganman. О‘sha paytdagi tasavvurlarimda Xamsa mualliflari
safida Navoiydan oldin Nizomiy, Xisrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy
nomlari bor edi. Turkiy iborasini ishlatish alohida jasorattalab ish edi.
Shuning uchun turkiy tilda yozilgan ilk Xamsaning muallifi haqida
teran ma’lumotlar olish ancha mushkul edi.
Ozarbayjonda о‘rta asr g‘azallari haqida gap borganda esa, Fuzuliy
lirikasi chuqurroq va keng miqyosda о‘rganilar edi. Vaqt oliy hakam, -
81
deydi dono xalqimiz. Zamon о‘zgardi, kо‘p suvlar oqib о‘tdi. Navoiy sо‘z
ma’naviy xazinalariga rо‘para bо‘ldik. Tarixda shaxsning ma’naviy-
ruhiy kamolotini yuksaltirishda Navoiy qoldirgan merosning qimmati xolis
о‘rganila boshlandi. Nizomiy ijodi bilan bir qatorda Navoiy merosini ham
chuqur tadqiq etish о‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Klassik shoirlar
ozarbayjon, о‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz mutafakkirlari adabiy merosi
bir butunlikda turkiy dunyo, keng ma’noda Sharq, butun dunyo
adabiyotining mumtoz namunalari sifatida tadqiqotlarga jalb qilindi. Yer
kurramizni kо‘kda bir quyosh yoritsa, kо‘nglimizni Nizomiy, Rumiy,
Navoiy, Jomiy, Yunus Emro, Fuzuliy, Maxtumquli, Abay adabiy merosi,
ya’ni har biri gо‘yoki yorqin yulduz bо‘lgan allomalarning poetik ovozi
hamda falsafasi nurafshon etadi.
Atoqli ozarbayjon olimi Hamid Araslining Navoiy merosini
о‘rganishdagi xizmatlari ham ulkandir. Imkoni bо‘lsa, olim ilmiy
kuzatishlari negizi haqida ham tо‘xtalsangiz.
Akademik Hamid Arasli yuksak salohiyat sohibi bо‘lib, u о‘z ilmiy
fidokorligi, qо‘lyozmalarga nuktadonlik bilan yondashuv uslubi orqali
Sharq adabiyotining zukko bilimdoni sifatida ilmiy maktab yaratgan.
Keyingi davr avlodi о‘z izlanishlari bilan Hamid Arasli maktabidan
bahramand bо‘lib, uni rivojlantirishmoqda.
Hamid Araslining Sharq xalqlari adabiy-badiiy tafakkur tarixi, qadimgi
turkiy, fors va arab tillaridan amalga oshirilgan tarjimalari, darslik hamda
qо‘llanmalari milliy ruhda ekani e’tiborga loyiqdir. Uning Ozarbayjon
adabiyoti tarixi bilan bog‘liq muhim xizmatlaridan biri 1960 yilda
nashrdan chiqqan uch jildlik Ozarbayjon adabiyoti tarixikitobidir. Unda
turkiy tilli ozarbayjon adabiyotining rivojlanishida muhim rol о‘ynagan
G‘ozi Burhoniddin, Nasimiy, Kishvariy, Xatoiy, Fuzuliy kabi
san’atkorlarning Ozarbayjon adabiy tafakkuri tarixida tutgan о‘rni
kо‘rsatib berilgan.
Hamid Arasli Sharq xalqlari adabiy merosiga qiziqish bilan qaragan.
Ozarbayjon adabiyoti klassiklari merosi bilan bir qatorda Firdavsiy, Jomiy,
Hofiz, xususan, buyuk о‘zbek shoiri Alisher Navoiy merosini ham
atroflicha tadqiq qilgan. Olim о‘rta asrlar ozar adabiyotining adabiy
aloqalari bilan bog‘liq ilk tadqiqotlar muallifidir.
Bugungi kunda Ozarbayjonda Alisher Navoiy ijodiy merosiga
bо‘lgan qiziqish qay darajada?
Ozarbayjonda Navoiy ijodi Nasimiy, Fuzuliy bilan yonma-yon
82
sevib о‘rganiladi, tadqiq qilinadi. Uning merosi haqida ilmiy tadqiqotlar
yozilmoqda. о‘nlab dissertatsiyalarda Navoiy dahosiga murojaat qilinadi,
yuzlab ilmiy asarlarda esa undan ibratli iqtiboslar keltiriladi. Bu
shunchalik keng qamrovli jarayonki, uning miqyosini aniq raqamlar bilan
ifodalash imkonsiz. Navoiy turkiy dunyoning о‘lmas namoyandasidir.
Mening bu mutafakkir shoir haqida kо‘plab maqolalarim chop etilgan.
Umuman olganda, о‘zbek adabiyoti bilan bog‘liq 150 dan ortiq maqola va
tarjimalarim e’lon qilingan. Ayni mavzuda ikkita kitobim chop etilgan,
uchta kitobim esa hozirda chop etilish arafasida.
Sizda Alisher Navoiy ijodiga bо‘lgan qiziqish qachondan
boshlangan? Bu bebaho ma’naviy xazina sizni nimasi bilan maftun
etgan?
Navoiy merosiga bо‘lgan qiziqish menda 30-35 yillar ilgari
boshlangan. Genial shoir merosi meni birinchi navbatda о‘ynoqi g‘azallari
bilan о‘ziga maftun etgan. Fuzuliy devonidan Navoiyga bog‘langan
naziralarni о‘qib ikki ulug‘ allomaning о‘zaro ehtiromida yuksak ibrat
namunasini kо‘rdim. Ma’lumki, ulug‘ ozar shoiri Fuzuliy Navoiyning
‘rgach radifli g‘azalidan ta’sirlangan va shunday radifli g‘azal
yozgan.
Mumtoz shoirlarimizning bir-birining adabiy merosiga mehr-muhabbati
chindan-da tahsinga sazovor.
О‘zbek olimlari sizni adabiyotimizning tolmas tadqiqotchisi
sifatida bilishadi. Bunga sizning Alisher Navoiy ozarbayjon
adabiyotshunosligida kitobingiz bilan tanishish sabab ‘lgan. Bu
kitobning yozilish tarixi haqida ham tо‘xtalsangiz.
Men Navoiy hayoti va ijodi haqida ozarbayjon
adabiyotshunosligida mavjud maqolalarni tо‘plab, 2009 yilda Alisher
Navoiy ozarbayjon adabiyotshunosligida nomli kitobimni nashr
qildirdim. Bu kitob ozarbayjon adabiyotshunosligida Navoiy haqida
jamlangan yagona tо‘plamdir.
Qaysi о‘zbek navoiyshunos olimlari bilan hamkorlik qilasiz?
Eng avvalo, Suyuma G‘aniyevani о‘z ustozim deb bilaman. Aziz
Qayumov, Ibrohim Haqqul, Hamidulla Boltaboyev va umuman,
О‘zbekistonda Navoiy hayoti, ijodiy merosi bilan shug‘ullanuvchi barcha
navoiyshunoslar mening yaxshi hamkorim, dо‘stim va maslakdoshimdir.
83
Bugungi kunda dunyo miqyosida Navoiy ijodiy merosini
о‘rganish qay darajada deb bilasiz?
Bugungi kunda turkiy dunyo klassiklari safida Nizomiy, Navoiy,
Fuzuliy merosi alohida ehtirom bilan о‘rganiladi. Mustabid tuzum davrida
allomalarimiz ijodiy merosi bir tomonlama tadqiq etilgan bо‘lsa, milliy
istiqlol yillariga kelib, asl manbalar asosida tadqiq etila boshladi. Xususan,
Navoiyning 20 jildlik mukammal asarlari va 10 jildligi chop etildi.
Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodini
о‘rganayotgan shogirdlaringiz bormi?
Albatta, Ozarbayjon Milliy Bilimlar Akademiyasining Nizomiy
nomidagi Adabiyot instituti va Z.Bunyodov nomli Sharqshunoslik instituti,
Fuzuliy nomli qо‘lyozmalar institutida Navoiy ijodiy merosini tadqiq
etayotgan izlanuvchi tadqiqotchilarga samimiy maslahat berishga harakat
qilayotganimdan mamnunman. Muhimi, ular orasida umidli
doktorantlarim ham bor.
Agar sir bо‘lmasa, istiqboldagi rejalaringiz haqida ham bir-
ikki og‘iz aytib о‘tsangiz.
Men har doim ilmiy ijod bilan band bо‘laman. Ba’zan shunday
bо‘ladiki, bir maqolani tugatmay boshqasini boshlayman. Hozirda nashr
etishga mо‘ljallangan 6-7 ta kitobim bor. Sir emaski, ularni chop etishda
ayrim moliyaviy muammolar о‘am yо‘q emas. Men 20 ga yaqin xalqaro
konferensiyalarda ishtirok etishga taklifnomalar oldim. Bu hol menga
tinmay izlanish mas’uliyatini yuklaydi.
Ehtimol, shu bois bо‘lsa kerak, bu yilni yangi rejalar bilan
boshladim. Navoiyning 574 yillik yubileyiga atab Bakir Chо‘ponzoda:
Navoiyning tili va tilchiligi haqida nomli maqola haqida mulohazalarim
degan tadqiqotimni tayyorlab Toshkentga yubordim. Shuningdek, 1990
yilgi Boku voqealari vaqtida shahid bо‘lgan Ulvi Bunyodzoda adabiy
merosini tadqiq etish va nashr ettirishga harakat qilyapman. Uning Umr
yо‘li” dostonini о‘zbek tiliga о‘girgan shoira Xosiyat Rustamova bilan
hamkorlik qilyapmiz.
Alisher Navoiy shz Xamsasida Emas oson bu maydon ichra
turmoq, Nizomiy panjasiga panja urmoq deydilar. Nizomiyga
bag‘ishlangan bu faxriya sizda qanday tuyg‘ular uyg‘otadi?
Shubhasiz, buyuk iftixor tuyg‘usi. Chunki, Navoiyning ustozlariga
84
bо‘lgan ehtiromi, baland martabali, kamtarona, xolis hamda xokisor tabiati
haqida yetarlicha tasavvur bera oladi. Bu esa shoir dahosiga bhlgan
ehtiromimni yanada yuksaltiradi.
О‘zbek-ozarbayjon adabiy dо‘stligi va hamkorligi Nizomiy-Navoiy
timsolida olis moziyga borib tutashadi. Muhimi, ular bir-biriga ustoz
edilar. Zotan, asrlar qa’ridan kelib qalblarni nurafshon etuvchi bu
mamlakatlararo ijodiy hamkorlik, ma’naviy-ruhiy yaqinlik abadiy bо‘lsin!
Olmos xonim, suhbatimiz samimiy kechgani uchun tashakkur
bildiraman. Katta rahmat, salomat ‘ling!
Obid Shofiyev suhbatlashdi.
Manba: Surxon yoshlari”,
2015-yil 27-iyun, № 12-13.
85
OLTI ASRLIK TARIXGA EGA OZARBAYJON-О‘ZBEK
ADABIY ALOQALARI DAVOM ETADI...
Adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori Olmos Ulvi Binnatova
о‘lkamizda о‘zbek adabiyotining tolmas tadqiqotchisi sifatida tanilgan.
Olima ayni paytda AMEA Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining
Ozarbayjon-Turkmaniston-О‘zbekiston adabiy aloqalari shо‘basining
mudiridir. О‘zbek adabiyotiga doir bir qator tadqiqotlarning muallifidir.
- Olmos xonim, Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalarining tarixi
qachondan boshlanadi?
- Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalarining tarixi qadim davrlarga
borib taqaladi. Bu aloqalarning manzarasini tasavvur etmoq uchun ba’zi
faktlarga murojaat etmoq joizdir. Besh jildlik “О‘zbek adabiyoti tarixi
kitobida Nizomiyning о‘zbek adabiyotiga ta’siri alohida qayd etiladi. Bu
asarda Xorazmda ismi no‘malum о‘zbek shoiri Miftoh ud-adl nomli
asari mavzusini Nizomiyning Shoh va ikki boyqush hikoyatidan
olganligi ta’kidlanadi. Xusrav va Shirin muallifi Qutb Xorazmiy
Nizomiydan kо‘p narsani о‘rganganligini e’tirof etadi. Lutfiy, Xorazmiy,
Durbek, Gadoiy, Atoiy, Sakkokiy kabi о‘rta asr о‘zbek klassiklarining
Ozarbayjon adabiyotidan ta’sirlanganligini aytib о‘tish lozim deb
о‘ylayman. Haydar Xorazmiy ilk bor Nizomiyning Sirlar xazinasi asari
ta’sirida о‘zining Maxzan ul-asrordostonini qalamga olgan. Buyuk shoir
Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh vazir lavozimida ishlagan
vaqtlarida Nizomiy Ganjaviyning Xamsa sining eng qimmatli
nusxalarini xattotlarga maxsus kо‘chirtirganki, bu nusxalar bugungi kunda
eng noyob qо‘lyozmalar bо‘lib turibdi. Navoiy Nizomiyning о‘ziga ustoz
bilib, uning Xamsa dostoni ta’sirida ilk bor turkiy tildagi Xamsani
yaratdi. Bu asar turkiy xalqlar adabiyoti tarixida о‘ziga xos inqilob yasadi.
- Har ikki tomonda adabiy aloqalarga doir qanday tadqiqotlar amalga
oshirilmoqda? О‘zbek adabiyotiga oid tadqiqotlaringiz haqida ham
tо‘xtalib о‘tsangiz?
- Bu adabiy aloqalar qadimdan beri davom etib kelmoqda. Mutaxassislar
har ikki xalq о‘rtasidagi adabiy-badiiy, ilmiy-nazariy masalalarda
yetarlicha ma’lumotga egadirlar. Ikki xalq adabiyotida bugunga qadar
86
yaratilgan va yaratilayotgan badiiy asarlar tadqiqot obyekti bо‘lib
kelmoqda. Ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalari tarixida Nizomiy
merosining о‘zbek klassik shoirlari ijodiga ta’siri alohida о‘rin tutadi. Ayni
paytda XV asrdan sо‘ng Navoiyning Ozarbayjon adabiyotiga, jumladan,
Fuzuliy, Kishvariy singari Ozarbayjon klassik shoirlarining ijodiga
sezilarli ta’siri borligini ta’kidlamoq joizdir. Bu adabiy faktlar mening
Alisher Navoiy Ozarbayjon adabiyotshunosligida (Boku, 2009) nomli
maqolalar tо‘plamimda yanada kengroq aks etgan. Doktorlik
dissertatsiyam asosida nashr ettirgan Ozarbayjon-о‘zbek (chig‘atoy)
adabiy aloqalari: davrlar, siymolar, janrlar, tamoyillar (2008) nomli
monografiyamda adabiy aloqalarni besh bо‘limga bо‘lganman. Bu
bо‘limlar Ozarbayjon о‘zbek adabiy aloqalarining 600 yillik tarixini
о‘ziga qamrab oladi.
Bu yil “О‘zbek adabiyoti (adabiy portretlar, tadqiqotlar, suhbatlar)”
va Toshkentda о‘zbek tilida nashr etilgan “О‘zbek adabiyoti va
Ozarbayjon (tadqiqotlar, adabiy portretlar, suhbatlar)” nomli kitoblarim
chop etildi. Bu ikki kitobda о‘zbek adabiyotiga oid tadqiqotlarim о‘rin
olgan. О‘zbek matbuotida e’lon qilingan suhbatlarimda ikki xalqning
adabiy dо‘stligi haqida fikr yuritganman. Shu kunga qadar 100 dan ortiq
ilmiy konferensiya va simpoziumlarda о‘z ma’ruzalarim bilan ishtirok
etgan bо‘lsam, ularning aksariyati о‘zbek adabiyoti tadqiqoti bilan
bog‘liqdir.
- О‘zbekistonda bizning adabiyotimizga oid tadqiqotlar borasida
nimalar deya olasiz?
- Toshkentda о‘zbek olimi Natan Mallayevning Nizomiy Ganjaviy
adabiy merosi va uning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati nomli
monografiyasida ikki xalqning adabiy aloqalari keng yoritilgan. Adabiy
aloqalar doirasida о‘nlab tadqiqotlar yaratilgan, dissertatsiyalar yozilgan.
Nizomiy Ganjaviyning Yetti ‘zal”, Layli va Majnun”, Sirlar
xazinasi”, Iskandarnoma asarlaridan parchalar Guldasta (1947),
Tanlangan asarlar (1983), Marvaridlar ummoni (1989) kitoblaridan
о‘rin olgan. Shuningdek, shoirning Layli va Majnun(2005) va Xusrav
va Shirin (2005) dostonlari va boshqa asarlari fors tilidan о‘zbek tiliga
tarjima qilinib nashr etilgan. Bugungi kunda Ozarbayjon Madaniyat va
Turizm nozirligi, Ozarbayjonning О‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi
Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon Madaniyat Markazining (OMM)
loyihasi asosida Nizomiy Ganjaviy Xamsasi о‘zbek tilida nashr etildi.
87
Mustaqillik yillariga kelib adabiy aloqalar tarixida yangi bir sahifa
ochildi. Bu yillarda ozarbayjon tilidan о‘zbek va о‘zbek tilidan ozarbayjon
tiliga bir qator asarlar tarjima qilindi. Bu tarjimalarning aksariyatini ikki
xalq adabiyotidagi yurt ozodligi uchun kurashgan qahramonlar,
vatanparvar kishilar obrazlari aks etgan asarlar tashkil etadi. Bu borada
Baxtiyor Vahobzoda, Xalil Rza Uluturk, Mamad Araz, Fikrat Qosa, Voqif
Samadо‘g‘li kabi shoirlarning, Yusuf Samadо‘g‘li, Anor, Elchin va
nosirlarning nasriy asarlarini о‘zbek tiliga; Abdulla Oripov, Erkin
Vohidov, Usmon Azim, Usmon Qо‘chqor, Shavkat Rahmon, Xayriddin
Sultonov, Abdulhamid Ismoyil kabi о‘zbek shoir va yozuvchilarining
asarlarini ozarbayjon tiliga qilingan tarjimalari yuqoridagi fikrlarimizga
misol bо‘la oladi.
Bundan tashqari Ulvi Bunyodzodaning hikoya va she’rlari о‘zbek
tiliga tarjima qilinib gazeta va almanaxlarda e’lon qilindi.
Usmon Qо‘chqorning Ozarbayjon adabiyotidan qilgan tarjimalari
diqqatga sazovordir. Uning Mirza Jalil, M.E.Sobir, Muhaad Hodi, Husayn
Jovid, Ja’far Jabbarli va boshqa klassiklarimizdan, xususan, Husayn
Jovidning Iblis”, Oqsoq Temur”, Shayx San’on” asarlarining tarjimasi
О‘zbekiston adabiy jamoatchiligi tomonidan iliq kutib olindi. Sо‘nggi
yillarda XX asr Ozarbayjon she’riyati antologiyasi(Toshkent, 2013) va
Umrdan uzun kecha” (Ozarbayjon yozuvchilarining hikoyalari. Toshkent,
2014) tо‘plamlari nashr etilishini adabiy aloqalar sohasidagi ishlarning
samarasi deyish mumkin.
Ozarbayjonda ham bu borada kо‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Adabiyot institutida Ozarbayjon-Turkmaniston-О‘zbekiston adabiy
aloqalari shо‘basi tashkil etildi. Shо‘baning eng kо‘zga kо‘ringan
ishlaridan biri “О‘zbekiston adabiyoti antologiyasi nashrga
tayyorlanmoqda. Umuman, adabiy aloqalarga doir ishlar muntazam davom
etib turibdi.
Sulton G‘olibо‘g‘li suhbatlashdi.
(Ozarbayjon tilidan Obid Shofiyev tarjimasi)
Manba: “Surxon yoshlari, 2017-yil 17- yanvar. № 1-2.
88
BALAND MINBARLARDA NAVOIY HAQIDA ‘Z
AYTISH MEN UCHUN SHARAFLIDIR...”
(Ozarbayjon Respublikasi AMEA Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti
Ozarbayjon-Turkmaniston-О‘zbekiston adabiy aloqalarishо‘basining
mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Olmos Ulviy bilan suhbat)
1. Olmos xonim, shunday sо‘z san’atkorlari borki, ularning ijodi asrlar
о‘tsa-da, о‘z qiymatini yо‘qotmaydi. Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bobur kabi
klassik ijodkorlarni ular qatoriga qо‘ya olamiz. Alisher Navoiy nafaqat
turkiy xalqlar, balki dunyo adabiyoti taraqqiyotiga ham ulkan hissa
qо‘shgan san’atkorlardan biri desak yanglishmaymiz. Bu zotni qancha
ta’riflasak ham kamlik qiladi. Ozarbayjonda ham Alisher Navoiy asarlari
sevib о‘qiladi va e’zozlanadi. Shunday emasmi?
Gaplaringiz juda tо‘g‘ri. Klassiklarimizning adabiy merosi, asarlaridagi
ma’naviy-axloqiy qarashlar, falsafiy tushunchalar, g‘oyaviy mazmuni bilan
bugungi kunda ham о‘z dolzarbligini yо‘qotmagan. Bularning hammasi
ularning hayotiy tajribalari, keng dunyoqarashlari, chuqur bilimining
natijasidir.
Afzaliddin Xoqoniy, Nizomiy Ganjaviy, Imomiddin Nasimiy,
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Sulton Husayn Boyqaro, Zahiriddin
Muhammad Bobur, Lutfiy, Muhammad Fuzuliy... Ollohga shukurki, bu
rо‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin. Olloh bizga yana shu singari
buyuk shaxslarni in’om etganki, ular dunyo ma’naviy xazinasinining bebaho
xazinasi, javharlaridir.
Shubhasizki, Alisher Navoiy umumturkiy dunyoni о‘z asarlari bilan
zabt etgan mutafakkirdir. Uning adabiy merosi asrlar osha о‘z qiymati va
dolzarbligini yо‘qotmay kelmoqda. Olloh ana shunday buyuk siymoni
о‘zbek xalqi taqdiriga bitgani ularning baxtidir.
Sizning yuqoridagi fikrlaringizga qо‘shimcha qilib Afzaliddin Xoqoniy
va Qosim Anvar singari siymolarning nomlarini ham qayd etishni istardim.
Ular haqida о‘rta va oliy ta’lim tahsili davomida bilgan va asarlarini о‘qigan
bо‘lsak-da, men bu siymolarning ijodi haqida Navoiyning asarlaridan
kengroq tasavvurga ega bо‘lganman desam xato qilmagan ‘laman. Har gal
ularning asarlarini qо‘limga olganimda beixtiyor xayolimga Navoiy siymosi
gavdalanadi. Ularning boy adabiy merosiga nazar tashlasak yana bir bor
ulug‘ san’atkorligiga amin bо‘lamiz. Navoiy Majolis un-nafois asarini
89
Qosim Anvardan boshlaydi. Nasoyim ul-muhabbat asarida esa Xoqoniy
qasidalari haqida keng tо‘xtaladi.
Men yigirma yildan buyon Alisher Navoiy ijodini о‘rganaman. Hamon
shu yо‘ldaman. Har safar uning ijod ummoniga shо‘ng‘ir ekanman, bu
ummon hali о‘zining ochilmagan sirlariga tо‘la ekanligiga amin bо‘laman.
Alisher Navoiy nafaqat о‘zbek xalqining, buyuk turk dunyosining, balki
jahon adabiyotining ulkan ‘z san’atkori, ularning hayratiga sazovor bо‘lgan
kо‘ngil me’moridir.
Uning о‘zbek tilida yaratilgan Xazyin ul-maoniynomli tо‘rt devonni
о‘z ichiga olgan asari butun turk xalqlari adabiyotiga katta ta’sir ‘rsatgan:
Agar bir qavm, gar yuz, yо‘qsa mingdur,
Muayyan turk ulusi xud meningdur.
Olibmen tahti farmonimg‘a oson,
Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.
Xuroson demakim, Sherozu Tabrez
Ki, qilmishdur nayi kilkim shakarrez.
Kо‘ngul bermish sо‘zumga turk jon ham,
Ne yolg‘uz turk, balkim turkmon ham.
Ne mulk ichraki bir farmon yibordim,
Aning zabtig‘a bir devon yibordim.
Bu devon tutti ul kishvarni andoq
Ki, devon tuzmagay daftarni andoq.
Ozarbayjonda har kishi uchun Alisher Navoiy о‘lmas va donishmand,
aziz avliyodir.
О‘z davrida Alisher Navoiy Hirotda Navoiy madrasasida tahsil
olgani kelgan ozarbayjonlik yoshlarga g‘amxо‘rlik qilgan, ular Husayn
Boyqaro saroyida e’zozlangan. Bu faktlarga men shoirning Majolis un-
nafoisasarida duch keldim.
Ulug‘ shoir hali 4-5 yoshlaridayoq Mavlono Qosim Anvarning
qasidalarini yod olib kо‘pchilikning hayratiga sazovor bо‘lgan. Keyinchalik
u Qosim Anvarning asarlari ta’siri ostida falsafiy asarlarini yozdi. Shuning
bilan birga Navoiy vazirligi davrida Jom shahri yaqinida Mavlono Qosim
Anvarga maqbara qurdirib о‘z ehtiromini ‘rsatdi.
90
О‘z tadqiqotlarimdan kelib chiqib bir narsaga amin bо‘ldimki, Alisher
Navoiy adabiy merosi о‘zbek, turk va boshqa xalqlar tadqiqotchilaridan
avvalroq Ozarbayjon olimlari tomonidan о‘rganilgan.
2. Bilamizki, Alisher Navoiy Nizomiy panjasiga panja urib”, uni
о‘zining ustozi bilib ilk bor turkiy tilda Xamsadostonini yaratgan. Lekin
Navoiydan keyin hech bir ijodkor bu ishga jur’at qila olmadi. Navoiy
Xamsasining badiiy qimmatini qanday baholaysiz? U о‘zidan avval
yaratilgan Xamsalardan qaysi jihatlari bilan ajralib turadi?
Alisher Navoiy butun ijodiy faoliyati davomida Nizomiy asarlaridan
ruhlandi, uning ulug‘ san’atkorligi, shaxsiyati oldida doim о‘z ehtiromini
namoyon etdi.
Xususan, о‘z Xamsasidan о‘rin olgan dostonlarida Nizomiyni tilga
olib, uni о‘ziga ustoz deb bildi, unga ta’riflar bitdi.
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig‘a panja urmoq.
Tutaykim qildi о‘z changini panja,
Nekim urdi aning changiga panja.
Kerak sher oldida ham sheri jangi,
Agar sher о‘lmasa, bori palangi.
Farhod va Shirin dostonidan keltirilgan yuqoridagi parchadan
kо‘rinadiki, Nizomiy panjasiga panja urib, bu maydonda qalam tebratish
mushkul va shuningdek mas’uliyatli vazifa ekanligini qayd etadi. Navoiy bu
ishga jur’at etib qо‘liga qalam oldi va ilk bor turkiy tilda Xamsayaratdi.
Bu bilan u о‘z nomini manguga muhrladi. Shuningdek, о‘z ustozlarini
yо‘lini munosib davom ettirdi, turkiy til himoyasida sharafli vazifani ado
etdi. Bugungi kunda uning nomi о‘zidan avval yashab ijod etgan ulug‘
san’atkorlar nomi bilan yonma-yon turibdi.
Aning bu ganjidin topmay kishi kom,
Nechukkim ganjroshi Ganja orom.
Agarchi Ganjada oromi oning,
Vale ganj uzra doim gomi oning.
Kо‘ngul kunjin qilib ganji maoniy,
Og‘iz abvobi savtidin nihoni.
91
Iki labdin eshiklar aylabon ul
Ki, har kim topmag‘ay ul ganj aro yо‘l.
Vale me’mori hikmatsozi oning,
Burundin qildi sangandozi oning.
Nizomiy va Navoiyni 300 yillik vaqt masofasi ajratib turibdi.
Albatta, Dehlaviy, Nizomiy va Navoiy Xamsalarining bir-biridan farqli
jihatlari kо‘p. Navoiy Xamsasi avvalgilaridan farqli о‘laroq turkiy tilda
yaratilgan. Nazarimda, Navoiy Xamsasi nafis tili, gumanistik va
insonparvarlik, falsafiy qarashlari, poetik mahorati jihatidan yuksak
maqomga kо‘tarilgan.
Tabiiyki, bu asarlar mazmunidagi gumanizm, ishq, sevgi, Allohga
muhabbat, sadoqat tushunchalari ularni birlashtirib turadi.
3. Navoiyning Fuzuliy ijodiga kо‘rsatgan ta’sirini qaysi omillar bilan
baholash mumkin?
Navoiy Nizomiy Ganjaviyni о‘ziga ustozi bilgani о‘laroq, Fuzuliy ham
Navoiyni ustoz deb bilgan. Dunyo she’riyatida Fuzuliyning lirikasi katta
о‘rin tutadi. Albatta, uning lirikasida Navoiyning ruhi, ovozi, nafasi sezilib
turadi. Fuzuliyning mana 500 yildirki dillardan-dilga kо‘chib kelayotgan
kо‘plab g‘azallari Navoiy g‘azallariga nazira tarzida bitilgan. Albatta, bu
adabiy ta’sirni bir necha omillar bilan baholash mumkin. Bu alohida
tadqiqotlarni talab qiladi.
4. Ozarbayjon adabiyotshunosligida Alisher Navoiy ijodini о‘rganish va
tarjima qilishda Faridunbey Kо‘charli, Hamid Arasli, Panoh Xalilov,
Jannat Nag‘iyeva, Xalil Rza Uluturk, Komil Vali Narimonо‘g‘li, Ramiz
Asqar, Tarlon Quliyev singarilarning о‘rni benihoya kattadir. Bugungi
kunda Ozarbayjonda navoiyshunoslik sohasida qanday ishlar amalga
oshirilmoqda?
Tо‘g‘ri aytdingiz. Siz yuqorida nomlarini qayd etgan atoqli olimlar va
ijodkorlar Navoiy adabiy merosini tadqiq etishda jonbozlik kо‘rsatganlar.
Ularning bu xizmatlari tahsinga sazovor, albatta. Bu tadqiqotchilarning ilmiy
maqolalarini 2009-yilda Alisher Navoiy Ozarbayjon adabiyotshunosligida
nomli kitobda jamlab nashr ettirdim.
Bu kitob Navoiy ijodini о‘rganishdagi muhim manbalardan biri bо‘ldi.
Ozarbayjonda Alisher Navoiy ijodi mana bir necha asrlardan buyon о‘rganib
kelindi va bugun ham tadqiq etilmoqda. Ishonamanki, bu jarayon kelajakda
ham tо‘xtab qolmaydi. Bugun yangi avlod shakllandi. Mustaqillik yillarida
Alisher Navoiy ijodi yangicha nuqtai nazar bilan о‘rganildi. Bilasizki, shо‘ro
92
zamonida ateistik qarash ustuvor edi. Shu jihatdan Navoiy ijodi bir
tomonlama talqin etilib kelindi. Mustaqillik yillariga kelib esa Navoiy
ijodidagi tasavvufona qarashlar ham о‘rganildi. Uning asarlaridagi poetik
tushunchalar asl mazmuni bilan tadqiq etilyapti.
5. Ma’lumki, atoqli ozarbayjonlik olima, Navoiy ijodiy merosining ulkan
bilimdoni Jannat Nag‘iyevaning navoiyshunoslik sohasidagi ishlari katta
ahamiyat kasb etadi. Men olimani о‘zbek navoiyshunosligining zukko
tadqiqotchilaridan biri, О‘zbekiston Qahramoni Suyuma G‘aniyeva bilan
qiyoslagim keladi. Har ikkalasini ham Navoiyga bо‘lgan ulkan muhabbat
birlashtirib turadi. Bu ikki olimaning ilmiy tadqiqotlari bugungi
izlanuvchilar uchun juda katta mahorat maktabidir. Bu fikrlarimga qarshi
bо‘lmasangiz kerak.
Rahmatlik Jannat Nag‘iyeva mening aziz ustozim, fidokor navoiyshunos
olima edi. U Ozarbayjon ilm-faning yetakchi namoyandalaridan biri bо‘lib,
uning ilmiy merosi о‘z dolzarbligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Jannat
xonim Alisher Navoiy asarlarining qо‘lyozma nusxalarini menga kо‘rsatar,
biz birgalikda Navoiyning sehrli olamiga shо‘ng‘irdik.
Bilasizki, olimaning butun ilmiy faoliyati Ozarbayjon Qо‘lyozmalar
instituti bilan bog‘liq bо‘lib, 50-yillarda bu muqaddas dargohni tashkil
etishda jonbozlik kо‘rsatdi. Atoqli о‘zbek navoiyshunos olimi Hamid
Sulaymon Bakuga kelib Qо‘lyozmalar institutiga Navoiy asarlarining
qо‘lyozma nusxalari ustida izlanishdar olib bordi. Bu ishda Jannat xonim
unga kо‘makdosh bо‘ldi. Keyinchalik olima Navoiy ijodi bо‘yicha
nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya etib, taniqli
navoiyshunoslardan biri bо‘ldi.
Tо‘g‘ri ta’kidladingiz, Suyuma xonim ila Jannat xonim о‘rtasida
hurmat-izzat kuchli edi. Har gal О‘zbekistonga borish oldidan Jannat
xonimning duolarini olar, Suyuma xonimga uning salomlarini yetkazar edim.
Bakuga qaytgach Suyuma xonimning salomlarini ustozimga yetkazar edim.
Bu ikki fidokor navoiyshunos olima mening ustozlarimdir. Men bu
olimalarga shogird ekanimdan faxrlanaman. Alloh Jannat xonimni rahmat
aylasin, Suyuma xonimga esa uzoq-uzoq umr ato etsin. Har ikki ustozim
haqida maqola yozib matbuotda, kitoblarda nashr ettirdim (Professor
Suyuma G‘aniyeva haqida Sharq dunyosining navoiyshunos malikasi
Suyuma opa”, professor Jannat Nag‘iyeva haqida esa Navoiyshunos olim
Jannat Nag‘iyevanomli maqolalarimni eslab о‘tishni joiz deb bildim). Har
ikki ustozim ham men haqimda matbuotda yozganlar, doktorlik
93
dissertatsiyamning himoyasida rasmiy opponent bо‘lganlar. Ularning 5-6
sahifalik maqolalari mening uchun juda qadrlidir.
6. Nizomiy va Navoiy. Ozarbayjon va о‘zbek adabiy aloqalari, abadiy
dо‘stligining ramzidir. Mana asrlar о‘tyaptiki, bu adabiy dо‘stlik tobora
mustahkamlanib bormoqda. Navoiy ijodiy merosini о‘rganish va uni
dunyoga keng targ‘ib qilishda ozarbayjon va о‘zbek olimlarining о‘zaro
hamkorligi doirasida qanday ishlarni amalga oshirish lozim deb о‘ylaysiz?
Nizomiy Ganjaviy Alisher Navoiy adabiy xazinalari ikki buyuk xalq
orasidagi qizil kо‘prikdir.
Bizning bugungi dо‘stligimizning tarixi xalq sifatida shakllangan
paytimizdayoq boshlangan desam mubolag‘a bо‘lmas. Chunki bizning urf-
odatlarimiz, adabiy-madaniy aloqalar tariximiz umumturkiy xalqlar
tarixining ajralmas bir bо‘lagidir.
Bugun Nizomiy Ganjaviy adabiy merosi qanchalik bizniki bо‘lsa, shu
qadar о‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, tatar, boshqird, turklarniki hamdir.
Alisher Navoiy ham, Muhamad Fuzuliy ham barchamiznikidir.
Ularning nomlarini dunyoning turli nuqtalariga yanada kengroq yoyish
uchun bizga biron bir ish qolmagan desam bо‘ladi. Ularning shuhrati
allaqachon dunyoga taralgan.
Bugungi kunda Alisher Navoiy haqida yozish, san’atkorlik qudratini
tadqiq etish, ijodiy asarlarini targ‘ib etish har qachongidan ham
muhimroqdir. Chunki bugungi jamiyat uchun uning ideallariga ehtiyoj bor.
Alisher Navoiy asarlarini bugungi yosh avlodga о‘rgatish ularning
ma’naviy dunyosini boyitish barobarida dunyoni zulmkor g‘oyalardan asrash
uchun ham ayni muddaodir. Navoiy har doim haqiqat tarafida bо‘lib,
insonlarni adolatli ‘lishga, dunyoning о‘tkinchi boyliklariga ishonmaslikka
da’vat etgan.
Yaqin tarixdan bir misol keltiray. 2016-yil Alisher Navoiy tavalludining
576 yilligi keng nishonlandi. Terror, zulm ichiga burkangan dunyoning har
tarafida Alisher Navoiy bayrami nishonlandi. Hatto dushmanlar, radikal
kuchlar Navoiy bayramiga qarshilik qilmadilar. Tolibonlar har tarafda xavf
solib turgan Afg‘onistonda Navoiy tavalludi keng nishonlandi.
Dunyoning bugungi kunda Nizomiy, Navoiy, Nasimiy, Fuzuliylarga
ma’naviy ehtiyoji bor.
7. О‘tgan yili siz Afg‘oniston diyorida Alisher Navoiy tavalludining
575 yilligiga bag‘ishlangan simpoziumda ishtirok etib qaytdingiz. Navoiy
94
abadiy makon topgan Hirotda bо‘lib, uning maqbarasini ziyorat qilish
baxtiga musharraf ‘ldingiz. Shu damda qalbingizda nimalar kechdi?
Bu safar, bu simpozium hayotimning eng baxtli kunlaridan biri bо‘ldi.
Ozarbayjonda safarga otlanishimdan avval kо‘pchilik Afg‘onistonga
borishdan qо‘rqmaysanmi?”, - deya savollarga kо‘mib tashlashdi, yaqinlarim
bu yо‘ldan meni qaytarmoqchi ham bо‘ldi.
Ammo men bu ‘ldan qaytmadim. Yo Ollohim, bu yо‘lni menga
in’om etganing uchun sendan behad minnatdorman, qarshingda tiz
chо‘kaman”, - deya duolar, iltijolar qildim.
U yerda Birinchi Turkologiya qurultoyi va turk dunyosining buyuk
mutafakkiri Alisher Navoiymavzuida ma’ruza qildim. Afg‘on diyorida olti
kun bо‘ldim. U kunlarda Kobul, Mozori Sharifda va Hirot shaharlarida
bо‘ldim, bu tabarruk tuproqda gо‘yoki uchib yurdim.
Ishoningki, men о‘zimni bu yerda gо‘yo XV asrda, Navoiy yashagan
davrga yurganday his qildim. Navoiy tug‘ilgan va uning izlari qolgan
tuproqni о‘pdim.
Qalbimda kechgan tuyg‘ularni sо‘z ila ta’riflash qiyin.
Kobulda Zahiriddin Muhammad Bobur qabrini ziyorat etdim, u
qurdirgan bog‘ni kezib chiqdim, u yerdagi gullardan terdim. Uning mozoriga
gullar qо‘ydim. Bizlarga meros qoldirgan Boburnoma uchun qalbimdan
minnatdorchilik tuyg‘usi kechdi.
Mozori Sharifda Sulton Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy va
Abdurahmon Jomiy hikmati ila jo bо‘lgan Mozori Sharif jome’sining
gо‘zalligidan hayratda qoldim. Insonning zakosidan, uning qudratidan
hayron qoldim. Jome’ning devorlriga qо‘limni surtdim, bu devorlardan
Navoiy ‘llari haroratini tuydim.
Hirotda Alisher Navoiy ruhini, nafasini his etdim. Uning mozori oldiga
tiz chо‘kdim. Bu kunlarga yetkazgani uchun Ollohga shukronalar qildim.
Navoiy mozori oldida Jomiy, Behzod, Qosim Anvar, Lutfiy va boshqa
daholarni xayolimdan о‘tkazdim.
Shuningdek, Hirotda Gavharshodbegim, uning о‘g‘li Boysunqur mirzo
va boshqa temuriylarning qabrlarini ziyorat qildim. Musallo kompleksida
bо‘ldim. Xoja Abdulloh Ansoriy maqbarasi atrofida qurilgan bu muhtasham
kompleks eng nodir tarixiy obidalardandir.
Hirotda makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn qurdirgan Hirot Qal’asida
tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdik. Bu nafis majlisda Navoiy ohanglarini
tingladik, uning ruhini his etdik.
95
Bu diyorda kechgan kunlarimdagi hayajon va taassurotlarimni sо‘z bilan
ifodalashga ojizman!
Yana bir holat mening e’tiborimni jalb etdi. Hirotda qо‘lida avtomat
kо‘targan kimsalar kо‘zimga nochor, bemor kabi kо‘rindi. Bu ayanchli
manzaralar qalbimga tikan kabi sanchildi. Bu afsuslanarli holdir.
8. Olmos xonim, sizni nafaqat Ozarbayjonda, balki О‘zbekistonda,
boshqa turkiy davlatlarda ham Navoiy ijodining tadqiqotchisi va
targ‘ibotchisi sifatida bilishadi. Sizning Navoiyga bо‘lgan cheksiz
muhabbatingiz e’tirofga loyiq. Ozarbayjonda Navoiy tavalludi munosabati
bilan konferensiya va madaniy tadbirlarni tashkillashtirishdagi
jonbozliklaringiz tahsinga sazovor. Navoiy ijodiga oid yana qanday
tadqiqotlar ustida izlanyapsiz? Bu boradagi ilmiy rejalaringiz haqida ham
о‘rtoqlashsangiz.
Tashakkur, e’tirofingiz uchun!
Bilishingizni istardimki, Alisher Navoiy ijodiga muhabbatim
tuganmasdir, bu muhabbatim samimiy. Baland minbarlarda Navoiy haqida
sо‘z yuritish men uchun sharaflidir.
Bu mas’uliyatli vazifani ustozlarim menga omonat qoldirganidan
baxtiyorman. Alisher Navoiy haqida ‘zlash, uning ijodidan bahs etish
menga cheksiz zavq bag‘ishlaydi.
2016-yilda ozarbayjon va о‘zbek adabiyoti sohasidagi kо‘rsatgan
xizmatlarim uchun Ozarbayjon Milliy Bilimlar Akademiyasining Bosh
Hay’atining farmoni bilan Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining Yil
olimifaxriy unvoniga loyiq topildim.
Bular Akademiya tarixida yangi bir shо‘baning ochilishiga sabab bо‘ldi:
Ozarbayjon-Turkmaniston-О‘zbekiston adabiy aloqalari shо‘basi ta’sis
etildi. Men shо‘ba mudiri etib tayinlandim.
Xabaringiz bor, 2016-yilda о‘zbek adabiyotiga oid ikki kitobim nashr
etildi. Ular: “О‘zbek adabiyoti (adabiy portretlar, tadqiqotlar, suhbatlar)
(Mas’ul muharrir va sо‘zboshi muallifi akademik Iso Habbibeyli. Boku,
Ilm va tahsil”, 2016. 316 b.) va Olmos Ulviy. "O‘zbek adabiyoti va
Ozarbayjon (tadqiqotlar, adabiy portretlar)" (Mas’ul muharrir va sо‘zboshi
mualliflarii: prof. Qozoqboy Yо‘ldoshev, f.f.n. Sirdaryoxon О‘tanova.
Toshkent, 2016. 216 b.).
Bulardan tashqari Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining Yozuvchi
jurnalining 40 sahifalik maxsus soni Navoiyga bag‘ishlandi. Alisher
96
Navoiydeb nomlangan bu maxsus sonda shoirning hayoti va ijodi haqida
о‘quvchilarga atroflicha ma’lumotlar berilgan.
О‘tgan yilning 16 noyabrida AMEA Nizomiy nomli Adabiyot instituti,
AMEA Muhamad Fuzuliy nomli Qо‘lyozmalar instituti va О‘zbekistonning
Ozarbayjondagi elchixonasi hamkorligida Alisher Navoiy va Ozarbayjon
adabiyoti nomli xalqaro ilmiy anjuman о‘tkazildi. Unda О‘zbekistondan
kelgan olimlar ham о‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Bu anjuman
materiallari kitob holida nashr etildi.
Bu yil hisobida jami 52 ta maqola chop ettirgan bо‘lsam, ularning 35 tasi
о‘zbek adabiyoti bilan bog‘liqdir.
Qolaversa, bir necha maktablarda о‘qituvchi va о‘quvchilar, kitobxonlar
ishtirokida Alisher Navoiy - 575” nomli adabiy kechalar tashkil etdik.
Tazkiralar tarixiga bir nazar va Alisher Navoiyning Majolis un-
nafoisasarinomli kitobimni chop etish uchun nashriyotga taqdim etdim.
Hozirda Alisher Navoiy (hayoti va ijodi)” nomli fundamental
monografiyamni tugallash arafasidaman.
Bu yil yosh va iste’dodli bir shogirdimga Mustaqillik yillarida
ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalarinomli dissertatsiya mavzusini tasdiqlab
berdik.
Hali oldinda rejalashtirilayotgan ishlarimiz bisyor!
Ammo shuni ta’kidlashni istardimki, bu singari ishlarimizda
О‘zbekiston tomonining e’tiborini his etdik. Bu bizga yanada kuch-g‘ayrat
bag‘ishlaydi.
Men о‘zimni О‘zbekistonning faxriy fuqarosi va ilmiy xodimi degan bir
sharafli mas’uliyatni his etaman.
Men har doim о‘zbek xalqiga, uning adabiyoti va madaniyatiga chuqur
ehtiromimni bildiraman.
О‘g‘lim Atilla hamisha onam jisman biz bilan Ozarbayjonda, ruhan
О‘zbekistonda yashaydi deb aytadi.
9. “Kitob dunyosigazetasi mushtariylariga tilaklaringiz.
Kitob dunyosigazetasining jami adabiy xodimlariga, о‘quvchilariga,
Ozarbayjonda she’rlari sevib о‘qiladigan aziz Xosiyat Rustam va sizga
sog‘lik tilab, eng samimiy tuyg‘ularimni izhor etaman.
Kitob dunyosigazetasini Ozarbayjonda barcha ziyolilar biladi va uni
sevib mutolaa qiladi. Bu gazeta ikki xalq о‘rtasidagi adabiy kо‘prikdir!
97
10. Olmos xonim, sizga ham cheksiz minnatdorchilik bildirib, har ishda
Navoiyning ruhi madadkor bо‘lishiga tilakdoshmiz!
Obid bey, men sizdan kо‘p minnatdorman. Sog‘ bо‘ling! Buyuk avliyo
bobomiz Navoiyning ruhi barchamizga madadkor bо‘lsin!
Obid Shofiyev suhbatlashdi.
Manba: Kitob dunyosi ”,
2017-yil 8- fevral, № 3.
98
Qaydlar uchun
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
_____________________________________________________________
MUNDARIJA
Almas Ulviy Ozbek adabiyotining ozar tadqiqotchisi (sо‘zboshi
ornida).................................................................................................
Dunyo adabiyoti uchun ahamiyatli ish.................................................
Almaz Ulviy O‘zbekistonda.................................................................
O‘zbek adabiyotining ozarbayjonlik muhibi........................................
Atilla rashki..........................................................................................
Ozar adabiyotshunosligining o‘zbekcha so‘zi va qalbi........................
Turkiy xalqlarning ma’naviy kо‘prigi.................................................
Amir Alisher Navoiy va Ozarbayjon...................................................
Alisher Navoiy adabiy merosi Ozarbayjon adabiyoti va
adabiyotshunosligida............................................................................
Mustaqillik yillarida Ozarbayjon-O‘zbekiston adabiy aloqalari.........
Shoirsan, jilvakorsan, demak... abadiysan...........................................
Olimning sharafli va mashaqqatli yо‘li................................................
Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin..............................................
Afg‘oniston diyorida olti kun.............................................................
Boqiy dо‘stlik rishtalari.......................................................................
Olti asrlik tarixga ega ozarbayjon-о‘zbek adabiy aloqalari davom
etadi…………………………………………………………………..
“Baland mınbarlarda Navoıy haqıda sо‘z aytısh men uchun
sharaflıdır.................................................................................................
3
4
6
9
15
16
21
26
38
48
57
62
65
70
80
85
88
Ozarbayjon Respublikasining
Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat markazi
Termiz davlat universiteti qoshidagi
Xurshidbonu Notavon nomidagi
Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazi
ALMAS ULVIY VA O‘ZBEK
ADABIYOTI
(tadqiqot, adabiy portret, safarnoma, suhbatlar)
Masul muharrir: O.Shofiyev
Texnik muharrir: O.Nizomiddinov
Kompyuterda sahifalovchi:A.Boriyev
Terishga 20.08.2022-yilda berildi. Bosishga 27.09.2022-yilda
ruxsat etildi. Bichimi 60x84 1/16. Hajmi 6,25 bosma taboq.
Buyurtma № 00 Times New Roman garniturasi.
Ofset usulda chop etildi. 200 nusxada. 100 bet.
Termiz davlat universiteti NMM nashriyoti.
Termiz davlat universiteti NMM bosmaxonasida chop etildi.
Manzil: Termiz shahri, “Barkamol avlod” ko‘chasi, 43-uy.
ResearchGate has not been able to resolve any citations for this publication.
Tо'la asarlar tо'plami. 10 jildlik. IX jild
  • Navoiy Alisher
Navoiy Alisher. Tо'la asarlar tо'plami. 10 jildlik. IX jild. -Toshkent.
768. 2. Navoiy Alisher . Tо'la asarlar tо'plami. 10 jildlik. X jild
  • G'afur G'ulom Nomidagi Nashriyot-Matbaa Ijodiy
  • Uyi
G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. -B. 768. 2. Navoiy Alisher. Tо'la asarlar tо'plami. 10 jildlik. X jild. -Toshkent.
Mühakimət ül-lüğəteyn" / Azərbaycan türkcəsinə uyğunlaşdıran, ön söz və qeydlərin müəllifi, prof. Kamil Vəli Nərimanoğlu
  • Əlişir Nəvai
Nəvai, Əlişir. "Mühakimət ül-lüğəteyn" / Azərbaycan türkcəsinə uyğunlaşdıran, ön söz və qeydlərin müəllifi, prof. Kamil Vəli Nərimanoğlu. -Bakı, "Yurd", 1999, 64 s.
Fərhad və Şirin" poeması). -Bakı, Öndər
  • Əlişir Nəvai
  • Seçilmiş
  • Əsərləri
Nəvai, Əlişir. Seçilmiş əsərləri ("Fərhad və Şirin" poeması). -Bakı, Öndər, 2004, 424 s.
Nəsimi 600" mövzusunda III beynəlxalq elmi konfransın materialları
  • Ey Nəsimi
  • . Cahanı Tutdu Sözün
Ey Nəsimi, cahanı tutdu sözün... "Nəsimi 600" mövzusunda III beynəlxalq elmi konfransın materialları. -Bakı, Elm, 2017, 330 səh.
Altı cilddə. II cild. Bakı
  • Məhəmməd Füzuli
  • Əsərləri
Məhəmməd Füzuli. Əsərləri. Altı cilddə. II cild. Bakı, "Şərq-Qərb", 2005, 336 səh.
Özbək ədəbiyyatı (ədəbi portret cizgiləri, araşdırmalar). Bakı
  • A Ülvi
Ülvi, A. Özbək ədəbiyyatı (ədəbi portret cizgiləri, araşdırmalar). Bakı, "Elm və təhsil", 2016, 316 səh.
Füzuli və Nəvai divanının birgə əlyazması
  • M Sultanov
Sultanov M. M.Füzuli və Nəvai divanının birgə əlyazması //
Nəvai və Füzulinin bir cild içərisində yazılmış "divan"ları haqqında
  • M Adilov
Adilov M. "Nəvai və Füzulinin bir cild içərisində yazılmış "divan"ları haqqında" // Adilov M. Azərbaycan paleoqrafiyası. Bakı, Elm, 2009, 224. 108 səh.
Azərbaycanda Nəvai (monoqrafiya). Bakı
  • C Nağıyeva
Nağıyeva C. Azərbaycanda Nəvai (monoqrafiya). Bakı, "Tural-Ə" Nəşriyyat Poliqrafiya Mərkəzi. 2001. 264 səh.